8-maʼruza. Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi


OLINGAN AJRATMALARNI BEGONA MODDALARDAN TOZALASH


Download 52.23 Kb.
bet3/19
Sana02.06.2024
Hajmi52.23 Kb.
#1835903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi

OLINGAN AJRATMALARNI BEGONA MODDALARDAN TOZALASH

  • Bu eng asosiy bosqich boʻlib, olinadigan preparatning sifati va turgʻunligi koʻpincha ularning tozalik darajasiga bogʻliq boʻladi. Odatda bitta preparatni olishda bir nechta tozalash usullari ketma-ket qoʻllanilishi mumkin. Hozirgi vaqtda taʼsir qiluvchi yoki begona moddalarni tanlab choʻktirish xromatografik va oʻzaro aralashmaydigan ikkita suyuqlik yordamida tozalash usullari mavjud. Taʼsir qiluvchi yoki begona moddalarni tanlab choʻktirish har xil usullar bilan amalga oshiriladi.

DENATURATSIYA

  • Koʻpchilik oʻsimlik xom ashyolaridan olingan ajratmalar tarkibida begona oqsil boʻladi. Bu murakkab organik birikmalar turli tashqi omillarga (qizdirish, UB nurlari, radiatsiya, ultratovush va h. k.) juda sezgir boʻladi. Bu omillar taʼsirida oqsillar oʻz xossasini oʻzgartiradi va choʻkmaga tushadi. Bunga oqsillar denaturatsiyasi deyiladi. Bu qaytmas jarayon boʻlib, ajratmani tozalashda foydalaniladi. Agar ajratma qaynatilsa, u denaturatsiyaga uchrab, choʻkmaga tushadi va u suzib tozalanadi.

TUZLASH

  • Ajratmaga koʻp miqdorda kuchli toʻyingan elektrolitlar qoʻshilsa, yuqori molekulali tabiiy birikmalar (oqsillar, elimlar, shilimshiq moddalar, pektinlar) choʻkmaga tushadi. Buning sababi kuchli elektrolit ionlari biopolimer atrofidagi suvni oʻziga tortib oladi va zaryadsizlanib qolgan molekulalar bir-biri bilan yopishib choʻkmaga tushadi. Kation va anionlarning gidratatsiyalanish qobiliyatiga qarab tuzlar turli tuzlanish qobiliyatiga ega. “Tuzlanish” qobiliyati asosan anionlarga bogʻliq, eng kuchli anion-litiy sulfat boʻlsa xam amalda arzon boʻlganligi uchun koʻpincha natriy xlorid ishlatiladi.

SPIRT YORDAMIDA TOZALASH

  • Bu tozalash mexanizmi tuzlash bilan bir xildir. Spirt yordamida ajratmalarni tozalash galen preparatlarini olishda ham keng qoʻllaniladi.

DIALIZ VA ELEKTRODIZALIZ

  • Dializ va elektrodializ hodisasidan baʼzan ajratmalarni tozalashda foydalaniladi. Dializda biopolimerlar molekulasining oʻlchovi katta boʻlganligi sababli, yarim oʻtkazuvchan parda orqali oʻtolmaydi, shu bilan birga molekula oʻlchovi kichik boʻlgan biofaol moddalar ular orqali oson oʻtadi. Dializ uchun jelatina, sellofan, kollodiy va metilsellyulozalardan tayyorlangan pardalar ishlatiladi. Odatda dializ jarayoni juda sekin sodir boʻladi. Haroratning koʻtarilishi, dializ ketadigan yuzaning kattalashishi va elektr toki taʼsir qilishi bilan bu jarayon tezlashadi. Elektr toki taʼsirida ionlarga parchalanadigan moddalarning yarim oʻtkazuvchan parda orqali oʻtishiga elektrodializ deyiladi. Elektrodializning oddiy qurilmasi yarim oʻtkazuvchan pardalar orqali uch qismga boʻlinadi. Oʻrtadagi obzanga tozalanadigan ajratma quyiladi. Bunda kationlar yarim oʻtkazuvchan parda orqali anodga, anionlar esa katodga borib yigʻiladi. Oʻrtadagi obzanda yarim oʻtkazuvchan parda orqali oʻtolmagan moddalar yigʻiladi.

Download 52.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling