8-maʼruza. Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi


ADSORBSIYALANADIGAN MODDA MIQDORI


Download 52.23 Kb.
bet5/19
Sana02.06.2024
Hajmi52.23 Kb.
#1835903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi

ADSORBSIYALANADIGAN MODDA MIQDORI

  • Koʻmir gidrofob boʻlib, deyarli suvni yutmaydi. Shuning uchun u bilan ajratmalarni pigmentlardan tozalash mumkin. Adsorbent sifatida silikagel ham ishlatiladi, u gidrofill xossaga ega boʻlganligi sababli, ajratmalarni tozalashda ishlatilmaydi. Chunki molekulalarni yutadi va shuning uchun gidrofob koʻpchilik ajratmalarni (xloroform, efir) tozalashda ishlatiladi. Alyuminiy oksidi va bentonitlar ham adsorbent sifatida ishlatiladi. Adsorbsiyada ishlatiladigan asboblar — bular adsorberlar deyilib, uzlukli va uzluksiz ishlaydiganlarga boʻlinadi. Uzlukli ishlaydigan adsorberlar balandligi 6—10 m, diametri 0,6—1,2 m boʻlgan kolonkadan iborat boʻladi. Ishlashdan oldin panjara ustiga qalin mato yopiladi, kolonka adsorbent bilan toʻldiriladi va yuqoridan maʼlum tezlikda tozalanadigan ajratma yuboriladi. Uzluksiz ishlaydigan adsorberlar bir nechta kolonkadan iborat batareya boʻlib, tozalanadigan ajratma birichi kolonkaga yuboriladi, unga taʼsir qiluvchi yoki boshqa modda yutiladi. Kolonka orqali rangli taʼsir qiluvchi moddasi boʻlgan ajratma chiqishi bilan uni boshqa kolonka bilan almashtiriladi. Birinchi kolonkadagi sorbent olib tashlanadi yoki yuviladi.

ION ALMASHTIRGICHLAR

  • Qattiq ion almashtirgichlarda sorbent bilan erituvchida erigan modda orasidagi ion almashinish roʻy beradi. Ion almashtirgich sorbentlar ikki xil boʻladi: anion almashtirgich — anionitlar va kation almashtirgich — kationitlar. Ionitlar orqali ajratma oʻtkazilganda taʼsir qiluvchi modda ionitda qoladi, begona moddalar esa oʻtib pastda yigʻiladi. Soʻng ionitdagi taʼsir qiluvchi modda tegishli erituvchilar yordamida ajratib olinadi. Ion almashtirgichlar suvni minerallardan tozalashda ham keng ishlatiladi.

IKKITA OʻZARO ARALASHMAYDIGAN SUYUQLIK YORDAMIDA TOZALASH

  • Bu novogalen preparatlarni tozalashda va yakka xolda ajratib olinadigan tabiiy birikmalarni olishda keng koʻlamda qoʻllaniladi. Oʻzaro aralashmaydigan suyuqliklarda moddaning bir suyuqlikdan boshqa suyuklikka oʻtish jarayoni roʻy beradiki, bunda suyuqliklar oʻzaro aralashmaydigan boʻlishi kerak. Bunda doimo ikkita faza boʻlib, bu jarayon moddaning bir fazadan ikkinchisiga oʻtishi massa uzatish, erish va fazalararo muvozanat qonunlariga boʻysunadi. Jarayon boshlanishida birinchi suyuqlikda ajratib olinadigan modda koʻp boʻlib, aralashmaydigan yoki oz aralashadigan suyuqlik bilan aralashtirilganda, modda ikkinchi fazaga oʻtadi. Oʻtish tezligi taqsimlanish koeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Taqsimlanish koeffitsiyenti moddani har bir fazada erish darajasiga bogʻliq boʻladi. Agar modda B fazada yaxshi, A fazada yomon erisa, uning asosiy qismi B fazaga oʻtgan boʻladi.
  • Suyuqlik yordamida tozalash bosqichli va uzluksiz boʻlishi mumkin. Bosqichli tozalash bir bosqichli asbobda va koʻp bosqichli bir necha asbobda olib borilishi mumkin. Koʻp bosqichli tozalash toʻgʻri va qarama-qarshi oqimda olib boriladi. Suyuqlik yordamida tozalashda ishlatiladigan asboblar gravitatsiya va mexanik aralashtirish prinsipida ishlashi kerak. Gravitatsiyaga asboblarda xar xil fazadagi erituvchilar farqidan foydalaniladi. Aralashtirgichli kolonka va markazdan qochish kuchiga asoslangan ekstrakt mexanik aralashtirgichlar turkumiga kiradi.

Download 52.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling