Farmatsevtik korxonalarda eng koʻp ishlatiladigan va qulay boʻlgan insulin olish texnologiyasi quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: - Olingan ajratmalar birlashtiriladi va 48 soatga sovuq joyda qoldiriladi, natijada keraksiz oqsillar choʻkmaga tushadi. Choʻkma sentrifugalash yordamida ajratiladi va tashlab yuboriladi. Keyin nnsulinni ajratish va tozalash uchun ionalmashinish xromatografiya usulidan foydalaniladi (tozalashning bir muncha jadal usuli). Tiniq eritmadan insulinni sorbsiyalash pH 3,0-3,3 oraligʻida, yolgʻon qaynoq rejimida KU-33-30/100 makrogʻovak sulfakationitida amalga oshiriladi. Yogʻlar kationitni 65-67% etanol bilan, qoʻshimcha oqsillar esa 0,3 mol/l atsetat bufer eritmasi bilan (pH 5,3) yuvish orqali yoʻqotiladi. Insulinni desorbsiya qilish 0,01-0,05 mol/l ammoniy buferi eritmasida (pH 10,0) tezlik bilan amalga oshiriladi, xlorid kislotasi yordamida (pH 4,5) oksidlanadi va unga atseton qoʻshiladi. Choʻkmaga tushgan begona moddalar ajratib olinadi. Insulin, rux atsetati eritmasi bilan choʻkmaga tushiriladi (pH 6,2). Natijada kristallash usuli bilan tozalanadigan rux insulini hosil boʻladi.
Farmatsevtik korxonalarda eng koʻp ishlatiladigan va qulay boʻlgan insulin olish texnologiyasi quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: - Rux insulin suvda eritilib, oksidlangan limon kislotasida pH 2,8 ga keltiriladi. Eritma 1 soatga qoldiriladi, hosil boʻlgan begona oqsillar choʻkmasi filtrlash orqali yoʻqotiladi. Filtrat atseton bilan aralashtirilib, unga rux xlorid va fenol qoʻshiladi. Aralashma 00C haroratgacha sovutiladi. Insulinni sekin kristallash uchun eritmaning pH muhitini asta-sekinlik bilan oʻzgartirish lozim boʻladi. Eritma muhit pH koʻrsatkichi 8,5 ga kelguncha ishqorlanadi va 2-3 daqiqaga qoldiriladi. Soʻng pH 6,8 ga keltiriladi va 1 soat davomida aralashtiriladi. Muhit pH koʻrsatkichi 6,5 ga kelganda 2 soat aralashtiriladi, muhit pH 6,2-6,5 boʻlganda yana 2 soat aralashtirib, 20 soatga qoldiriladi. Muhit pHi 5,8 boʻlganda 2 soat aralashtirilib, 50 0C haroratda, 48-96 soatga qoldiriladi. Choʻkmaga tushgan insulin kristallari sentrifugalash orqali ajratib olinadi va Byuxner voronkasida avval sovuq tozalangan suv bilan, keyin atseton va efir bilan yuviladi. Quritish mahsus havoni ifloslantirmaydigan quritgichda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |