8-maʼruza. Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi


Download 52.23 Kb.
bet17/19
Sana02.06.2024
Hajmi52.23 Kb.
#1835903
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi

QALQONSIMON BEZ GARMONLARI

  • Triyodtironin tiroksinga nisbatan 3-5 marta samarali boʻlib, u qondagi oqsillar bilan kam bogʻlanadi va toʻqima membranasi orqali, erkin holatda, oson oʻta oladi. Uning miqdori kasalning yoshiga, holatiga va kasallikning davomiyligiga qarab belgilanadi. Kattalarga 5-25 mg dan boshlab, 40-60 mkg gacha, baʼzan esa 100 mkg (0,1 g) gacha kunlik miqdor belgilanadi.
  • Preparat qalqonsimon bez funksiyasi etishmovchiligida, ichish uchun beriladi. Yuqori dozalarda, gipofizning tireotrop funksiyasi yoʻqolganda tavsiya qilinadi. Tireodin kabi saqlanadi.

QO`SH QALQONSIMON BEZ GORMON PREPARATLAR

  • Paratireoidin (Parathyreoidinum) – yirik hayvonlarning qalqonsimon bezidan, maydalangan xomashyo xlorid kislotasining kuchiz eritmasi bilan gidrolizlanadi, sovutilgan gidrolizat filtrlanadi va pH 4,8-4,9 keltirilib, oqsil fraksiyalari choʻktiriladi. CHoʻkma suvda eritilib, natriy xlorid bilan toʻyintiriladi. Eritma setrafugalanib, choʻkma qismi ajratib olinadi va suvda eritilib, pH 4,8-4,9 keltirilib yana choʻktiriladi. SHu yoʻl bilan tozalangan modda suvda eritilib, uni itlar qonidagi kalsiy miqdorining koʻpaytirish taʼsiriga qarab standartlanadi. Eritma 0,25-0,3% fenol eritmasi bilan turgʻunlashtiriladi va aseptik sharoitda ampulalarga 1 ml dan, flakonlarga 5 va 10 ml dan quyiladi. Paratireoidin organopreparatlarning uchinchi guruhiga mansub boʻlib, tiniq yoki kuchsiz tovlanuvchi suyuqlik. pH 2,5-3,0 1 ml preparat 20 TB saqlaydi. Tetaniya, spazmofiliya, bronxial astmada ishlatiladi.

GIPOFIZ PREPARATARI

  • Gipofiz, oldi va orqangi boʻlaklardan iborat boʻlib, ularning xar ikkisi ham oʻzlaridan turlicha boʻlgan gormonlarni ishlab chiqaradi. Gipofizning oldingi boʻlagidan ishlab chiqariladigan gormonlar oʻsish gormonlari xisoblanib, asosan organizmning oʻsishiga taʼsir koʻrsatadi. Ular uglevod va yogʻ almashinuviga shuningdek, boshqa bir qancha endokrin bezlarining faoliyatiga taʼsir qiladigan gormonlar ishlab chiqariladi. Gipofizning orqa boʻlagidan esa siydik ajralishi, qon bosimi, silliq muskullar (asosan bachadon muskullariga), shuningdek uglevod almashinuvchiga taʼsir qiladi. Gipofiz gormonlari oqsil tabiatli boʻlib, proteolitik ferment taʼsirida ular oʻzining faolligini yoʻqotadi.

Download 52.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling