8-maʼruza. Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi


Download 52.23 Kb.
bet16/19
Sana02.06.2024
Hajmi52.23 Kb.
#1835903
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi

QALQONSIMON BEZ GARMONLARI

  • Tireoidin (Thyreoidinum) — yirik qoramolning yogʻsizlantirilgan va quritilgan qalqonsimon bezidan olinadigan gormon preparati boʻlib, sariq qoʻngʻir rangli, quritilgan hayvon toʻqimalariga xos kuchsiz xidli kukun. Suvda, spirtda va boshqa erituvchilarda erimaydi.

QALQONSIMON BEZ GARMONLARI

  • Qushxonalarda yoki goʻsht kombinatlarida yangi soʻyilgan qoramollarning qalqonsimon bezlari ularga zarar etkazilmagan holda ajratib olinib, 8-100S haroratda muzlatiladi va qayta ishlash uchun muzxonalarda qoldiriladi. Qayta ishlash uchun muzlatilgan qalqonsimon bez muzdan holi etiladi va suv bilan yaxshilab yuviladi. Qoʻshimcha yogʻ, muskul va biriktiruvchi toʻqimalaridan shuningdek, kapillyar tomirlardan tozalanib, goʻsht maydalagichda maydalanadi.
  • Maydalangan qiyma vakuum quritgichda 400S dan yuqori boʻlmagan haroratda quritiladi. Quritilgan massa Sokslet apparatida organik erituvchilar yordamida, past haroratda yogʻsizlatiriladi. Organik erituvchilarning qoldigʻi yana vakuum quritgichda 400C dan yuqori boʻlmagan haroratda uchiriladi. Quruq yogʻsizlantirilgan massa farfor sharli tegirmonda maydalanadi. Preparat tarkibidagi organik bogʻlangan yodga nisbatan standartlanadi. Uning miqdori 0,17-0,23% boʻlishi kerak. Kerak boʻlsa preparat sut qandi bilan suyultiriladi.

QALQONSIMON BEZ GARMONLARI

  • Tireoidinni taʼsiri undagi ikkita gormonning mavjudligiga bogʻliq: tiroksin va triyodtironin (organizmda har ikkalasining ham chapga buruvchi izomerlari mavjud). Kimyoviy jihatdan tiroksin, triyodtironindan tarkibidagi bitta qoʻshimcha yod atomining mavjudligi bilan farq qiladi.
  • Tireoidin qalqonsimon bez funksiyasining etishmovchiligida ichish uchun tavsiya qilinadi. Kukun, tabletka, qobiqli tabletka koʻrinishida 0,05-0,1 g dan chiqariladi. Quruq, sovuq va yorugʻlikdan ximoya qilingan joylarda saqlanadi.
  • Triyodtironin gidroxlorid. Hozirgi paytda triyodtironin sintetik yoʻl bilan olinadi. Bu sintetik preparat tuzilishi va taʼsir koʻlami boʻyicha tabiiy preparatda farq qilmaydi.

Download 52.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling