8-ma’ruza: ta’lim shakllari, metodlari va vositalari. (2 Soat) reja: 1


Download 209.32 Kb.
bet2/35
Sana07.05.2023
Hajmi209.32 Kb.
#1437257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
8-ma\'ruza

Ta’lim metodlari -deganda o’qituvchining o’rgatuvchanligi va o’quvchilarning o’quv materialini egallashga yo’naltirilgan turli didaktik masalalar yechimini topishga oid o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi. (I.F.Xarlamov)

Ta’lim metodi -belgilangan maqsadga erishishni ta’minlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir.
(P.I.Podlasiy)

1-rasm. “Ta’lim metodi” tushunchasining mohiyatini yorituvchi qarashlar.

Shuningdek, ta'lim metodlarining o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to'g'risidagi fikrlar ham mavjud.


«Ta'lim metodlari dastlab pedagog ongida, muayyan yo'nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo'ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining o'zaro tutashuvi, o'qitish va o'qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo'lmaydi, buning boisi ta'lim metodi o'zida, umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi».
1. Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to'laqonli yorituvchi ta'rifni aniqlashga bo'lgan urinish bugun ham davom etayapti, yangi-yangi ta'riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta'lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o'zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta'lim metodlari o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta'lim metodlari ta'lim jarayonida qo'llanilib, uning samarasini ta'minlovchi usullar majmuidir. Ta'lim metodlari ta'lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta'lim mazmunini o'zlashtirish yo'llari ifoda etiladi, o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta'lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo'lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o'qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta'lim metodlari doimo u yoki bu o'qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o'zaro shartlanganligini ta'kidlash joiz. Ta'lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo'ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko'ra):


Download 209.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling