8-ma’ruza: ta’lim shakllari, metodlari va vositalari. (2 Soat) reja: 1
Download 209.32 Kb.
|
8-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reyting
- Reyting deganda
Uy vazifalarini tekshirish. O'quvchilarning o'zlashtirishini nazorat qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o'qituvchiga o'quvchilarning o'quv ishiga bo'lgan munosabatini, o'rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Ma'lumki, bugun ta'lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting – bu inglizcha so’z bo’lib, uning ma’nosi «individual koefisient» yoki «baho» demakdir. Reyting tizimi (RT) – bu talabalarni faol o’quv faoliyatiga rag’batlantiruvchi va muhim asosli kuchga ega bo’lgan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash(tizimlashtirish, sinflash), bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo'yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati o'quvchining ma'lum bir fandan reytingini aniqlaydi. Shkalalash — aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Reyting nazoratida o'quvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so'rovidan nafaqat o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasida abituriyentlarni oliy o'quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda. Test — aniq maqsad asosida, muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko'rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. Umuman olganda test so’zi inglizchadan olingan bo’lib, u sinov, tekshirish, tadqiqot ma’nolarini bildirib “Sinalayotgan shaxsning psixo xususiyatlarini, shuningdek, intellektual rivoji, qobiliyati va malakasini tekshirishda qo’llaniladigan standart mashqlar” demakdir. Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko'zga tashlanadi. Ular quyidagilardir: nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi; nazariy va amaliy bilim darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi; 3) bir vaqtning o'zida ko'p sonli o'quvchiiar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi; 4) bilim natijalarining o'qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi; 5) barcha o'quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi. O'quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi va zamon talablariga javob bera olmagani uchun uni reyting tizimiasosida baholash uslubi bilan almashtirish davr taqozasiga aylandi. Shu o'rinda «qanday sabablarga ko'ra besh balli baholash mezoni o'zini oqlamadi?» degan savolga javob berish o'rinlidir: Download 209.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling