8-ma'ruza tikuvchilik ishlab chiqarishda integrallashgan boshqaruv tizimlari va ularning vazifalari. Integrallashgan tizimlari


Download 13.9 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi13.9 Kb.
#1779045
Bog'liq
8-ma\'ruza tblat




8-MA'RUZA



Tikuvchilik ishlab chiqarishda integrallashgan boshqaruv tizimlari va ularning vazifalari. Integrallashgan tizimlari.





Reja:
1. Integrallashgan tizimlar. Integrallashgan tizim uzluksiz ishlashi shartlari.
2. Yagona informatsion maydon.
3. Integrallashgan tizimda oqim turlari.
Boshqaruvning integrallashgan tizimlari va ularning tikuv sanoatida qo‘llanishi. Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish deganda barcha ishlab chiqarish jarayonlarini yagona ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan bir tizim doirasida boshqarish tushuniladi. Kompleks avtomatlashtirish masalalari integrallashgan tizimlarda xal etiladi.
Integrallashgan tizimlar– korxona barcha resurslarini tashkillashtirish va rejalashtirish uchun qo‘llanadigan tizimlar bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, xom-ashyo sotib olish va tayyor mahsulotni sotish, mijoz buyurtmalarini bajarish mobaynida hisob yuritish uchun xizmat qiladi.
Integrallashgan tizimlar modullari tarqoq bo‘lmasdan, yagona tizimga birlashishi va ishlab chiqarishning barcha bo‘linmalariga xizmat qilishi kerak. Ko‘pincha korxonalarda ayrim konkret masalalarni yechishga qodir alohida dasturlar paketi to‘plamlari bo‘ladi. Kompleks avtomatlashtirish bo‘yicha dastur modullari yagona ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan bir tizim doirasida barcha ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishi, bichuv, tayyorlov va tikuv tsexi jarayonlarini, mahsulot ombori, material ombori, buxgalteriya va boshqa uchastkalarni birlashtira olishi darkor. Bunday integrallashgan yondashuv zamonaviy korxonada ishni tashkil qilishni takomillashtiradi.
Integrallashgan tizimlarni ishlashi uchun birinchi navbatda yagona informatsion maydon tashkil etilishi kerak. Integrallashgan tizim uzluksiz ishlashining yana bir sharti har bir ishlab chiqarish uchastkasidan chiqadigan elektron hujjatlarning aniq shaklda, loyiha protseduralarining marshruti esa qat’iy belgilangan bo‘lishidir. Loyihalash marshruti - loyiha ishlarini bajarish ketma-ketligining ishlab chiqilganligi va unga qat’iy rioya qilinishidir.
Zamonaviy CAD/CAM tizimlarida marshut texnologiyalarini aks ettiruvchi va maxsulotning hayot davri bosqichlari bilan bog`liq bo‘lgan maxsus dasturiy ta’minot mavjud bo‘lib, u operator tomonidan boshqarib turiladi. Bunday tizimlarga misol qilib V2V, OUT LOOK kabi internet tarmoqlari bazasida tashkil etilgan maxsus dasturlarni olish mumkin. Ular korxona doirasida ma’lumot almashinuvini tashkil qilish imkonini beradi.
Tikuv ishlab chiqarishida yuqori darajada integrallashgan boshqaruv tizimida jami beshta oqim turini ajratish mumkin. Bu oqimlarni ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumotlar oqimi buyum loyihalash jarayonidan boshlab shakllanadi (andazalar yuzasi, detal qirqimlari uzunligi, modelь uchun texnik tavsif, o‘lchamlar tabeli, andazalar spetsifikatsiyasi va h.k.). Konstruktor tomonidan ALT vositasida tuzilgan ma’lumotlar avtomatik ravishda hisobchi va normalovchi stoliga uzatilib, material sarfini hisoblash va bichuv jarayonini rejalashtirish uchun qo‘llanadi. Masalan, JeminiCAD dastur kompleksida joylashma pasportida aniqlangan ko‘rsatkichlar asosida buyurtmaga ketadigan material sarfi aniqlanadi. Ko‘rsatkichlar maxsus shaklda normalovchiga uzatilib, kerak bo‘lsa, ularga tuzatishlar kiritiladi.
Moddiy oqim tikuv korxonalarida material omboridagi moddiy resurslarni rejalashtirish va nazorat qilish protseduralarining avtomatik boshqaruvini xarakterlaydi. Bu nafaqat xom ashyo, furnitura, tayyor mahsulot, qoldiqlar, qaytishlar, qoldirilgan ishlab chiqarish hajmini hisobga olish, shu bilan birga, moddiy oqim umumiy harakatini ham kuzatib borishdir.
Texnologik oqim tikuv korxonasining texnologik xususiyatlari bilan bog`liq ma’lumotlar almashinuvini xarakterlaydi. Texnologik oqim ma’lumotlari uchun integrallashgan tizimning maxsus dasturiy modullaridan foydalaniladi. Undan tashqari, bu modullar korxonaning ishlab chiqarish tsiklida texnologik jarayonlarning normativ hujjatlarini tuzish va uzatish ishlarini ham avtomatlashtirishi zarurdir. Texnologik oqim doirasida normativ hujjatlarni tuzishda integrallashgan va lokal ma’lumotlar bankidan foydalaniladi. Texnologik oqimlarda uzatiladigan ma’lumotlarga buyumga ishlov berishning texnologik ketma-ketligi, korxonadagi texnologik uskuna va jixozlar haqidagi ma’lumotlar, texnologik jarayonlar sxemalari, tikuv oqimi parametrlari, tikuv operatsiyalari tannarxi, ishchilarning ish bajarish hajmi va boshqa ma’lumotlar kiradi.
Rejalashtirish oqimi integrallashgan tizimda ishlab chiqarish jarayoni buyurtmaning ishlab chiqarishdagi barcha texnologik jarayonlar, ya’ni loyihadan to mijozga borgunigacha o‘tadigan jarayonlarda buyurtmaning harakatlari oqimi sifatida ko‘rib chiqiladi. Rejalashtirish oqimi ishlab chiqarishni koordinatsiya qilish, rejalashtirish bosqichidayoq buyurtmaga ketadigan material va mehnat sarfi xarajatlarini oldindan hisoblash imkonini beradi. Masalan, buyurtmani rasmiylashtirishda integrallashgan tizim yordamida ombordagi material va furnitura zahiralarini hisoblab,chamalash va buyurtmani bajarish bo‘yicha to‘siqlarni avvaldan ko‘rib chiqish mumkin.
Moliyaviy oqim korxonada o‘z vaqtida va aniq moliyaviy hisobotlar va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlash uchun ma’lumotlar almashinuvini xarakterlaydi. Integrallashgan tizim va kompleks avtomatlashtirish joriy qilinganligi har bir texnologik jarayon bo‘yicha aniq moliyaviy hujjatlarni yig`ib, umumlashtirish imkonini beradi. Korxonaning har bir bo‘limi o‘ziga xos moliyaviy hujjatlarni integrallashgan tizim orqali oladi va ular keyinchalik kerakli buxgalteriya idoralariga uzatiladi.
Korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari biznesning rivojlanishi va korxonani bozor sharoitlariga ko‘nikishi uchun qudratli vositadir. Hozirgi paytda dunyoda tikuv korxonalarini avtomatik boshqaruvi bo‘yicha qator informatsion texnologiyalar mavjud bo‘lib, ular ichidan CALS, ERP, SCADA texnologiyalarini alohida ta’kidlash joizdir.


Nazorat savollari:



  1. Integrallashgan tizim uzluksiz ishlashi shartlari.

  2. Integrallashgan tizimda oqim turlari qaysilar?

Download 13.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling