8. Mavzu: Ashel davri. Reja: Ashel davri tabiiy-geografik sharoiti. Ashel davri xronologiyasi
Download 119.5 Kb.
|
8-Mavzu. Ashel dari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ashel davri xronologiyasi.
- Ashel madaniyati
- Levallua texnikasi.
- Orta Osiyoning ashel davri arxeologiyasi.
8. Mavzu: Ashel davri. Reja: 1. Ashel davri tabiiy-geografik sharoiti. 2. Ashel davri xronologiyasi 3. Ashel madaniyati. 4. Levallua texnikasi. 5. O’rta Osiyoning ashel davri arxeologiyasi. Ashel davri. Bu bosqichda yer yuzida ikkita muzlik oralig’i va ikki muzliklar hukmronlik qilgan davrga to’g’ri keladi (gyuns-mindel, mindel, mindel-riss va riss). Olduvay davrining oxirlarida Еvrosiyoga, ya'ni Sharqiy O'rta yer dengizi hududlarigacha tarqalgan ibtidoiy kishilar guruhining shimoliy-g’arbga tomon tarqala borishi Kichik Osiyodan Dardanell va Bosfor bug’ozlari orqali Bolqon yarim oroliga o'tib Еvropaning sharqiy va janubiy hududlari bo'ylab tarqala boshlaydi. Afrikaning shimoli-g’arbiy qismi bo'ylab siljigan boshqa bir to'lqini ilk ashel davridan Dardanel bug’ozi orqali Priney yarim oroliga o'tib, Еvropaning janubiy hududlarini egallaydi va shimoliga tomon kengayib boradi. Bu davrda Еvropa, ayniqsa uning janubiy hududlarida issiq iqlim sharoiti hukron bo'lib, unga xos villafrank faunasiga xos issiq iqlim sharoitiga mos hayvonot dunyosi keng tarqalgan. Ilk ashel davriga oid arxeologik yodgorliklar Ispaniya, Portugaliya, Fransiya kabi davlatlarning hududlarida ko'plab uchraydi. Ashel davri xronologiyasi. Shuni ta’kidlash kerakki, ashel davri xronologik jihatdan shell davridan katta farq qilmasada, ashel qurollari shell qurollariga nisbatan hiyla taraqqiy etgan. Ashel qurollarida tosh uzoqdan uchrindilar olingan joy ma’lum shaklga ega bo’lgan. Ya’ni bu davrda odamlar tosh qurollarni qulayroq shaklga keltira olgan. Uchburchak shakldagi, uzunchoq, dumaloq va boshqa shakldagi qurollar hosil qilingan. Ashel davrida ayrim qurollarning shakli uni ishlatish xususiyatiga bog’liq bo’lgan. So’nggi ashelda tabiat keskin o’zgara boshlaydi. O’simliklar, hayvonot dunyosi, iqlimning o’zgarishi ibtidoiy odam xo’jaligiga ham ta’sir etadi. Iqlimning o’zgarishi yer yuzini ulkan muzliklar qoplashi bilan xarakterlanadi. Muzlik – odamning paydo bo’lishi davri bo’lgan kaynozoy erasining to’rtlamchi bosqichida siljiy boshlaydi. Muzlik izlarini olimlar mo’tadil iqlim mintaqalarida o’rganganlar. Tropik zonalarda muzlikning siljishi plyuvia davrini (plyuvia-yomg’ir) shakllantirgan. Masalan, bu davrda Sahroi Kabirdan daryolar oqqan. Ashel davrida Shimoliy Amerika hududlari deyarli muzlik bilan qoplangan. Janubiy Amerikada muzlik ancha ichkariga kirib borgan. Yevropaning katta va Osiyoning bir qismini muzlik egallagan. Muzlikning markazi Grenlandiya bo’lgan. Muzlik paleolit davrida bir necha million kv.km. ni tashkil etgan. Uning balandligi 1-2 km dan ortiq bo’lgan. Olimlar to’rt marotaba muz siljib kelgan degan fikrni ilgari suradi. Muzlikning siljishini gints, mindel, riss va vyurm deb bosqichlarga bo’lganlar. Bu terminlar Alp tog’idagi qishloqlar nomidan kelib chiqqan. Bu qishloqlarda muzliklar va muzlik yotqiziqlari birin-ketin qatlamlangan bo’lib, uning izlari XX asrning o’rtalarigacha saqlanib qolgan. Gints va mindel muzligi O’rta Yevropa hududlariga yetib kelgan. Riss esa yanada kengroq hududlarni qoplagan. So’nggi ashel davri esa xronologik jihatdan riss muzligidan oldingi bosqich bo’lgan. Muzlikning siljib kelishi natijasida sovuqqa chidamsiz hayvonlar qirilib ketadi. Ularning ko’p qismi janubiy hududlarga qarab siljidi. Muzlik bilan kurashish vositalari kam bo’lganligi uchun ko’plab ibtidoiy odamlar sovuqqa bardosh bera olmagan. Shell va ashel makonlari ochiq turdagi makonlar bo’lib, ular chaqmoqtosh xom ashyolari mavjud bo’lgan ochiq joylarda, tepaliklarda joylashgan. Ibtidoiy odamlar o’z ehtiyojini qondirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurgan. Ular tabiatdagi tayyor mahsulotlarni o’zlashtirib, hayot kechirgan. Ovchilik ham ular hayotida asosiy o’rinda bo’lgan. Odamlarning eng qadimgi mashg’uloti - terimchilik va ov-o’zlashtiruvchi xo’jalik deb nomlanadi. Shell davrida yashagan odamlar asta-sekin yer yuzining ko’plab hududlariga o’rnasha boshlagan. Ashel davrida ular shimoliy hududlarga qarab siljigan. Ashel davridan odamlar sun’iy makonlarda yashashga harakat qiladi. Dastlabki sun’iy makonlar - g’orlar edi. Qadimgi odamlarning g’orlarga joylashishi va o’rnashishi bilan odamlar ko’chmanchi hayotdan o’troq kun kechirishga o’ta boshladi. Ibtidoiy to’da ichida ayollar va erkaklar o’rtasidagi mehnat taqsimlanadi. Ya’ni erkaklar ozuqa topish zarurati tufayli ko’proq ovga intilgan bo’lsa, ayollar g’orni qo’riqlash, bu davrda o’zlashtirilgan olovni o’chirmasdan saqlashga harakat qilishgan. Bu davr ozuqalari – yeyish mumkin bo’lgan o’simlik tomirlari, o’simlik mevalari, hayvon go’shtlari edi. Yangi ko’nikmalarning paydo bo’lishi va o’zlashtirilishi ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi. Ilg’or jarayonlarning rivojlanishiga olovdan foydalanish kuchli turtki beradi. Tabiat bilan kurashish vositalarini topilishi bundan keyingi kishilik madaniyati taraqqiyotining bevosita natijasi bo’ladi. Chunki odamzodni halokatdan saqlab qolgan vosita - mehnat ko’nikmasi edi. So’nggi ashelda odamzod olovdan tabiiy holda foydalangan. Chunki o’t - olov sovuqdan, yirtqich hayvonlardan saqlanish uchun zarur edi. Bu davrda ibtidoiy odamlar turar joylarga ham zarurat seza boshladi. Chunki iqlim sovuq, havo nam bo’lib, odamlar g’orlarni egallashga kirishadi. Asta – sekin hayvon terilariga ehtiyoj tug’iladi. Bu davrda xo’jalik hayoti yuritilishida ham o’zgarishlar paydo bo’ladi. O’zlashtiruvchi xo’jalikni asosiy shakli bo’lgan terimchilik o’zining hal qiluvchi ahamiyatini yo’qota boshladi. Sababi, sovuq iqlimda tabiatda uchraydigan daraxt mevalari, o’simlik tomirlari kamyob bo’lib qoladi. Natijada hayvonlarni ovlashning ahamiyati ortadi. Asta - sekin ovlash usullari ishlab chiqiladi. Ovchilikda yog’och nayzalar, chaqmoqtosh qurollar ishlatila boshlanadi. Yangi sharoit va yashash zarurati ehtiyojni qondirish yo’llarini izlash (qurollarni mukammallashtirish, teridan kiyim tikish), qurollar evolyutsiyasida yangiliklarni paydo bo’lishiga olib keladi.
Turli tosh navlaridan tashqari ibtidoiy odamlar yog’och va suyaklardan ham qurol sifatida foydalanishgan. Ibtidoiy kishilar yog’ochlardan turli maqsadli qurollar sifatida foydalanishgan bo'lsalarda, bizgacha ularning kam sonli nushalari saqlanib qolgan. Ularning saqlanib qolgan namunalari Ispaniyaning Torralba manzilgohidan topib o'rganilgan. Bunday qurollardan kovlash ishlarini amalga oshirish yoki hayvonlarni ovlash maqsadlarida foydalanilgan bo'lishi kerak. Angliyadagi Klekton makonidan tissa novdasidan yasalgan nayza topilgan. Laringen (Germaniya) makonidan ham o'ldirilgan fil qovurg’alari orasidan 215 sm. uzunlikdagi nayza sifatida ishlatilgan tissa navdasi aniqlangan. Ashel davri uchun bir necha turdagi makonlar xos. Ular bir necha qalin madaniy qatlamlardan iborat ochiq joy, g’or-makon va ov jarayonida yashagan qisqa muddatli kulbalardan iborat bo'lgan. Ibtidoiy kishilari g’or-makonlarda va tekisliklardagi ochiq joylardagi chayla kulbalarida istiqomat qilishgan. G’orlarning ichki qismi odatda zah bo'lganligi sababli ularning oldida chaylalar barpo qilinib, ularning ayvonidan yog’inlardan to`suvchi tabiiy vosita sifatida foydalanilgan. Ibtidoiy kulbalarning izlari Tera Amanta, Lazaret g’ori (Fransiya), va Azix g’ori (Ozarbayjon) https://www.youtube.com/watch?v=gGeT3_cZkeg lardan topilgan. Ularning ayrimlarida o’choq izlari uchraydi. G’orlar kishilarning yashashi uchun boshpana bo'lib qolmay yirtqichlardan himoyalanuvchi vositasi vazifasini bajargan. Ashel davri oxiriga kelib, odamzod yer yuzining keng hududi bo'ylab yoyiladi. Bu davr yodgorliklari Atlantika okeanidan sharqda Tinch, janubda Hind okeanigacha bo'lgan yerlarga tarqalgan. Yevropaning ashel davri aholisi o'rmon fili, qisman yovvoyi ot, kamchilik holatlarda bug’u, va nosorglarni ov qilib kun kechirishgan. Aynan fil go'shti ibtidoiy odamlar oziq-ovqatining 5/4 qismini tashkil etgan. O'lja asosan yosh fil yoki uning bolalariga tegishli bo'lgan. Odatda o'lja ov qilingan joyda iste'mol qilingan. Bu davrga oid Torralba (Ispaniya), Ambrone yodgorliklaridan topib o'rganilgan suyak topilmalari shundan dalolat beradi. Ibtidoiy jamoa a'zolarining ov jarayoni nihoyatda mashaqqatli kechgan. Birgina hayvonni ovlash uchun bir necha kunlab hayvonlar izidan ommaviy izg’ib yurishlariga to’g’ri kelgan.
Hozirga qadar O'rta Osiyo hududidan ashel davriga oid yigirmaga yaqin aniqlangan ochiq turdagi joy makonlar va g’or-makonlardan iborat arxeologik yodgorliklar mintaqaning pastekistliklarida, tog’ oldi va tog’li hududlarida joylashgan. Yodgorliklarning aksariyatida stratigrafik qazishmalar amalga oshirilgan, ayrimlarining sirtidan topilgan mazkur davrga oid tosh qurollari bilan mashhur. Ashel davri arxeologik yodgorliklari O'rta Osiyoning barcha hududlarida uchraydi. Xususan, o'tgan asrning 40-yillarida A.P.Okladnikov Turkmaniston Yangaja II, 60-70-yillarida M.R.Qosimov Toshkent vohasi (Ko'lbuloq), U.I.Islomov Farg’ona vodiysi (Selung’ur), V.A.Ranov Janubiy Tojikiston (Qoratov I va Lohutiy I va Guldara) H.A.Altpisbayev Janubiy Qozog’iston (Bo'riqazigan, Tanirqazigan) va yaqin yillarda A.P.Drevyanko rahbarligidagi sibirlik arxeologlar guruhi (Janish va Dostig’) hududlarida olib borilgan tadqiqot ishlari sababli O'rta Osiyoning ashel davri bo'yicha muhim yangi ma'lumotlar to'plangan. Bu mintaqaning ashel davri yodgorliklari sanasi akademik O’.I.Islomov o'zining oxirgi ilmiy maqolalarida Selungir makoni sanasini mil.avv. 1,5 mln. yilliklar doirasida beligilagan. Lekin, boshqa bir tadqiqotchi olimlar unga e'tiroz bildirgan holda, so'nggi ashelning ilk bosqichlariga oidligini e'tirof etishadi. O'rta Osiyoning eng qadimgi yodgorliklari orasida arxeolog olim V.A.Ranov tomonidan o'rganilgan Janubiy Tojikiston hududidagi Guldara, Qaratov I va Lohutiy I kabi makonlari muhim o'rin egallab, ular ashel davrining turli bosqichlaridan xabar beradi. Ulardan eng qadimgisi Obimozor daryo vohasidagi Guldara makoni paleomagnit usulidagi tekshirish natijalariga ko'ra ashel davrining ilk bosqichiga oid. Makonning madaniy qatlamidan olingan tosh qurollarining hajmi ancha kichik. Ular dumoloq shaklli nukleuslar, tosh bo'lakchalari, uchrindilar, qirg’ichlar va sanchqilardan iborat bo'lib, ular qayroqtoshlardan yasalgan. Ashel davrining keyingi bosqichlariga oid Qaratov I, Lohutiy I va boshqa joy makonlari muhim ahamiyatga ega. Qaratov I yodgorligi Dushanbe shahridan 50 km. janubi-sharqda dengiz sathidan 1125 metr balandlikda joylashgan. Yodgorlikning madaniy qatlamlari yerning tektonik siljishi natijasida soz tuproq tagiga ko'milib ketgan. Madaniy qatlamlaridan qazib olingan tosh qurollarining yasalishi juda sodda bo'lib, nisbatan kam sonli qismi past navdagi chaqmoqtosh va ko'prog’i daryo toshlaridan ishlangan. Ular chopperlar (skrebla, skrebki, prokolki to'qnag’ich) Yodgorlikda termolyuminissent usulidagi tekshirish natijalari asosan mil.avv. 200 ming yilliklar doirasida sanalanishi mumkinligi ta'kidlangan. Nisbatan rivojlangan madaniyat bosqichiga ega bo'lgan Lohutiy I yodgorligi Obimozor daryosining o'ng irmog’i Hashar daryosi soxilida joylashgan bo'lib, tosh qurollari daryo toshlaridan yasalgan bo'lib, Qaratov I yodgorligidagi tosh qurollarga nisbatan ishlanishi takomillashgan shaklga ega bo'lgan. Nukleuslari gardishsimon va bir maydonchali, bir tomonli. Shuningdek, daryo toshidan qo’pol ishlangan nukleuslar ham mavjud. Tosh qurollarga ishlov berishda qisman levallua texnikasi kuzatiladi. Tishli, o’yiq qilib ishlangan tosh qurollari va chopperlar ham uchraydi. Makonning madaniy qatlamlarini termolyuminissent usuli bo'yicha mutloq tekshirish natijalari uning 120-130 ming yil qadimiylikga egaligini ko'rsatgan. Janubiy Qozog’istonning Qoratov hududidagi H.A.Altpisbaev o'rgangan Bo'riqazigan va Tanirqazigan yodgorliklari muhim o'rin egallaydi. Kichik Q’oratov hududida Kamer tog’ining janubiy yonbag’irlarida Ko'ktol daryosidan Sharqda yerning ustki qismidan tadqiqotchi ko'psonli tosh qurollarini terib olgan. Qurollar ko'kimtir-Qora rangli chaqmoqtosh tosh navidan ishlangan. Ulardan chopper va chopping shaklli tosh qurollar ko'pchillikni tashkil etadi. Ikki tomonlama ishlov berilgan qo’l cho’qmorlari mavjud bo'lib, tadqiqotchi olim ularning shakli, urib sindirish va ishlov berilish texnikasiga ko'ra ikki turini ajratadi. Sindirilmalar shakli va o'lchamiga ko'ra turli xildagi yirik nushalardan iborat. Mazkur yodgorliklar tadqiqotchi tomonidan ashell davrlari bilan sanalangan. Janubiy Qozog’istonda, Jambil viloyatida joylashgan Shabakti makoni muhim o'rin egallaydi. Tadqiqotchi tomonidan Kichik Qoratovning shimoli-sharqiy tomonidan ashell-must’e davrlari bilan sanalagan Takali va Qizilrisbek makonlari ham o'rganilgan. Tosh qurollari juda sodda bo'lib, yuqorida keltirilgan tosh navlaridan yasalgan. Sindirilmalar yuqorida keltirilgan xillaridan iborat. Nukleuslardan gardishsimon ikki tomonlilari ajralib turadi va ularning ayrimlari 20 sm.ga boradi. Ayrim nukleuslar uchburchak shaklli levallua ko'rinishda. Stratigrafik qatlamga ega bo'lmaganligi sababli tosh qurollarining shakllariga ko'ra ularning bir qismi must’e davriga oid bo'lishi mumkin, degan xulosaga kelingan. Ochiq turdagi makonlardan Angren shahridan janubi-g’arbda Ko'lbuloq makoni Ohangaron daryosining o'ng irmog’i hisoblanadigan Jarsoyning o'ng tomonidagi soy bo'ylab uzunasiga joylashgan tepalikning qiyalangan joyida shu nomdagi buloq yaqinida joylashgan. Bu hudud Toshkent vohasidagi yirik tog’ tizmalaridan biri hisoblanadigan Chotqol tog’ tizimasining janubi-g’arbiy yon bag’irlarida joylashgan. Arxeologik yodgorlik 1962 yili O.M.Rostovsev tomonidan aniqlangan bo'lib, 2007 yilga qadar ma'lum to'xtalishlar bilan bir necha bor qazishma ishlari olib borilgan. O'tgan asrning 60-80 yillarida M.R.Qosimov, 1994-1994 yillarda O'zR FA Arxeologiya instituti ilmiy rahbarligida (O'.I.Islomov - ekspedisiya ilmiy rahbari, K.A.Kraxmal, B.K.Sayfullayev, N.O.Hushvaqtov) RF FA Arxeologiya instituti Leningrad bo'limi hamkorligida (N.K.Anisyutkin) va 2007-2008 yillarda O'zR FA Arxeologiya instituti, RF FA Sibir bo'limi Arxeologiya va etnografiya instituti va Bryussel san'at va tarix qirollik muzeylari qo'shma ilmiy espedisiyasi (O'zbekiston-Rossiya-Belgiya) tomonidan o'rganilgan. Amalga oshirilgan qazishma ishlari natijasiga ko'ra 19 metr qalinlikda 49 ta madaniy qatlamlar aniqlanib, ulardan 22 tasi ashel, 24 tasi o'rta paleolit (must’e) va 3 tasi esa so'ngi paleolit davrlariga oid bo'lib, bu yerda ibtidoiy jamoa a'zolari taxminan ashel davrining ўxirgi bosqichlari (mil.avv. 200 ming yilliklar) dan to so'nggi paleolit (mil.avv. 24 ming yilliklar) davriga qadar muntazam hayot kechirganliklaridan habar beruvchi ashyoviy dalillar aniqlangan. O'rta Osiyoning ashel davri topilmalari orasida Selungir makoni ahamiyati yuqori sanaladi. Yodgorlik Oloy tog’ tizmasidagi qaydarkon degan joyda joylashgan. Dastlab u o'tgan asrning 50-yillarida A.P.Okladnikov tomonidan o'rganilgan bo'lib, so'nggi paleolit davri bilan sanalangan. 80-yillarda arxeolog olim O'.Islomov va 90-yillarda uning shogirdi K.Kraxmallar tomonidan qazishma ishlari davom ettirilgan. qazishma natijalarida yodgorlikning beshta madaniy qatlami aniqlanib, ulardan jami 1417 dona tosh qurollari, shundan 852 ta uchrindi, 306 ta turli tosh qurollari va 38 ta nukleuslar olingan. Shuningdek, hayvon suyaklari bilan birgalikda eng qadimgi odamlarga tegishli suyaklar ham topib o'rganilgan. Suyaklar ibtidoiy odam bosh chanog’ining yuqori qismi, olti dona tish va yelka suyak bo'laklaridan iborat bo'lgan. Hayvon suyaklari topilmalari esa ayiq, bo’ri, yovvoyi cho'chqa, buqa, tur, ot, arhar, bug’u va nasorglarga tegishli bo'lgan. Yodgorlikning shakllangan vaqtining mutloq davri bo'yicha ikki xil sanalar keltiriladi. U.I.Islomov yodgorlikning mutloq sanasini mil.avv. 1,5 mln. yillik bilan davrlashtirishsa, ayrim xorijlik mutahassislar uning qadimiyligini inkor etgan holda ashel davrining so'nggi bosqichiga oid ekanligini aytishadi. Shuningdek, Turkmaniston hududida Turkman (ilgargi Krasnavodsk) yarim oroli hududida Yangaja va hara Tengir temir yo'l stansiyalari oralig’ida arxaik shakldagi ko'chirindi (otshep) va ikki nushadagi keskich (rubilsa) topilgan Qashqirbuloq (Turkmaniston) On Archa (Qirg’iziston), yodgorliklari O'rta Osiyo hududida ashel davrining boshlaridan ibtidoiy jamoa kishilari yashay boshlab, ularga tegishli makonlar mintaqaning pasttekisliklaridan tortib, baland tog’ tizmalariga qadar bo'lgan keng hududlariga yoyilgan. Bifas Download 119.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling