8-mavzu. Bojxona bojlari va ularning sinflanishi


Download 218.21 Kb.
bet4/5
Sana13.02.2023
Hajmi218.21 Kb.
#1193794
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-маruza

kompensatsion bojlar, bunday turdagi bojlar bevosita va bilvosita subsidiyalar olib ishlab chiqarilgan va arzon narxda ichki bozorlarga kirib kelgan tovarlarga nisbatan qo‘laniladi;

  • maxsus bojlar. Odatda bunday bojlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish bilan birga, savdo munosabatlarida ishlab chiqilgan xorijiy davlatlar siyosatiga javob tariqasida ham, davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda, qo‘llaniladi.

    Bunday turdagi bojlar hamkorlar tomonidan majburiyatlar suiste’mol qilingan holda qo‘llaniladi. Bunday bojlar qo‘llanilishida, asosan, ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar muhim rolь o‘ynaydi hamda ular siyosiy yo‘l bilan hal qilinadi. Mazkur bojlar boshqa boj turlari qo‘llanilmagan holatda yoki buzilganda ishlatiladi.

    Kelib chiqishiga ko‘ra:


    - avtonom bojlar, hukumat organlarining bir tomonlama harakati natijasida vujudga keladi. Bunday paytda asosiy qarorni davlat qabul qiladi va aniq boj stavkalari o‘rnatiladi.

    • konventsion (shartnomali) bojlar, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalarga asoslangan holda ishlab chiqiladi va qo‘llaniladi.

    • preferentsial bojlar, boj tarifi stavkalaridan past ko‘rinishda qo‘llaniladi va undiriladi hamda rivojlanayotgan davlatlarda eksport hajmini oshirish maqsadini ko‘zda tutadi. 1971 yildan boshlab, import tarifi stavkalarini kamaytirish hisobiga ham, rivojlanayotgan davlatlarda bir qator yutuqlarga erishilgan.

    Stavkalarining turlari bo‘yicha:


    - doimiy boj tarifi, stavkasi hukumat tomonidan belgilangan bo‘lib, o‘zgartirish mumkin emas.
    - o‘zgaruvchan boj tarifiga, davlat organlari tomonidan o‘rnatilgan va o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan tarif stavkalari kiradi, bu tarif, asosan, ichki narxlarni jahon bozoridagi narxlarga tenglashtirish jarayonida qo‘llaniladi. Misol tariqasida Yevropada qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yagona narxini belgilashni keltirish mumkin.


    Download 218.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling