2108-guruh talabasi Turg’unboyeva Shahnoza Reja: - Mamlakatimizda va chet davlatlarda atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish va oldini olish maqsadida tegishli qonunlar ishlab chiqilmoqda, turli tcxnologik, sanitar-texnik, texnik, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sanoatning rivojlanishi, qishloq xo'jaligining sanoat asosiga o‘tkazilishi, shaharlarning o‘sishi, odamlarning ko‘payishi suv iste’molining ortishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda sanoat korxonalarida tarkibi turlicha bo'lgan oqova suvlar hosil bo‘lmoqda. Tabiiyki ularni tozalash uchun zamonaviy tozalash inshootlari va texnologiyalarini yaratish hamda joriy etish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, sanoat korxonalarida suvning yopiq zaniirli tizimini hosil qilish hisobiga toza suv iste’molini kamaytirish ham asosiy muammolardan biridir. Buning uchun shu sohada ishlovchi mutaxassislarda yetarlicha bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lishi talab etiladi.
- Tabiiyki ularai tozalash uchun zamonaviy tozalash inshootlari va texnologiyalarini yaratish hamda joriy etish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, sanoat korxonalarida suvning yopiq zaniirli tizimini hosil qilish hisobiga toza suv iste’molini kamaytirish ham asosiy muammolardan biridir. Buning uchun shu sohada ishlovchi mutaxassislarda yetarlicha bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lishi talab etiladi.
- Suvni tozalash — suv taʼminoti manbalari (daryolar, koʻllar, suv havzalari, suv omborlari va boshqalar)dan vodoprovod tarmogʻiga kelib tushadigan suvning sifatini belgilangan meʼyorga keltirish uchun moʻljallangan texnologik jarayonlar majmui. Sanoat korxonalari va maishiy korxonalardan chiqadigan oqova suvlarni tozalashni ham oʻz ichiga oladi. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimidagi, korxonalardagi muxandislik inshootlari yordamida hamda biologik va kimyoviy usullarda amalga oshiriladi.
- Oqova suvlar (sanoat korxonalari, maishiy korxonalar va turar joylardan chiqadigan iflos suvlar) va yogʻin suvlarni tozalash masalalari tabiatni mahofaza qilishning muhim bir qismi hisoblanadi. Oqova suvlar tarkibidagi balchiq, kolloid va erigan moddalar tindirgichlarda choʻktiriladi, zararli moddalar biologik usullarda zararsizlantiriladi . korxonalardan chiqayotgan suvlar tozalash inshootlarida tozalanadi. Suvni tozalashning fizik,kimyoviy, termik va boshqa usullari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |