8-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili kursi. Ona tili o‘qitish metodikasining tamoyillari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana13.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1091505
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Maruza

1. Tushuntirish xati. 
2. Asosiy qismi. 
Tushuntirish xatida ona tili predmetining tutgan o‘rni, uning vazifalari 
ko‘rsatilib, metodik yo‘l-yo‘riqlar beriladi. 


Dasturning asosiy qismi quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan bo‘lib, ularda har 
bir sinfda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar ko‘rsatiladi:
1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.
2. Sinfda, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish.
3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 
“O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi 203-
sonli qarorida umumiy o‘rta ta’lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi: 
1. Boshlang‘ich ta’lim. 
2. Umumiy o‘rta ta’lim. 
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’limning standarti yaratildi. Unda 
boshlang‘ich bosqich va umumiy o‘rta ta’lim nihoyasida o‘quvchilar egallashi lozim 
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi.
Hozirda o‘quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda mustaqil ishlarni 
uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi metodik tavsiyalar tizimi ishlab 
chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, grammatik ta’limiy o‘yinlarni 
joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli 
boshqotirma 
va 
jadvallardan 
keng 
foydalangan 
holda 
mashg‘ulotlar 
uyushtirilmoqda. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ona tili o‘quv fani sifatida shakllanib, 
rivojlanishning murakkab yo‘lini bosib o‘tmoqda. 
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga 
oshirishning beshta asosiy yo‘nalishlarida ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘quv 
standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish borasida ham yo‘l-yo‘riqlar 
ko‘qsatib o‘tilgan. Shunga binoan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yurtimiz 
olimlari, tajribali amaliyotchi o‘qituvchilardan iborat Umumiy o‘rta ta’lim standarti 
hamda o‘quv-metodik materiallarni ekspertizada o‘tkazish bo‘yicha ekspert guruhi 
tashkil qilindi, guruh amaldagi umumiy o‘rta ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘quv 
standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli 
izlanishlar qilindi. Guruh boshlang’ich umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlari bo‘yicha 


DTS lari asosida har bir sinf uchun o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga 
qo‘yilgan talablarni qayta ko‘rib chiqish va ekspertiza natijalari asosida ularni 
takomillashtirish vazifalarini bajardilar. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling