8-Mavzu: Boshqaruv hisobi tashkil qilish 63,Boshqaruv hisobining funksiyalari


Download 25.05 Kb.
bet4/7
Sana14.04.2023
Hajmi25.05 Kb.
#1357464
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 mavzu (2)

66,Xarajatlari haqida tushuncha
Respublikamizda xarajat moddalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (O‘z.R. VM.ning 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qarori bilan bilan o‘zgartirishlar kiritilgan) «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asoslanadi.
1. Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:

 bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;

 bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;

boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ustama xarajatlar.

2. Davr xarajatlari:
sotish xarajatlari;
 ma‘muriy xarajatlar;
 boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.
 foizlar bo‘yicha xarajatlar;
 xorijiy valyuta operatsiyalarida yuzaga keladigan salbiy kurs farqlari;
 qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;
 moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar.
3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar:
4. Favqulodda zararlar.


Ushbu xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagicha tartibda guruhlanadi:

1. ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);

2. ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;

3. ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;

4. asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

5. ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.

Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarda moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi schetlar belgilangan:

9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar»;

9620-«Kurs farqlaridan zararlar»;

9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar»;

9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar».



Download 25.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling