8-Mavzu: Boshqaruv hisobi tashkil qilish 63,Boshqaruv hisobining funksiyalari
,Boshqaruv hisobida xarajatlarning tasniflanishi va mazmuni
Download 25.05 Kb.
|
8 mavzu (2)
65,Boshqaruv hisobida xarajatlarning tasniflanishi va mazmuni.
Ishlab chiqarish xarajatlarini to‘g‘ri hisobga olish boshqaruv buxgaltеriya hisobi oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Odatda, ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlashdan boshlab, uni tayyor mahsulot holida omborga qabul qilingungacha bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi va ular mahsulot ishlab chiqarish tеxnologiyasi va ishlab chiqarishning xususiyatiga qarab har hil bo‘ladi. Xarajatlarning salmog‘i ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga, tannarx esa korxonaning daromadiga ta'sir qiladi. Korxonalarning o‘ziga xos hususiyatiga ko‘ra, xarajatlar tayyorlov va qayta ishlash xarajatlariga bo‘linadi. Tayyorlov xarajatlariga xom ashyoni sotib olish, saqlash, jo‘natish va boshqa xarajatlar kirsa, qayta ishlash xarajatlariga esa mahsulotni qayta ishlab mahsulotlar olish bilan bog‘liq xarajatlar kiradi. ko‘rsatkich 21-BHMS schyotlar rеjasida 2010, 2310, 2510-schyotlarida hisobga olinadigan xarajatlar quyidagi turkumlardan tarkib topadi. 1. Matеrial xarajatlari. 36 2. Mеhnatga haq to‘lash xarajatlari. 3. Ijtimoiy sug‘urta xarajatlari. 4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amarti-zatsiya ajratmalari. 5. Pul xarajatlari. 6. Boshqa to‘g‘ri xarajatlar. 21-BHMS schyotlar rеjasida 9400 «Davr xarajatlari» schyotida hisobga olinadi va hisobot yilining oxirida korxonaning olgan daromadi hisobidan qoplanadi. Bu Nizomga asoslangan holda barcha xarajat moddalarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: -bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; -bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; -boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ustama xarajatlar. 2. Davr xarajatlari: -sotish xarajatlari; -ma’muriy xarajatlar; - boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. 3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar: -foizlar bo‘yicha xarajatlar; -xorijiy valyuta operatiyalarida Yuzaga keladigan salbiy kurs farqlari; -qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash; -moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar. 4. Favqulodda zararlar. Xo‘jalik Yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi schyotlar belgilangan: 9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar»; 9620-«Kurs farqlaridan zararlar»; 9630-«qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar»; 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar». Download 25.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling