8-Mavzu: Boshqaruv hisobi tashkil qilish 63,Boshqaruv hisobining funksiyalari


,Boshqaruv hisobida axborotlar tizimi


Download 25.05 Kb.
bet2/7
Sana14.04.2023
Hajmi25.05 Kb.
#1357464
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 mavzu (2)

64,Boshqaruv hisobida axborotlar tizimi
Boshqaruv hisobi esa korxonada ishlab xarajatlarini tarkibi, ularni mahsulot
turlari bo‘yicha sarflanishi to‘g‘risidagi bo‘lib o‘tgan jarayonlarni hisobi va ularni
tahlili asosida kеlajakka mo‘ljallangan tavsiyalarni ishlab chiqish uchun korxona
rahbari va mutaxassislarga zarur bo‘lgan axborotlar bilan ta‘minlashdan iboratdir.
2.Axborotdan foydalanuvchilar.
Moliyaviy hisobni axborotlaridan foydalanuvchilar, odatda, korxonadan
tashqarida bo‘ladilar. Ular davlat nazorat organlari, o‘z mablag‘larini korxonaga
kiritgan aktsionеrlar, qimmatli qog‘ozlar va obligatsiyalar egalari, tashqi va ichki
invеstorlar hisoblanadi.
21
Boshqaruv hisobini ma'lumotlaridan esa asosan korxona boshqaruv
xodimlari foydalanadilar.
3.Axborot manbalari.
Boshqaruv hisobi uchun axborot manbai bo‘lib faqat korxona
ma'lumotlaridan foydalanilsa, moliyaviy hisob uchun esa korxona ma'lumotlari
bilan bir qatorda, qabul qilingan qonun va Nizomlar, mе'yoriy tavsiyalar ham
hisobga olinadi.
4. Hisob siyos
Integratsiyalashgan hisob tizimida axborotlarni qayd etish, to‘plash va qayta ishlash
korxonaning quyi bo‘linmalari (sexlar)dan boshlanadi. Shundan so‘ng, to‘plangan
axborotlar korxonaning yuqori bo‘g‘inlarida moliyaviy hisobot shakllarini tuzish
maqsadida umumlashtiriladi. Shu tartibda, korxonada yagona axborot tizimi shakllanadi.
Moliyaviy hisob schyotlari korxonani moddiy, mеhnat va moliyaviy
rеsurslari xolati va harakati to‘g‘risida, xarajatlar hisobi, tannarx kalkulyatsiyasi,
rejalashtirish va qarorlar qabul qilish uchun kеrak bo‘ladigan ma'lumotlarni
hisobga oladi va umumlashtiradi.
6. Axborotni taqdim etish shakllari.
Moliyaviy hisob ma'lumotlari ―Buxgaltеriya hisobi to‘g‘risida‖gi qonunning
16-moddasiga asosan, moliyaviy hisobot, buxgaltеriya balansi, moliyaviy natijalar,
asosiy vositalarni harakati, pul oqimi, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot
shakllari va tegishli izohlardan iborat bo‘ladi.
Boshqaruv hisob ma'lumotlari esa foydalanuvchilarga erkin shaklda taqdim
etiladi.
Korxonalarda integratsiyalashgan hisob tizimini ishlab chiqish quyidagi
tamoyillarga asoslanadi:
-hisobning tezkorligi va ishonchliligini ta’minlash;
-tushunarlilik, ahamiyatlilik;
-integratsiyalashgan hisob tizimini joriy etish samaradorligini oshirish
Xalqaro tajribada korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning quyidagi ikkita
tizimi mavjud:
-avtonom;
-integratsiyalashgan
Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom tizimining xususiyati shundaki, unda
moliyaviy va boshqaruv hisobi chegaralari aniq belgilangan bo‘ladi. Bunga ko‘ra,
moliyaviy hisobda xarajatlar iqtisodiy elementlari bo‘yicha, boshqaruv hisobida esa
kal’kulyatsiya moddalari bo‘yicha tasniflanadi. Boshqaruv hisobida xarajatlar hisobini
olib borish uchun 9100-“Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar tannarxi hisobi
schyotlari”, 9400-«Davr xarajatlari hisobi» kabi tranzit schyotlardan foydalaniladi.
Moliyaviy hisob sintetik hisobni tashkil etish uchun mo‘ljallangan
Integratsiyalashgan hisob tizimida xo‘jalik muomalalarini ifodalashda tranzit
schyotlardan emas, balki yagona schyotlar tizimidan foydalaniladi. Bunda qoldiqqa ega
bo‘lgan schyotlar bir vaqtning o‘zida ham moliyaviy hisobga ham boshqaruv hisobiga
tegishli bo‘ladi.

Download 25.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling