1. Hisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatim baholash, aktivlar va passivlarning holati to’g’risidagi. axborotlarni umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan iborat. Bu malumotlar maьmuriyatning o’zi uchun ham, tashqi foydalanuvchilar uchun ham mo’ijallangan bo’ladi. Tashqi foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to’lov qobiliyati, kreditga layoqati, mazkur korxonaga berilgan investitsiyalarning rentabellik darajasi kabilarga baho berishda aynan shu maьlumotlarning aniq belgilangan talablar va standartlarga muvofiq ravishda olib borilganiga eьtibor beradilar.
Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to’g’risidagi ishonchli axborotlar bilan taьminlashdir.
2. Hisob siyosatini ishlab chiqish. Moliyaviy hisobda hisob siyosati uni yuritish qoidalari, moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish tartibini ifodalaydi.
Boshqaruv hisobi hisob siyosatida asosan korxona faoliyatini byudjetlashtirish, taxminlash, tannarxni hisoblash, transfert bahoni shakllantirish, segmentar hisobot tuzish masalalari o’z ifodasini topadi.
3.Axboroilarni buxgalteriya hisobi schyotlari tizimida aks ettirish.
Moliyaviy hisob schyotlari tizinii korxona moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari holati hamda harakati to’g’risidagi barcha malumotlarni umumlashtiradi. Ushbu schyotlar tizimi o’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-sonli "Xo’jalik yurituvchi subьektlar moliya-xo’jalik faoliyatini schyotlar rejasi va uni qollash bo’yicha yo’riqnoma" nomli milliy standartiga asoslanadi. Ushbu schyotlar rejasining yangi tahriri o’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 9-sentabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan.
Boshqaruv hisobi schyotlar rejasi esa korxona va uning bo’linmalari faoliyati to’g’risida strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish, byudjetlashtirish, xarajatlar hisobi va tannarx kal’kulatsiyasini tashkil etish, "Xarajatlar — ishlab chiqarish hajmi — foyda" tizimi bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashni nazarda tutadi. Mazkur schyotlar rejasini amaliyotga joriy etish ikki razryadli buxgalteriya hisobi schyotlari tizimidan to’rt razryadli tizimga o’tish zaruriyatini keltirib chiqaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |