8-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish Reja: Boshqaruv hisobining paydo bo’lishi va tarixiy rivojlanishi


Download 85.71 Kb.
bet9/12
Sana13.04.2023
Hajmi85.71 Kb.
#1352642
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish

7. Hisobni tashkil etish qoidalari. Moliyaviy hisobda moliyaviy hisobot axborotlari aniq tamoyil va qoidalarga muvofiq shakllanishi hamda aks ettirilishi shart, ular asosida malumotlar qayd qilinadi, baholanadi va tegishli schyotlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu tamoyil va qoidalar "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi o’zbekiston Respubikasi qonuni hamda buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilab qo’yiladi.
Boshqaruv hisobini yuritish tartib-qoidalari korxonaning strategik va taktik maqsadlaridanbarteratlaridan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Bu hisob turida malumotlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ahamiyatlilik darajasiga yetibor beriladi.
8. Hisob tamoyillari. Moliyaviy hisob umumiy tamoyillarga tayanadi, bular buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, aniqlik, mazmunning shakldan ustunligi, ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi, moliyaviy hisobotning betarafligi va h.k. Bu tamoyillarga korxona xodimlari bilan bir qatorda davlat idoralari vakillari ham amal qiladi.
Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari esa hisobni ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, ehtiyotkorlik, ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi va h.k. hisoblanadi.
9. Hisobning asosiy obьektlari. Moliyaviy hisobotlarda korxona odatda yagona, yaxlit deb taYiflanadi. Ko’p tarmoqli faoliyat olib boruvchi yirik korxonalar har bir soha bo’yicha, yaьni, korxonaning yirik segmentlari bo’yicha xarajatlar va daromadlarni umumlashtirilgan moliyaviy hisobotda aks ettirishi shart.
Boshqaruv hisobi, odatda korxonaning alohida bo’linmalari: bo’limlar, sexlar, uchastkalar, ish joylari faoliyati to’g’risidagi axborotni o’z ichiga oladi.
10. Hisobning asosiy tuzilmasi. Moliyaviy hisob quyidagi asosiy tenglikka muvofiq shakllanadi:
Aktivlar = O’z mablag’lari manbalari + Majburiyatlar
Boshqaruv hisobi axboroti tuzilmasi va tarkibi uning foydalanuvchilarini ehtiyojlariga bog’liq. Boshqaruv hisobining har qanday tuzilmasi eng avvalo xarajatlar, daromadlar va aktivlar kabi kategoriyalarga tayanadi. Bu tuzilmalarni qollashda asosiy mezon — zarur axborotning foydaliligidir.

Download 85.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling