8-Mavzu: Davlat buyudjeti Reja Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Davlat budjetining funksiyalari


Davlat budjeti daromadlarining manbalari


Download 42.96 Kb.
bet6/12
Sana09.11.2021
Hajmi42.96 Kb.
#172029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-Mavzu- Davlat buyudjeti

Davlat budjeti daromadlarining manbalari.

Budjetning soliqli daromadlari tarkibiga mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig‘imlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, bojxona bojlari, boj yig‘imlari, penya va jarimalar kiradi. Budjetning daromadlar qismini to‘ldirishning manbalaridan biri budjet tizimida boshqa darajada turgan budjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar yoki mablag‘larning qaytarilmaslik va tiklanmaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni oluvchi budjetning daromadlarida o‘z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o‘tkazilayotgan mablag‘lar ham budjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi. Soliqli usullar uchun mablag‘larning Davlat budjeti foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o‘rnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ular yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholiga tegishli bo‘lgan mablag‘larning bir qismi davlat ixtiyoriga o‘tkaziladi.

Davlatning soliqsiz daromadlarini davlat soliqlaridan ajratib turuvchi xususiyatli belgilari mavjud.Birinchidan, ko‘plab soliqsiz to‘lovlar ikki yoqlama xarakterga ega, ya’ni ko‘plab soliqsiz to‘lovlar to‘lash bo‘yicha huquqiy munosabatlarning subyektlari o‘zaro huquq va majburiyatlarga ega. Huquqiy munosabatlarning zaruriy subyekti bo‘lgan davlat, soliqsiz to‘lovlarni undirar ekan, uning to‘lovchilari foydasiga tegishli harakatlarni amalga oshirishi shart, misol uchun qandaydir faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish, bojxona chegarasidan tovarlarni olib o‘tish, qandaydir xizmat ko‘rsatish va b. O‘z navbatida soliqsiz to‘lovlarning to‘lovchilari davlatdan o‘zlarining foydasiga qandaydir harakatlar amalga oshirilishini talab qilish huquqiga ega. Ikkinchidan, har doim majburiy to‘lov hisoblangan soliqlardan farqli o‘laroq soliqsiz daromadlar majburiy va ixtiyoriy shaklga ega bo‘lishi mumkin. Soliqsiz daromadlarning katta qismi majburiy to‘lovlar hisobiga shakllanadi. Ularning majburiyligi nazarda tutilgan hollarda to‘lanmagan holatlarda o‘rnatilgan tartibda majburiy undirilishi bilan asoslanadi. Biroq, majburiy soliqsiz va soliqli to‘lovlarni to‘lanishining asoslari bir xil emas: soliqlar soliqqa tortish obyekti mavjud bo‘lganida to‘lanadi, majburiy soliqsiz to‘lovlarni to‘lanishining asosi esa vakolatli organlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga ma’lum harakatlarni amalga oshirilishi (u yoki bu huquqlarning berilishi, ishlar, xizmatlar bajarilishi) hisoblanadi. Davlatning soliqsiz daromadlari guruhiga kiruvchi ixtiyoriy to‘lovlar yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli xohish-irodasiga asoslanadi. Ixtiyoriylik tamoyillari bo‘yicha qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb qilish usullari qonunchilik bilan belgilanadi. Ularga davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish va tarqatish, davlat lotereyalarini o‘tkazish, hayriya faoliyatini amalga oshirish tartibidagi badallar va boshqa qonuniy usullar. Uchinchidan, soliqsiz to‘lovlarning xususiyatlaridan yana biri shuki, soliqlarga nisbatan ular uchun tushumlarning maqsadlilik belgisi xarakterlidir. Davlatning soliqsiz daromadlarini ishlatishning maqsadliligi soliqsiz to‘lovlar joriy qilinish paytida o‘rnatiladi va har qaysi to‘lovni hisoblash va undirish tartibini belgilovchi huquqiy hujjatlar yordamida mustahkamlanadi. Davlatning soliqsiz daromadlari, odatda, Davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarda jamlanadi. Biroq, ayrim soliqsiz daromadlardan tushumlar qonun bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tegishli mahalliy budjetlarga o‘tkazilishi uchun mahalliy hokimiyat organlariga beriladi.

Davlatning soliqsiz daromadlarini turli mezonlar bo‘yicha turkumlash mumkin:

 hududiy darajasi bo‘yicha – respublika daromadlari va mahalliy hokimiyat organlarining daromadlari;

 shakllantirish usullari bo‘yicha – majburiy xarakterga ega bo‘lgan daromadlar va yuridik va jismoniy shaxslardan ixtiyoriy tushumlar;

 ularni yig‘ish manbalari bo‘yicha – Davlat budjetida budjetdan tashqari fondlarda jamlanadigan daromadlar;

 to‘lovlarni undirishning asoslari bo‘yicha.

O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunining 11-moddasida Davlat budjeti daromadlari tarkibida quyidagi soliqsiz daromadlar ko‘rsatib o‘tilgan:

1) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;

2) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, xadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;

3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan qaytarilmaydigan pul tushimlari;

4) rezident - yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini hisobiga tushadigan to‘lovlar;

5) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunining 18-moddasida esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari tarkibida quyidagi soliqsiz daromadlar ko‘rsatib o‘tilgan:

1) qonuniy xujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;

2) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;

3) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari;

4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

5) qonunlarga muvofiq boshqa manbalar.




Download 42.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling