8-mavzu davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi


Download 46.41 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi46.41 Kb.
#1574572
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu DAVLAT XARID TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI


8-mavzu DAVLAT XARID TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI
8.1 Davlat xaridini tashkil etishning AQSH tajribasi.
8.1.1 Davlat xaridini davlat moliyasida tutgan о‘rni va huquqiy asoslari.
8.1.2 Elektron texnologiyalar.
8.1.3 Ochiqlik va ma’lumot olish imkoniyati.
8.1.4 Elektron savdolar.
8.2 Yevropa Ittifoqining Davlat xarid tizimi va uning о‘ziga xosligi.
8.2.1 Davlat xaridini tashkil etishning Yevropacha modellari va mavjud tamoyillari.
8.2.2Yevropada Davlat xaridini amalga oshirish jarayoni.
8.2.3 Germaniya tajribasi.
8.3 Davlat xaridini tashkil etishning Xalqaro Moliya institutlari tajribasi.
8.3.1Xalqaro huquqiy asoslar.
8.3.2 Xalqaro Savdo tashkilotida Davlat xaridi bо‘yicha shartnoma.


DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISHNING AQSH TAJRIBASI
8.1.1 Davlat moliyasida tutgan о‘rni va huquqiy asoslari
Davlat xaridini tashkil etishda AQSH tajribasini, ushbu mamlakatda davlat xaridining davlat moliyasi tarkibidagi о‘rnining tahlilidan boshlaymiz. AQSH hukumati mudofaani ta’minlash, ta’lim, shifoxonalar, yо‘l qurilishi va boshqa umumjamiyat ehtiyojlarini moliyaviy ta’minlash uchun davlat xarajatlarni amalga oshiradi. AQShda shtatlar hukumati va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari tovarlar va xizmatlar sotib olish uchun federal hukumatga nisbatan ham kо‘proq xarajatlarni amalga oshiradi.
Quyidagi 1-jadvalda AQShda davlat xarajatlarining taqsimlanishi aks ettirilgan. Jadval ma’lumotlari ikki tartibga ajratilgan: birinchidan – xarajatlarni federal va shtatlar hamda о‘z-о‘zini boshqarish organlari о‘rtasida ajratib kо‘rsatilgan; ikkinchidan – davlatning umumiy xarajatlari hamda tovar va xizmatlar sotib olishga yо‘naltirilgan qismi (ya’ni ijtimoiy tо‘lovlarni ajratgan holda) aks ettirilgan. Ijtimoiy tо‘lovlar (transfertlar) – bu uni oluvchilarga tovarlar va xizmatlar taklif etilmasdan, tо‘lanadigan mablag‘lardir.
1-jadval

Download 46.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling