8-mavzu davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi
Ochiqlik va ma’lumot olish imkoniyati
Download 46.41 Kb.
|
8-mavzu DAVLAT XARID TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.1.3 Elektron savdolar
- YEVROPA ITTIFOQINING DAVLAT XARID TIZIMI
8.1.2 Ochiqlik va ma’lumot olish imkoniyati
Federal xaridning Markazlashgan axborot tizimi ma’lumotlaridan Prezidentga, Kongressga va AQSH byudjet boshqarmasiga taqdim etiladigan davriy hisobotlarni shakllantirishda foydalaniladi, shuningdek, ushbu ma’lumotlar federal idoralar, ishbilarmonlar va keng jamoatchilikka taqdim etiladi. Ushbu ma’lumotlarga tayanib, Markazlashgan axborot tizimi yillik hisobotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi. Individual iste’molchi talabiga asosan, pullik xizmat shaklida, hisobotlar taqdim etilishi mumkin. Zarur bо‘lganda, Markazlashgan axborot tizimi mutaxassisi talab qilinadigan hisobot tarkibini ishlab chiqishda mijozga kо‘maklashadi. Hujjatni tayyorlash muddati 5-7 ish kuni qilib belgilangan. Ma’lumotlar bankidan yillik ma’lumotlarni qidirish bahosi, taxminan 400 dollar va har bir qо‘shimcha yildagi ma’lumotlar uchun 100 dollardan qо‘shimcha haq talab etiladi. Maxsus hisobotlar, rо‘yxatlar, iqtiboslar ham qog‘ozli shaklda, ham elektron nusxa shaklida taqdim etiladi. Maxsus hisobotni talab qilishda, quyidagi ma’lumotlar kо‘rsatilishi zarur: tadqiqot о‘tkazilishi talab etiladigan vaqt oralig‘i (AQSH moliya yili oktabrdan 30 sentabrgacha hisoblanadi); mijozning hisobotda olishi zarur bо‘lgan ma’lumotlari (masalan, shartnoma ijrochisining nomi, nomeri, shartnoma shakli, summasi va boshqalar); mijozni axborotni taqdim etilishini hohlaydigan tarkibiy tuzilishi (masalan, yillar bо‘yicha bо‘lingan holda, idoralar bо‘yicha, ijro etuvchi nomi bо‘yicha, murakkablashgan variantlarda). 8.1.3 Elektron savdolar Federal xaridni amalga oshirishda elektron savdolarni tatbiq etishdan kо‘zlangan maqsad – bu, faqatgina buyurtmachilarning potensial pudratchilar bilan bо‘ladigan takroriy jarayonlarini avtomatlash-tirishgina emas, balki xarid jarayonlarini amalga oshirish xarajatlarini pasaytirish va ushbu operatsiyalarni amalga oshirish muddatlarini keskin qisqartirishdan iborat. AQShda federal xaridni elektron savdolar orqali amalga oshirish miqyosi, tijorat tuzilmalari о‘rtasida amalga oshiriladigan bunday savdolar hajmiga nisbatan ancha past darajada. Elektron savdolar, asosan, qiymati 100 ming dollargacha bо‘lgan shartnomalar uchun soddalashtirilgan jarayonlarda qо‘llaniladi. AQShda davlat xaridini qattiq tartibga solib turilishi va ayrim hollarda faqatgina qog‘ozli savdolargina xarid shartlariga mos kelishi bilan izohlanadi. Elektron savdolarni qо‘llash uchun zaruriy sharoitlar bо‘lib: internet-texnologiyalardan foydalanishning rivojlangan huquqiy bazasi; aloqa vositalari; axborot himoyasi, kompyuter tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlovchi asosiy standartlarning mavjudligi hisoblanadi. Axborot-resurslari davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar xarid jarayonining ochiqligini; xarid jarayonida tenglik; imzolangan shartnomalar haqida ma’lumot olish mumkinligi kabi yuqorida qayd etilgan tamoyillarning amal qilishini ta’minlaydi. Qonunchilikka muvofiq, ushbu resurslardan ma’lumotlarni olish imkoniyati, ularni hukumatning yagona axborot portalida nashr etish orqali amalga oshiriladi. Shartnomalarning federal rо‘yxati ham elektron shaklda internetda joylashtirilgan. AQSH federal xaridi Markazlashgan axborot tizimining asosiy yutuqlari: Kongressga, Prezident devoniga, federal idoralar va xususiy sektor vakillariga davlat xaridi bо‘yicha shartnomalar sohasidagi holat haqida juda tez va aniq ma’lumot olish imkoniyatini beradi; turli qiziquvchi tomonlarga federal xarid haqida: yillar bо‘yicha, idoralar bо‘yicha, shartnomalar bо‘yicha va boshqa ma’lumotlar olishga imkon beradi; Shuning bilan birga, bu tizimning quyidagi kamchiliklarini kuzatish mumkin: ayrim olingan federal idoralar bо‘yicha ma’lumotlarning tо‘liq taqdim eta olinmasligi; ushbu ma’lumotlardan hukumat idoralari tomonidan ham yoki aholi tomonidan unchalik ham faol tarzda foydalanilmasligi; tizim bо‘g‘inlari о‘rtasida axborotlarning yetarli darajada mos kelmasligi va boshqalardan iborat. YEVROPA ITTIFOQINING DAVLAT XARID TIZIMI Download 46.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling