8-mavzu davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi


Download 46.41 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi46.41 Kb.
#1574572
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu DAVLAT XARID TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI

8.2.3 Xaridni amalga oshirish jarayoni
Davlat xaridini tashkil etishda ishlatiladigan xaridning ochiq va yopiq bir va ikki bosqichli tanlovlari, xaridning yagona manbasidan baholarni sо‘rash usulidan tashqari, ba’zi mamlakatlarda keng qо‘llaniladigan taklif sо‘rovnomasi va raqobatli muzokaralar usullari ham mavjud. Taklif sо‘rovnomalari eng kamida uchta mol yetkazib beruvchiga jо‘natiladi. Buyurtmachi (sotib oluvchi tashkilot) takliflarni baholash mezonlarini, uning nisbiy mohiyati va baholashda qanday qо‘llanilishini belgilaydi. Ushbu mezonlar mol yetkazib beruvchining boshqaruv va texnik talablarga javob berishi bо‘yicha, taqdim etilgan taklif orqali kо‘zlangan maqsadni amalga oshirish mumkinligi nuqtai nazaridan, shuningdek, taklif etilayotgan baho, ekspluatatsiya, xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash xarajatlarini inobatga olgan holda tuziladi. Bunday hollarda sо‘rovnoma yuborish, muzokoralar olib borish yoki buyurtmachi, taqdim etilgan taklifni qayta kо‘rib chiqishga ruxsat berishi mumkin. Muzokoralar sir saqlanish sharti bilan olib boriladi va unda ishtirok etish imkoniyati, takliflari rad etilmagan barcha talabgorlarga beriladi. Shundan sо‘ng buyurtmachi mol yetkazib beruvchilar oxirgi takliflarini taqdim etishi lozim bо‘lgan muddatni belgilaydi va taqdim etilgan eng yaxshi taklif qabul qilinadi.

YEIning ayrim mamlakatlarida davlat xaridini tashkil etishda milliy mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 5-10 % miqdorida imtiyozlar taqdim etiladi. Ayrim hollarda bunday imtiyozlar ancha yuqori ham bо‘lishi mumkin, masalan, Vengriyada bu kо‘rsatkich ma’lum vaqt oralig‘ida 20 %ni tashkil etgan


Ayrim mamlakatlarda davlat buyurtmasining ma’lum qismi, alohida olingan mol yetkazib beruvchilar, xususan, kichik biznes vakillari uchun saqlab qolinadi. Hattoki bu maqsadlarni amalga oshirish uchun yirik buyurtmalar, atayin mayda bо‘laklarga bо‘lib joylashtirilishi ham mumkin.
Davlat xaridi uchun xorijiy mol yetkazib beruvchilar uchun о‘rnatilgan maxsus taqiqlar bilan birga, ancha kо‘zga kо‘rinmaydigan turdagi taqiqlar – bojxona poshlinalari va notarif cheklovlar (standartlar, guvohnomalar, litsenziyalar va boshqalar), ayrim hollarda tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri taqiqlar о‘rnatiladi. Bu amaliyot - xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, XSTning faoliyati natijasida sekin-asta kamaymoqda, ammo undan tez orada butkul voz kechishning iloji yо‘q.

Download 46.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling