8-mavzu. Diversifikatsiyani korporativ strategiyalari
-rasm. Biznes hajmining daromadlarga va pul oqimlariga ta‟siri
Download 154.01 Kb.
|
Strategik menejment 8-mavzu
8.2-rasm. Biznes hajmining daromadlarga va pul oqimlariga ta‟siriBiznes kichik yoki katta bo`lganda bozorga kirish xhajmi, daromad va pul oqimlari urtasidagi mutanosibliklarni quyidagi grafik orqali ifodalash mumkin. Biznes kichik bo`lganda zararlar ham kichik bo„ladi, biroq uzoq muddatli istiqbolda katta hajmlar qaytish tezligining katta bo`lishiga sabab bo„ladi. Ba‟zi hollarda kompaniyalar sotib olish strategiyasining ichki yangi tadbirkorligini afzal kuradilar, biroq ular yangi investitsiyalar zarurligidan, yangi xatarlardan xavfsiraydilar (masalan, «rivojlanayotgan g„olib»larning tug„ilish va o`sish bosqichlarida). Bu ularning hamkorlikda tadbirkorlik qilishlariga olib keladi va yangi loyihalarning investitsiyalari va xavfini sug„urtalashga imkon beradi. Ammo ushbu kirish usulining quyidagi kamchiliklari borligini ham aytib utish kerak: investitsiyalarni va xatarlarni sug„urtalashdan tashqari, yangi ishning yetarlicha daromadli bo`lishi ham kafolatlanishini talab qiladi; bunday hamkorlikka kirishayotgan kompaniyalar «nou-xau»dagi ustunlikni qo„ldan boy berib qo„yishlari ham mumkin; hamkorlar, ayniqsa, biznes falsafalari, rejalashtirish istiqbollari, investitsiyaning ustivor yo„nalishlari turlicha bo`lganda bir-birini nazorat qilishlari lozim, aks holda ziddiyatlar vujudga keladi. Odatda, kompaniyada «yutqazuvchilar» yoki «suroq belgilari» kup bulsa, ba‟zida esa «rivojlanayotgan g„oliblar» kup bo`lganda ham ketish talab qilinadi. Kompaniya bu holda uch xil strategiyaga ega bo„ladi: «echintirish»; «hosilni yig„ib olish»; «tugatish». «Echintirish» biznesni boshqa kompaniyaga sotishni yoki kompaniyaning ichkaridan turib boshqarilishini uz ichiga oladi. «Rivojlanayotgan g„oliblar» yoki ba‟zi hollarda «suroq belgilari» oson sotiladi, «yutqazuvchilar»ni sotish esa juda qiyin kechadi. «Hosilni yig„ib olish» kompaniya ushbu tarmoqdan chiqayotganda pul oqimlarini oqillashtirish uchun sarmoyalarni qaytarib olishni nazarda tutadi. Ichki pul oqimlarini ko„paytirish uchun firma boshqaruvi yangi sarmoyalarni bartaraf qiladi yoki cheklaydi, foydalanish xarajatlarini cheklaydi. ITTKI xarajatlarini pasaytiradi. O„tgan omadli davrlar foydasini sarflaydi. Buning samarasi 14-rasmda keltirilgan. Pul oqimlari 0 Download 154.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling