8-mavzu. Diversifikatsiyani korporativ strategiyalari


Bozorga kirish va chiqish strategiyasi


Download 154.01 Kb.
bet8/11
Sana19.03.2023
Hajmi154.01 Kb.
#1284527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Strategik menejment 8-mavzu

Bozorga kirish va chiqish strategiyasi


Biznesning yangi sohasiga kirishning quyidagi asosiy strategiyalarini ko„rib chiqish mumkin:

  • harid qilish;

  • yangi ichki korxona;

  • hamkorlikdagi tadbirkorlik.

Harid qilishda rivojlangan, yaxshi jixozlangan va kerakli xodimlarga eag bo`lgan kompaniyani harid qilish mumkin. YAngi ichki korxona biror narsaning (binolar, asbob-uskunalar, xodimlar, taqsimot kanallarining) yuqligidan yoki boshqacha qilib aytganda «bir varaq toza qog„ozdan» boshlanadi. Biror strategiyani tanlash bir qator omillarga bog„liqdir:

  • kirish tusiqlari (ular mahsulotlarning differensiatsiya darajasiga, qiymat ustunliklariga va ishlab chiqarish kulamidan tejash imkoniyatlariga bog„liq bo„ladi; ular qanchalik katta bulsa, harid shunchalik foydali bo„ladi);

  • yangi biznesning kompaniyadagi mavjud bizneslar bilan bog„liqlik darajasiga (ular qanchalik katta bulsa, kirish tusiqlari shunchalik past bo„ladi);

  • kapital qo„yilmalarning uzini oqlash tezligiga (shunda harid yanada foydaliroq bo`lishi mumkin).

  • kirishning muayyan modeliga xos xatarga;

  • tarmoqning xayot sikli bilan bog„liq omillarga.

Umuman olganda, yangi ichki korxona quyidagi sharoitlarda eng maqbul bo`lishi mumkin:

  • tarmoq tug„ilish yoki o`sish bosqichlarida bulsa;

  • kirish tusiqlari past bo`lganda;

  • yangi urta korxonalarning mavjud biznesi bilan yaqindan bog„liq bo`lganda;

  • kompaniya investitsiyalarni qaytarish va xatarlar bilan bog„liq tashvishlarga rozi bulsa.

Harid quyidagi hollarda maqbul bo„ladi:

  • yetuklik bosqichidagi tarmoqda;

  • kirish tusiqlari yuqori bo`lganda;

  • yangi biznes mavjud urta korxonalarga bog„liq bo`lmaganda (kompaniya bog„liq bo`lmagan diversifikatsiya strategiyasiga rioya qilganda);

  • kompaniyada investitsiyalarni qaytarish va yangi tadbirkorlik xatari haqida

ortiqcha tashvishlanishni istamaganda.
Portfel tahliliga oid atamalarda portfeliga «suroq belgilari» kuproq kerak bo`lgan kompaniyalar uchun yangi ichki korxona juda mos keladi. Kompaniyaga
«rivojlangan g„oliblar» yoki «daromad ishlab chiqaruvchilar» kerak bo`lganda ham haridlar maqsadga muvofiqdir (8.2-jadval).

Download 154.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling