8-mavzu. Diversifikatsiyani korporativ strategiyalari


Download 154.01 Kb.
bet1/11
Sana19.03.2023
Hajmi154.01 Kb.
#1284527
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Strategik menejment 8-mavzu

8-mavzu. DIVERSIFIKATSIYANI KORPORATIV STRATEGIYALARI

Reja:


  1. Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash.
  2. Matritsali tahlil yordamida diversiyalangan portfelni baholash.


  3. Urta korxonalar evolyusiyasining matritsasi.
  4. Diversiyalangan firmaning strategiyasini aniqlash.


  5. Korporativ strategiyani ishlab chiqish.
  6. Bozorga kirish va chiqish strategiyasi.





    1. Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash

Diversiyalangan kompaniyaning strategik tahlili tashkilotning mavjud strategiyasini va uning ishbop faolligini baholashdan boshlanadi. Diversiyalangan kompaniyaning korporativ strategiyasi istiqbollari to`g`risida quyidagi ma‟lumotlar asosida xulosa chiqarish mumkin:
Firmaning diversiyalanganlik darajasi qanday?
Firma portfeli bog`langan yoki bog`lanmagan diversiyalash asosida shakllantirilganmi yoki bu ikki turni uygunlashtirish asosidami?
Kompaniya operatsiyalarni asosan mamlakat ichida olib boradimi yoki ular ko`pmillatli yoki global xarakterga egami?
Asosiy xo`jalik birliklarini rivojlantirish yoki mavjud pozitsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan choralar qanday xarakterga ega?
Portfelni kengaytirishga va yangi tarmoqlarni egallashga doir qadamlar qo`yilmoqdami?
Zararga ishlayotgan yoki jozibasiz xo`jalik birliklaridan qutilish uchun harakatlar qilinmoqdami?
Korporativ boshqaruv strategik uzaro bogliklardan manfaat olishga qaratilgan qanday harakatlarni amalga oshirmokda va raqobat ustunligini vujudga keltirish uchun diversiyalashdan qanday foydalanilmokda?
Har bir xo`jalik birliklariga kuyilgan kapital mablag`lar qanday nisbatga ega?
Joriy korporativ strategiyani belgilash uni ob‟ektiv tahlil qilish va keyinchalik unga aniqliklar kiritish, hamda rahbariyat fikriga makbul bo`lgan uzgartirishlar kiritish uchun asos yaratadi.



    1. Download 154.01 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling