8-mavzu. Diversifikatsiyani korporativ strategiyalari
O„rta korxonalar evolyusiyasining matritsasi
Download 154.01 Kb.
|
Strategik menejment 8-mavzu
O„rta korxonalar evolyusiyasining matritsasiBunday matritsaning ustunligi firma urta korxonalarining xayot siklining turli bosqichlari buylab taqsimlanishidir. Masalan, yuqori saloxiyatli «suroq belgisi» shaklidagi urta korxonalar va «rivojlanayotgan g„oliblar»ni kelgusida «ustivor g„oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchi»larga aylanishi uchun qo„llab-quvvatlash lozim. Potensial «yutqazayotgan» urta korxonalarni imkon qadar tezroq «echintirish» kerak. Yetuklik va pasayish bosqichlaridagi urta korxonalardagi biznesni shunday boshqarish kerakki, ularning raqobat kuchidan foydalanish imkoniyati yaratilishi lozim. Ushbu urta korxonalarning har qanday ortiqcha pul mablag„lari «rivojlanayotgan g„oliblar»ni va o`sishning sekinlashish bosqichini boshidan kechirayotgan urta korxonalarni qo„llab-quvvatlash uchun ishlatilishi lozim. Ushbu matritsa ham, Mak Kinsey matritsasi kabi, menejerlarga urta korxonalar portfelining muvozanatlashganlik darajasini baholashga imkon beradi. Muvozanatlashgan portfelda «ustivor g„oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchilar», bir nechta «rivojlanayotgan g„oliblar» va yuqori potensialli «suroq belgilari» bo`lishi lozim. Ayni paytda ushbu matritsa urta korxonalar portfelining dinamikasini baholashga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, ushbu matritsa Mak Kinsey matritsasiga qo„shimchadir, chunki u kupgina muhim omillarni aks ettirmaydi. Bunday texnologiyaning ustunliklari quyidagilardan iborat: menejerlar uchun diversifikatsiya oqibatlarini tahlil qilish imkoniyati; alohida urta korxonalar urtasidagi kerakli pul oqimlarining aks ettirilishi, firmaning oliy rahbariyati uchun resurslarni tug„ri taqsimlash imkoniyati; urta korxonalar portfelining muvozanat konsepsiyasi urta korxonalarning hozirgi strukturasini aniqlashga va uzoq muddatli daromadlarni optimallashtirishga imkon beradi (muvozanatlashgan portfel - kompaniyaning kuchli jihati bo`lib, muvozanatlashmagan portfel esa uning zaifligi hisoblanadi). Ammo urta korxonalar taxhlilining matritsa texnologiyasi ma‟lum bir «qopqon»larga olib kelishi mumkin: urta korxonalar sonining kupligi firma rahbariyati uchun axborotning g„oyatda kupligi tufayli turli muammolarni vujudga keltirishi mumkin (amalda bu urta korxonalar soni 40-50 taga yaqin bo`lganda yuz beradi); urta korxonalar va butun kompaniyaning moliyaviy ustunliklari urtasida ziddiyatlar vujudga kelishi mumkin; matritsa texnologiyasidan soddalashtirilgan holda foydalanish vertikal integratsiyadan yoki bog„liq diversifikatsiyadan foydalanadigan kompaniyalar uchun muammolar vujudga kelishi mumkin (urta korxonalar urtasidagi muhim strategik munosabatlarni ham hisobga olish lozim). Download 154.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling