Vertikal og‘ish kanali ekranda tasvirlangan axborotga har xil ishlov berish vazifasini bajaradi.
Gorizontal kanal nurni ekran bo‘ylab bir tekis siljishini ta’minlaydi.
5. Mikroprotsessor bilan boshqariladigan o‘ziyozar asboblar
O‘YoA ning istiqbollari mikroprotsessorlardan foydalanish bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda mikroprotsessorlar elektron nurli ossillograflarning texnik imkoniyatlarini kengaytirishda qo‘llanib kelinyapti. Ossillograflarning ba’zi konstruksiyalari mikroprotsessorlar o‘lchash jarayonini boshqarish uchun qo‘llanilgan bo‘lsa, boshqalaridan o‘lchash va natijalarga avvaldan belgilangan dastur bo‘yicha ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Mikroprotsessorlar asosida raqamli xotiraga ega bo‘lgan ossillograflar yaratilgan.
Mikroprotsessorli elektron nurli ossillograflarning barcha operatsiyalari dasturlangan mikroprotsessor sistemasidan boshqarilib turiladi, shuning uchun ulardan raqamli xotiraga ega bo‘lgan asbob sifatida foydalanish mumkin. Bir necha jarayonlarni tadqiq etish uchun ko‘p nurli ossillograflar ishlatiladi. Ossillografda turli qiymatdagi kuchlanish va vaqt intervallarini o‘lchash uchun vertikal yoki gorizontal yoyish koeffitsiyentlari qayta ulagichlar yordamida tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |