8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1


Download 80.28 Kb.
bet20/24
Sana06.11.2023
Hajmi80.28 Kb.
#1750278
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
8-mavzu

Mehnat estetikasi. Mehnat ­– insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsad faoliyati. U kundalik ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson ayni paytda ham aqliy ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og`ir majburiyatga aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo’qoladi. Shu sababli mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo’lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Zotan o’ziga yoqqan, erkin mehnat turini bajarayotgan kishilarning “Bu ishni men o’ynab qilib qo’yaman” qabilidagi gaplari, erkin mehnatni o’yinga qiyoslashlari bejiz emas. O’yin – san’atning asosi ekanini nazarda tutsak, bu bilan o’z kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod darajasiga ko’tarishga harakat qiladi. Zotan sevmoq – erkinlik, ijod esa erkinlik mevasi. Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo’lib kelgan. Og`ir mehnatni engillashtirish, erkinlashtirish maqsadida inson qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga halq og`zaki ijodidagi mehnat turlariga bag`ishlangan qo’shiqlar yaxshi misoldir. Ular mehnat jarayonining qiziqarli, “ichdan” bo’lmasa ham, unga “tashdan” go’zallik, musiqiylik, badiiylik ko’rishiga xizmat qilgan.
Hozirgi paytda mehnat jarayonining ham “ichdan”, ham “tashdan” go’zal bo’lishini ta’minlashni uyg`un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.
Mehnat estetikasida dizaynga bo’lgan talab ko’pyqlamalik tabiatiga ega. Unda faqat texnikaviy go’zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon go’zalligi ham dizayn qonun-qoidalariga bo’ysunishi: inson – texnika – makon tizimining estetiklashishi ro’y beradi.
Mehnat bilan nafosatning o’zaro aloqasi to’g`risida ukrainalik estetik olim D.Yu. Kucheryuk diqqatga sazovar fikrlar bildiradi: “Mehnatning mazmuni aynan o’zini qadriyat sifatida namoyon qilishi bilan belgilanadi, – deb yozadi u. – Nafosat ham mehnatning mazmuniy jihatiga aloqador”. Bunga misol tariqasida u inson o’z ruhiy-fiziologik quvvatining mehnat jarayonini boshqarish mahoratiga egaligidan ruhlanishini va butun vujudi bilan estetik quvonchni his etishini ta’kidlab o’tadi. Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy ko’tarinkiligi mehnat bilan estetikaning uyg`unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat jarayonini jonlantiradigan hodisaga, uni go’zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun inson – texnika – makon tizimida dastgohlardan tortib, devoru imoratlargacha, gultuvakdan tortib, darpardalargacha dizaynerning ijodiy yondashuvi lozim bo’ladi; bunda ranglar nafosati ham alohida rol o’ynaydi.
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko’pincha faqat jismoniy-moddiy mehnat jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan uni zo’r berib tadqiq etishga urinamiz. Vaholanki, ma’naviy-aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy e’tiborga, estetik tahlilga loyiq. Masalan, teatr san’atidagi mehnatni olib ko’raylik. Ulug` rejissyorimiz Mannon Uyg`ur yangi spektaklni tayyorlashda “o’zi ham tinmagan, boshqalarni ham tindirmagan”. Repetistiya paytida tushlikka chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so’ng tunlari tahlil bilan shug`ullangan, teatr san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog`ozga tushirgan. Buyuk franstuz yozuvchisi Balzakninng esa kuniga 14-16 soatlab ishlagani hammaga ma’lum. Mehnat tufayligina san’atkor o’z iste’dodini namoyon qila oladi, ayni paytda ana shu “o’zini qiynash”dan u butun borlig`i bilan quvonch hissini tuyadi. Badiiy ijod estetik faoliyat sifatida san’atkor uchun doimo “shirin azob”, “go’zal a’mol” – estetik zavq manbai.
Fanda ham mehnatning o’rni, u olimga beradigan estetik zavq, quvonch san’atdagidan kam emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki unda bilimga bo’lgan ishtiyoqni, ijod hissini va insonning hayratlanish qobiliyatini namoyon qiluvchi botiniy kuch mavjud. To’g`ri, bir paytlar fan hissiyotga berilmasdan, sovuqqon va holisona haqiqatni bilishga asoslanadi, degan fikr hukmron edi, buni sababi qilib uning majoziy tafakkurdan yiroqligi ko’rsatilardi. Hozirgi paytda uning aksi isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylangan. Zotan fan tarixi unda ikki sifatni – axloqiy-shaxsiy va estetik ibtidoning mavjudligini ta’kidlab turadi. Buni V.A. Engelgart shunday ifodalaydi: “Ijod... – san’atning mohiyati. U xuddi shu darajada fanning ham mohiyatidir. Har ikki holatda insonning yaratish, ya’ni, o’zligini namoyon qilish qobiliyati muhim. Ilmiy kashfiyot, huddi san’at kabi, ijodkorning muayyan xususiyatlarini o’zida saqlab qoladi va keyingi hayoti davomida butun insoniyat boyligiga aylanadi”. Zotan ijodiy mehnatni o’z hayotining ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy olimdir.
Hozirgi kunda san’atkor va olimning ijodiy mehnati faqat ichki, hissiyotlar bilan aloqador shaklda emas, balki tashqi – texnika nuqtai nazaridan ham estetiklashgan. Chunonchi, bugungi yozuchi o’z mehnat jarayonini kompyutersiz, diktofonsiz tasavvur qilolmaydi, rassomlar, qo’shiqchilar va boshqalar kompyutpr texnologiyasidan foydalanadilar, elektron cholg`u asboblari ham ma’lum ma’noda texnikaning estetiklashuvidan dalolat beradi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin, barcha hodisalarda dizayner tomonidan mukammallashtirilgan go’zallik ijodkorning ma’naviy-ruhiy ko’makchisiga aylanishini ko’rish mumkin.
Mehnat estetikasi texnika estetikasi kabi atrof-muhitni go’zallashtirish tizimi bilan bog`liq. Korxona hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallarning uyg`unligi ichkaridagi binolar peshtoqlari va devorlarida aks etgan ko’rgazmali amaliy san’at namunalari, binolar ichining yuksak did bilan bezatilishi – hammasi inson mehnatini go’zallashtirishga, mehnat jarayonining estetik zavq bilan amalga oshuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shunday qilib, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab chiqarishi bilan chegaralanmaydi, dizayndan keng foydalangan holda o’zini atrof-muhitni go’zallashtirish tizmidagi asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi.



Download 80.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling