8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1
Ijtimoiy hayotda ulug‘vorlik
Download 80.28 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- San’atda ulug‘vorlik.
- Ulug‘vorlik J.Rumiyning quyidagi fikrlarni ham yaqqol o‘z aksini topdi
Ijtimoiy hayotda ulug‘vorlik qahramonlik va mardlik bilan qorishib ketadi. qahramonlikda ulug‘likka xos estetik va axloqiy sifat to‘la namoyon bo‘ladi. Xalq fidoiylari, elu-yurt jonkuyar-larining qiyofalari bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni ham mardonalikni namoyon qiladi.
Alisher Navoiy ta’biricha, qahramonlik, ulug‘lik, halol mehnatda, yaxshi axloqiy aqidalarga doimiy tarzda amal qilishda o‘z ifodasini topadi. San’atda ulug‘vorlik. San’atning turli shakllarida ulug‘lik xilma-xil tasvirlanadi,-qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik fojiasi, qahramonlik musiqa asarlari, me’morchilik kabi san’at mujdalari ulug‘lik mavzuini badiiy o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladi. Me’morchilikda Misr piramidalari, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi me’morchilik obidalari, yunonlarning Parfenoni, Rimliklarning Koleziyi, O‘rta asr gotik bosh cherkovlari, Rus cherkovlari me’morchiligining eng yaxshi namunalari. Rastrelli kabi me’morlar yaratgan go‘zal binolar o‘zlarining salobati, ulug‘vorligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Me’morchilikda ayrim obidalar: Bobil minorasi, Minorai Kalon, Misr piramidalari o‘zlarining keng ko‘lami – miqiyoslari bilan kishini hayron qoldirsalar, boshqalari o‘zlarining o‘ta nafisligi, nozik ifodasi, hamohangligi, atrof-muhiti bilan uzviy qo‘shilib ketganligi katta ahamiyat kasb etadi. Amir Temur dahmasi, Shohi Zinda, Ichan qal’a, Registon maydoni Mir Arab madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor minor, me’morchilik asarlari nafis san’at mujdalari sifatida ulug‘vorlik tuyg‘usini mavjlantiradi. San’atda ulug‘vorlik ko‘pincha fojialilik bilan yonma-yon namoyon bo‘ladi. Navoiy – Shekspir asarlari. Layli – Majnun, Rameo – Juletta, Suqrotning o‘limi bilan fojialik aks etgan asarlardir. Ulug‘vorlik J.Rumiyning quyidagi fikrlarni ham yaqqol o‘z aksini topdi: «Men taxtdan tobutga sakraydigan sultonlardin emasman, mening manglayimga badiyat muhri barqaror». Men o‘lgan kun damo-dam chekmangiz g‘am, Uni hijron kuni deb o‘ylamang ham. Bu hijronmas sira, asli visoldir, Visolda g‘am chekish xufri – uvoldir. quyosh botsa, tag‘in bo‘lg‘usi paydo, To‘kilsa erga don – bo‘lg‘ay huvaydo! Agar o‘lsam, meni aslo qaro tuproqdan axtarmang, Yasharmen ahli orif ko‘nglini mangu makon aylab Qoshimda lim to‘la bir kosa ayron, Jahon sharbatlari menga ne darkor. Agarchi ochmenu zahmat chekarmen, Alishmam hurligim qullikka zinhor... Ayo siz, jon chekib, har lahza izlarsiz ilohiyni, Ani izlashga hojat yo‘q, ilohiy – siz, ilohiy – siz! Inson murakkab kamolot yo‘lini bosib o‘tib, xudoga o‘xshaydi. «Ozod o‘ldirki birov ranjida qilg‘ondin ranjida bo‘lmag‘ay va javonmard uldirki, ranjida qilmagay» Download 80.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling