8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1
“Estetika” kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati
Download 80.28 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Estetika his-tuyg‘u
- Estetik qarashlar
- Gegel ta’biricha
- Go‘zallik
2. “Estetika” kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati.
Go‘zallik – estetikaning asosiy kategoriyasidir. Go‘zallik - nafosat olamining mag‘zi, asosiy belgisi, bosh xossasi, asosiy mohiyatini tashkil etadi. Shu bois estetikani go‘zallik haqidagi fan, go‘zallik falsafasi ham deb ataydilar. Estetika his-tuyg‘u, eng avvalo go‘zallikni his etish jarayonini anglatadi. estetik orzu esa go‘zallikni inson xohlagan u yoki bu tasavvurlar tarzida ifodalaydi. Estetik did bo‘lsa, ko‘p jihatdan shaxs va jamiyat nimani go‘zallik sifatida, nimani xuniklik sifatida idrok etishida namoyon bo‘ladi. Estetik qarashlar – go‘zallikning tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarni anglatadi. Go‘zal, ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otadigan narsani ko‘rsatish ancha oson. Lekin o‘sha narsa nima uchun go‘zal ekanini tushuntirib berish qiyin. Aflotun fikricha: go‘zallik vujudga kelmaydi va barbod bo‘lmaydi, balki u vaqt va makon tashqarisida amal qiladi. Go‘zallik tuyg‘usidan yuqoriroq tabiatga molik bo‘lgani uchun his tuyg‘u vositasida anglash mumkin bo‘ladi. Gegel ta’biricha: Mutloq ruh-g‘oya go‘zallikning namoyon bo‘lishidir. His-tuyg‘u qobig‘iga ega bo‘lgan mutloq ruh- g‘oya, ya’ni porlab turgan narsagina go‘zaldir. San’at go‘zallikning asl makonidir. Gegel simmetriya tushunchasiga katta e’tibor beradi. Uningcha simmetriya qoidasiga binoan, shunday narsa go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgilar to‘la tarzda namoyon bo‘lsa; shunday daraxt go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgi (olma, anjir, anor)lari to‘la va bevosita ko‘rinsa. Shunday inson go‘zalki, agar unda yaxshi insoniy fazilatlar va sifatlar mujassamlashgan tarzda ifodalansa. Arastu: go‘zallikni moddiy olamning moslik, aniqlik, hamohanglik, mezon-o‘lchovlik kabi miqdorli va makonli tavsiflari bilan bog‘lab mushohada qiladi.. «Garmoniya» asosida go‘zallik zaminida inson va narsaning bir-biriga muvofiqligi, loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi... «o‘ta kichik narsa go‘zal bo‘la olmas edi, chunki, juda oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib ketadi. Go‘zallik – bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-tuyg‘u orqali ta’sir o‘tkazish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik zavqlanish, ma’naviy qoniqish vujudga kelishga imkon yaratayotgan jarayondir. Go‘zallik ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u alohida turdagi foyda – u avvalo, insonga, jamiyatga, tarao‘o‘iyotga ma’naviy foyda keltiradi. Go‘zallik inson erkinligining ramzidir. Download 80.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling