8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1
Download 80.28 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy ishlab chiqarish, ilmiy ijod va estetik faoliyat.
Dizaynning estetik mohiyati.
Dizayn- bu ishlab chiqarishda rassomlar, ”dizaynerlar” tomonidan bo‘lajak buyum loyihasining yaratilishini ham o‘z ichiga oladigan estetik faoliyatning turi, hamda ijod natijasi. estetik sifatga ega bo‘lgan tayyor sanoat buyumi. Predmetlar tartibsizligiga barham berish va predmetlar olamini tartibga keltirish texnika estetikasi va dizayn nazariya va amaliyotining vazifasidir. Har qanday texnika shakliga dizayn tomonidan quyiladigan asosiy talab- bu foydalilik, qulaylik va go‘zallikdir. Masalan: dastlabki avtomobil shakl jihatidan oddiy bo‘lib, qadimgi ekipajni eslatgan. Uning havo qarshiligiga kamroq uchraydigan, o‘qlarining past tushishi kabi sifatlari bilib olingandan so‘ng, bizni bugungi kunda zavqlantiradigan va ko‘zimizni quvontiradigan o‘sha dinamik shakli yaratilgan. Hozirgi zamon avtomobilining go‘zalligini uning amaliy vazifasidan ajratib bo‘lmaydi.Yaqin kelajak texnikasi yana mukammalroq va go‘zalroq mashinalar yaratadi. Buning guvohi qudratli kemalar va laboratoriyalarda ranglar tanlab, operatorlik posti signalizatsiyasini soddalashtirib, dizayner unga yangi, go‘zal qiyofa beradi. Dizayn bilan avtomobil, samolyot, teploxod, tsex, zavodning ichki salonini jihozlash mumkin. Moddiy ishlab chiqarish, ilmiy ijod va estetik faoliyat. Moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida estetik faoliyat mavjud. U mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaradorligini ham qamrab oladi. Mehnat insonni jismoniy va ma’naviy kuch-qudratini, mohiyatini ko‘proq ifodalasada, uning estetik ahamiyati shunchalik ko‘proq ortib boradi. Zo‘ravonlik, kuch, majburlash asosida mehnat insonni nafosatdan uzoqlashtiradi. Mehnatning estetik jihatidan to‘laqonli bo‘lishi, birinchi navbatda ob’ektiv omillarda, qolaversa ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining umumiy va estetik madaniyati darajasiga bog‘liqdir. Ishlab chiqarish muhitining estetik jihatlarini vujudga keltirish, unga «Ma’naviy qadriyat» maqomini berish dizayn (sanoat estetikasi) ga oid rasm, chizmalar, modellar, bezaklar vositasida ham amalga oshiriladi. Dizayn- badiiy texnik faoliyat turini yaratishdir. Inson badiiy texnik faoliyatining xususiyati va qonuniyatlarini ochib berish texnika estetikasi bo‘lmish dizaynning vazifasidir. Har bir texnika o‘zining estetik jihatidan go‘zalligi bilan kishilarda ko‘tarinki kayfiyatni vujudga keltiradi. Ayni paytda texnika estetikasi ham mavjud bo‘lib, u asosan san’atning o‘zaro ishlab chiqarish jarayoniga ishtirokida, ya’ni ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlar, texnikaning estetik jihozlanishi va estetik qiymati kabi muammolar tahlili bilan estetik faoliyatga amal qiladi. Sanoat estetikasida muxandislik, ilmiy va badiiy faoliyat birgalikda namoyon bo‘ladi. Sanoat estetikasi moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurishga, uni insonning manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat qiladi. Sanoat keng iste’mol mahsulotlaridan tortib, nodir dastgohlar va asboblarni loyihalash va yaratish ishida turli-tuman kasb egalari, muhandislar, boshqaruvchilar, ruhiyatshunoslar, jamiyatshunoslar qatnashadilar Bu erda dizaynchi-musavvirga estetik qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar va mehnat qurollarini yaratish burchi yuklangandir. Ishlab chiqarishda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni uyg‘unlashtirib turish dizaynchining eng muhim vazifasidir. Dizaynchi birinchi navbatda ishlab chiqarish sohasida imkon qadar iste’molchi manfaatlari tomonida turadi. Ikkinchidan u iste’molchi ehtiyojlarini faol shakllantirib va uyg‘unlashtirib boradi. Bu erda dizaynchining madaniyati, estetik didining tabiati va mazmuni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Download 80.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling