8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1


Download 80.28 Kb.
bet7/24
Sana06.11.2023
Hajmi80.28 Kb.
#1750278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
8-mavzu

Abu Nasr Forobiy: «Risolai Musiqa» asarini yozib tugallab, «Yo alhazar, ey Musiqa olami, yaxshiyamki, sen borsan, agar sen bo‘lmaganingda insonning ahvoli ne kechar edi» deb xitob qilgan ekanlar.
O‘rta Osiyo Musiqa san’ati eramizdan oldingi asrlardayoq xalqning turmush madaniyatidan munosib o‘rin olgan edi. Xalq sayillari, to‘y-tomoshalari, «Navro‘z» bayrami kuy-qo‘shiqsiz o‘tmas edi.
Maxmud qoshg‘ariyning «Devonu Lug‘atit-turk» kitobida keltirilgan qo‘shiqlar yurtimizda nafosatning juda keng tarqalganligidan dalolat beradi. Bu kitobda mehnat va marosim qo‘shiqlari qahramonlik qo‘shiqlari, ishqiy, axloqiy- ta’limiy she’rlar keng o‘rin olgan. Ularda mehnat jarayonlari maishiy hayot manzaralari, kishilarning jo‘shqin his-tuyg‘ulari umid orzulari ifodalangan. Mehnat qo‘shiqlarida bunyodkorlikka, mehnat mashaqqatlarini engishga, engillatishga, hordiq chiqarishga da’vat etilgan.
O‘rta Osiyo xalqlari musiqa merosida maqomlar katta o‘rin egallaydi. XV asrda Barbod Marvoziy «Shashmaqom» (dastlab 24 maqom, keyinchalik 12 maqom), Najmiddin Kavkabiy tomonidan- 6 maqom yaratildi.
Borbad Marvoziy Falahbadda tug‘ilgan bo‘lib, 12 maqomning asoschisidir. Borbad – bu ulug‘, bastakor va mug‘anniyning Xisrav II Parvez saroyida Musharraf bo‘lgan faxrli unvonidir. Bu haqida XIX asrning eng mashhur izohli lug‘ati – «g‘iyos-ul-lug‘at» muallifi Muhammad g‘iyosiddin yozadi.
Borbad kelajak avlod uchun g‘oyat katta, uslub va mazmun jihatidan beqiyos darajada chiroyli, boy va o‘lmas meros qoldirdi. U yaratgan 12 maqomda 12 oy tartibi maqomlarning har biri oyning 30 kuni hisobidan kelib chiqqan va 30 xil ohang beradi. Demak, u yilning 365 kuni uchun 365 xil ohang yaratgan. Iste’dodli shoir va ajoyib sozanda, Xisrav saroyini mashhur hofizi bo‘lgan.
Rivoyatlarga ko‘ra, Borbad Marvoziy Xisrav saroyiga Hofiz bo‘lishni juda orzu qilgan. Kunlardan bir kuni saroyda bazm bo‘layotgan paytda u daraxt ustiga chiqib, quyuq barglar orasiga yashirinib turgan. Xisrav sharob to‘ldirilgan qadahni birinchi bor ko‘targanda – «Alloh yaratdi» kuyini, ikkinchidan–«Parxor partavi» maqomini, uchinchidan–«Sabz andar sabz» kuyini chaladi. Bundan ta’sirlangan hukmdor. Borbad Marvoziy saroyga sozanda qilib tayinlaydi. Lekin Borbad Marvoziyning dushmanlari ko‘p edi. Shoh saroyi bazmlarida birida unga zahar solingan may ichirib, uni o‘ldiradilar. Aytishlariga ko‘ra u dushmani Sarkash yoki Robust tomonidan o‘ldirilgan.
Abu Abdulloh Rudakiy (IX-X asrlar) mashhur shoir va sozanda, ud va chang chalishda mohir, ko‘pgina xalq she’rlarini kuyga solgan, o‘zi ham mahorat bilan ijro etgan. Buxoro hukmdori Nasr II ibn Ahmad uni saroyga taklif qiladi. Davlatshoh Samarqandiyning–«Tazkirat ush-shuaro» (Shoirlar xotiranomasi) asarida yozilishicha, Amir Nasr ibn Ahmad Hirot shahriga etishgach uning jannatmakon iqlimidan bahra olib uzoq qolib ketadi. qancha eslatmasin u Buxoroga qaytishga rozi bo‘lmaydi. Shunda Rudakiy o‘zining «Buxoro qasidasi»ni yozadi. Unda poytaxt Buxoro, Amir atrofidagi bayonlar, yurt sog‘inchi to‘g‘risida fikrlar aytilgan edi.
Bir kuni Amir Buxoro ne’matlari va ob-havosi haqida so‘z ochganda Rudakiy Buxoro haqidagi o‘z qasidasini kuylaydi. Bu qasida amirning ko‘nglida muzlab yotgan Vatan mehrini uyg‘otib yuborgan. Aytishlariga ko‘ra Amir hatto etigini ham kiymay Buxoro sari ravona bo‘lgan.
Abu Nasr Forobiy. (872-950) «She’r va qofiyalar haqidagi so‘z». «Ritorika haqidagi kitob», «Lug‘at va hattotlik haqidagi kitob», «Musiqa haqidagi katta kitob», «Musiqa haqidagi so‘z», «Ritm turkumlari haqidagi so‘z» kabi asarlarida estetik qarashlarini bayon qilgan. «Baxt-saodatga erishuv haqidagi» risolada, «Inson go‘zallikni samarali idrok etishi uchun unda nozik tabiat va aqliy mukammallik zamini bo‘lishi kerak. Hissiy va aqliy qobiliyatiga ega bo‘lgan insongina dunyoning barcha sirlarini bila olishi mumkin deb ta’kidlaydi.
Forobiy: «Inson aql idroki tufayli haqiqiy insonga aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi. Inson bilimi orqali o‘zida go‘zallik va mukammallikni kashf etadi», deb yozadi. Forobiy: odamlarni ilm bilan, san’at bilan shug‘ullanishga da’vat etadi va shu tufayli go‘zal narsaga aylanadi.
Forobiy inson qobiliyatini 2 ga: tug‘ma va keyin erishilgan qobiliyatga bo‘ladi. Tug‘ma qobiliyatga: biologik, jismoniy, ba’zi ruhiy xususiyatlar kiradi. Uni kamol toptirish jarayoni esa inson o‘z hayoti davomida ilm, hunar o‘rganishi axloqiy qonun-qoidalarni egallashi va san’atni hayotiy tajribasi bilan boyitishi orqali sodir bo‘ladi. Bunday fazilat, jumladan estetik fazilatlar inson atrofini qurshagan muhit ta’sirida shakllanadi.
Forobiyning o‘zi mohir sozanda, bastakor yangi musiqa asboblarining ixtirochisi bo‘lgan. «Musiqa haqidagi katta kitob»ida u musiqa nazariyasi va tarixini bayon etib, Sharqda ma’lum va mashhur bo‘lgan rubob, tanbur, nog‘ora, ud, qonun, nay kabi asboblar haqida, ularda kuy ijro etish qoidalari haqida yozadi.
Forobiy musiqa ilmining nazariy va amaliy tarmoqlarini, kuylarning ichki tuzilishini, qonuniyatlarini hisobga olib, ularni ta’lif va ilmi iqoga ajratadi. Musiqa nazariyasida tovushlar vujudga kelishining tabiiy – ilmiy ta’rifini beradi, Kuylar ohangdorligining matematik tamoyillarini ochib beradi, turli jadvallar, geometrik qoidalar asosida ko‘plab murakkab chizmalar keltiradi, Sharq musiqasini, uning ritm-zarblari asoslarini dalillar bilan sharhlab beradi. «Baxt saodatga erishuv haqidagi» asarida, san’atning ulkan ta’sir kuchi haqida yozib, «San’at – insonda go‘zal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga ega», deb ta’kidlaydi.
Uningcha, yoshlarning axloqiy fazilati nizomlarini hamda ularning san’atni egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalash–tarbiyachilarning muqaddas vazifasidir. San’at o‘z mohiyatini yo‘qotgan odamlar hulqini tartibga keltiradi. Axloqsiz xulqni mukammal qiladi, muvozanat bilan odamlar xulqining muvozanatini saqlab turadi.
Forobiy musiqaning shifobaxsh kuchini uqtirib, «bu to‘g‘ridagi bilim tananing salomatligi uchun ham foydalidir» deydi. «She’r san’ati haqidagi» asarida yozilishicha, badiiy faoliyat o‘ziga xos tarzda voqelikka taklif qilishdir. Musavvirlik va she’riyat bir-biridan so‘z va bo‘yoq vositalarida foydalanishi bilan farqlanadi. Unda odamlar tasavvurlariga taqlid orqali ta’sir o‘tkazish maqsad qilib qo‘yiladi. Bu ta’sir kuch-tasavvur deyiladi va u tuyg‘u va aql-idrok oralig‘ida turadi.
Abu Rayxon Beruniy, «Yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya» asarlarida estetik fikrlarini bayon qilgan. Beruniy har qanday hayot qiyinchiliklariga qaramay, insonning buyukligiga, uning aqli va ulug‘vorligiga astoydil ishonadi. Nafosat haqidagi qarashlarida voqea-hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorlik manbai hamohanglik va uyg‘unlikdir deb ta’kidlaydi. Uningcha, nafosat go‘zallik tabiati va insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasidir. Uning nuqtai nazaricha, «hech nimaga muhtoj bo‘lmagan narsalarni etuk va mukammal deyish mumkin».

Download 80.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling