8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1
Download 80.28 Kb.
|
8-mavzu
Estetika va milliy istiqlol g‘oyasi. San’at estetik boyliklarni yaratish manbaidir. San’at mafkuraviy hodisa hisoblanib, u hech vaqt u yoki bu mafkura, u yoki bu qarashlar ifoda vositasi bo‘lib qololmaydi. San’at umuminsoniy manfaatlar va intilishlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda vositasidir. Har qanday mafkura umuminsoniy bo‘lsagina san’at mag‘zidan o‘rin oladi.
Mafkura kishilarning diniy, axloqiy, estetik qarashlari tizimida estetik orzuga aylansagina san’atda ro‘yobga chiqadi. Estetik orzuda estetika va mafkura qirralari yaqindan chirmashib ketgan bo‘ladi. Voqe’likni mohiyatiga kirib borish estetik orzuning tabiatiga, uning haqqoniyligiga bog‘liq. San’at mafkura ma’naviy hayotning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. San’at mafkuraviy omillar bilan qo‘yilib ketadi va o‘ziga xos mafkuraviy qiymatga aylanadi. San’at inson ruhining eng chuqur qatlamlariga kirib borib, ijtimoiy g‘oyalar «vositachi»si vazifasini o‘taydi. Mazkur g‘oyalarni tomoshabin, o‘quvchi, eshituvchi, faqat ko‘rish bilan emas, balki qahramon kechinmalariga tiriklik hissi orqali ham idrok etadilar. Ilg‘or taraqqiyparvar ruhdagi siyosiy g‘oyalar: barcha davrlarda ham ijodkor iste’dodiga samarali ta’sir ko‘rsatgan va san’atning ravnaqi uchun unumli zamin bo‘lib xizmat qilgan. Aksincha, qoloq va mustabid ruhdagi siyosiy qarashlar hatto eng ulug‘ ijodkorlar faoliyatlariga ham halokatli ta’sir o‘tkazib, ular iste’dodlarini kishanlab qo‘ygan. Masalan: A.Qodiriy, Oybek, A. Qahhor, Shuhrat va boshqalarning ijodi va hayoti asoslanadi. Din ko‘proq ilohiylikka suyanadi, san’at esa dunyoviylik ruhi bo‘lib sug‘orilgan. Lekin san’at asarlarida ilohiylik ramzlari bevosita dunyoviylikni aks ettiradi. Estetika falsafiy fanlar bilan bir qatorda pedagogika, ekologiya, adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, san’atshunoslik kabi fanlar bilan hamkorlik qilish jarayonida rivojlanib boradi. Masalan: estetika fani san’atdan bahramand bo‘luvchilar – tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun xam katta ahamiyat kasb etadi. Ular san’at haqida qancha ko‘p bilsalar san’atning mohiyati va burch – vazifalari haqida qanchalik chuqur va haqqoniy tasavvurga ega bo‘lsalar, ularda san’at bilan doimiy muloqotda bo‘lishga intilish kayfiyati shunchalik kuchli bo‘ladi. Estetika fani san’at haqida faqat bilim beribgina qolmay tomoshabin, kitobxon, tinglovchilarda badiiy ijodga nisbatan hurmat uyg‘otadi, badiiy ijod inson faoliyatining eng murakkab turi, eng ko‘p aqliy va jismoniy kuch talab qiladigan soha ekanligidan xabardor qiladi. Estetikaning shaxs va jamiyat hayotini ma’naviy boyitishdagi amaliy ahamiyati. estetika fani va o‘quv darsi – voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod jarayonlarinining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, estetika – bu nafosat olami, san’at va badiiy ijod jarayonlarini qonuniyatlarini, his-tuyg‘u, sezish, idrok qilish vositalari orqali o‘rganadigan fandir. Atrof–voqelikni go‘zallik mezoni bilan baholashni bo‘rttirib yuborish estetikani faqat «go‘zallik falsafasi» qolipiga zo‘rlab sig‘dirishga; - inson badiiy faoliyati sohasini esa faqat «san’at falsafasi» darajasiga tushirib yuborishga sabab bo‘ladi. Estetika fani hech vaqt faqat atrof-voqelikni estetik va badiiy idrok etish qonuniyatlarini o‘rganish bilan chegaralanib qolmay, u tadqiq va tahlil ishlarini istiqbol maqsad va manfaatlariga yo‘naltirib turadi. Chunki estetika voqelikni nafosat nuqtai nazaridan baholashda, badiiy mezon o‘lchovlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqib, amaliy faoliyatga tatbiq etadi. Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari uning ijtimoiy, ruhiy, mafkuraviy-g‘oyaviy, siyosiy–ma’naviy intilishlari ham tobora tiniqlashib boradi. Chunki estetik tafakkur: Birinchidan, insonning maqsad manfaatilarini estetik badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi.Ikkinchidan, estetik madaniyat va badiiy amaliyot asoslarini o‘rganish, tahlil qilish bilan boyitadi. Uchinchidan, estetik nazariyalarning falsafiy asoslarini ochib beradi. To‘rtinchidan, voqelikni estetik in’ikos etish jarayonlarini ko‘rsatib beradi. «Borliqni estetik o‘zlashtirish» quyidagilarining hammasini o‘z ichiga qamrab oladi, ya’ni: «estetik munosabatlar», «estetik bilish», «estetik tafakkur», «estetik faoliyat» va boshqalar. Shuning uchun ham estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini o‘rganadi. Borliqni estetik o‘zlashtirish esa san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois estetika fani san’atning asosiy uslubiy metodologik zamini bo‘lib xizmat qiladi. Estetika fani: birinchidan, insonni tevarak atrofdagi moddiy va ma’naviy boyliklarning barchasini qamrab olishiga; ikkinchidan, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi nafosat olamini, san’atning barcha turlari vositasida chuqur o‘rganishga da’vat etadi. Estetikaning asosiy sohalari: 1.San’atning umumiy nazariyasi – san’atning tabiati, mohiyati, taraqqiyoti va faoliyatining mushtarak qonuniyatlarini aniqlaydi. 2.Estetika fanining xususiy – uslubiy asoslariga oid tadqiqotlar – mavzui, ilmiy maqomi, burch vazifalari, usul – uslublarning o‘zaro munosabati masalalari. 3.Moddiy boyliklar yaratish estetikasi – mehnat qilish jarayonida moddiy ishlab chiqarish sharoiti va mahsulida estetik jihatlar masalalari. 4.Muhandislik – loyihachilik faoliyati va ilmiy tadqiqot ishlari sohasida estetik jihatlar. 5.Tabiat estetikasi – tabiatga munosabat masalasida o‘ziga xosliklarni aniqlash va tabiatdan foydalanishga oid estetik omillar. 6.Insoniy munosabatlar estetikasi. 7.Kundalik turmush va odob estetikasi. Estetik g‘oyalar dastavval qadimgi Misr, Messopotamiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, eron va Turon mamlakatlarida vujudga kelgan. Mixxat, Finikiya alifbosi, Urxun–Enisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho ma’danlardan ishlangan san’at asarlari, Misrda Fir’avn Tutanxamon maqbarasidan topilgan asori atiqalar, Amudaryo xazinasi, DoroI tasviri solingan oltin tangalar, skiflarning oltin buyumlari, ulug‘ me’morchilik obidalari, Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdor saroylari, ibodatxona devorlaridagi tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlari bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraqqiy etganini ko‘rsatadi. Download 80.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling