8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1


Download 80.28 Kb.
bet6/24
Sana06.11.2023
Hajmi80.28 Kb.
#1750278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
8-mavzu

MasjidAllohning uyi ibodat dargohi; Madrasa–Allohning so‘zi o‘qiladigan, ilm o‘rganadigan maskandir. Me’morchilik obidalarining peshtoqlari, gumbazlari va muqarnaslari, ichki va tashqi devorlaridagi naqshlar va bitiklar ham o‘sha muqaddas so‘zlar shaklidir. Minora – minoratun so‘zidan olingan bo‘lib, u mayoq degan ma’noni anglatadi. Minora – masjidlar yonida qurilma muazzinning azon aytishiga mo‘ljallangan.
Minora islom madaniyatida o‘zining tamsiliy mazmuniga ham ega, u allohning yagonaligi– yolg‘izligi ramzidir. U baland va viqorli turishi, tepasida hamma narsaning ko‘rinishi, Allohning ulug‘ligi va hamma narsani bir ko‘zda ko‘rib turishi timsolidir. Minora – Allohdan boshqaga bo‘yin egmaslik, kasu-nokasdan o‘zini baland tutmoq, g‘urur va faxr ramzi hamdir.
Minora – hamma narsaga bir xil qarash, bir ko‘zda ko‘rish, o‘tmish, hozir va kelajakka bab-barobar nazar tashlashdir. Minoraning dunyoviy mazmuni – uzoq yo‘ldan keladigan karvonlarga yo‘l ko‘rsatkich - mayoq, e’tiqod va go‘zallik ramzi, san’at asari vazifasini ham o‘taydi.
Shunday qilib, islom estetikasida ma’muriy binolarning shaklu-shamoyili, bezaklari musulmon kishining – ma’naviy ruhiy olamini, turmush tarzi, hayot ma’nosi, yashashdan maqsadi va mazmunini ramziy ifodalaydi. Me’moriy binolar–musulmon kishini xotirjamlik va sokinlikka undaydi. Chunki me’moriy binolarning shakl-shamoyili ham, bezaklari ham, jamiki go‘zalliklari ham sir-sinoat va mavhumotlar majmuidir.
Borliqni sir-sinoatli, mavhumotlar tarzida fikrlash mahsuli, ya’ni, binolar shakli, naqshlar, bitiklar o‘ziga xos tartib intizom bilan tamsil etilishi musulmon kishining Alloh bilan bo‘lgan abadiy ahdga etaklovchi omildir.
Islom estetikasida hissiyotlarni shunchaki jo‘sh urdirish emas, balki uyg‘unlik, hamohanglik kashf etuvchi tasvir ramziga urg‘u beriladi.
Islom estetikasi muqaddas so‘zda ham, me’morchilikda ham, musiqada ham, soyasiz tasvir (miniatyura)da ham quyidagi tamoyillarga suyanadi.
1.Oqilona negiz – oqillik ifodachisi bo‘lgan so‘zga sig‘inish;
2.Tartibga solish tarzidagi uyg‘unlik tamoyili;
3.Bosqichma-bosqichlilik tamoyili (fazoning bosqichli tuzilishi g‘oyasidan);
4.Tasniflash tamoyili – bosqichli islom g‘oyasining mantiqiy oqibati;
5.qonun-qoidalik tamoyili.
Islom estetikasida musiqa fazoning bosqichli tuzilishi va uyg‘unlik-targ‘ibotlilik tamoyiliga qattiq tayanadi. Uyg‘unlik va bosqichma-bosqichlik go‘zallikning manbaidir.
Arab faylasufi Al-Kindiy ta’kidlashicha «Aslida ham uyg‘unlik hamma narsada o‘rin olgan, u hammadan ko‘ra ohang-ovozlarda, olamning tuzilishi va insonlar qalbida yaqqolroq namoyon bo‘ladi». Ana shu uyg‘unlik musiqa madaniyatining ham asosini tashkil etadi.
Mavlono Najmiddin Kavkabiy o‘zining «Musiqa haqida risola» asarida yozishicha, «Ayrim maqomlarni ijro etish uchun muvofiq keluvchi vaqtni tanlash kerak. Masalan: «Musiqa haqida risola» Rahoviy maqomi - quyosh chiqishi oldidan, Ushshoqni - quyosh chiqib bo‘lgach; Rostni – choshgoh arafasida; Iroqni – chamgoh paytida; Buzrukni - quyosh botishi paytida; Bussoliqni – digar namozi vaqtida; Zagulani - quyosh botishi oldidan; Navoni – namozi shom paytida; Zirafqani – uyquga yotish oldidadan; Isfaxonni – tunda ijro etish» yaxshi ta’sir etadi.
Islom madaniyatida oqilona negiz – oqillik ifodachisi So‘z – Kalom zohiriy va botiniy qudratga ega. Musiqa (maqom) ana shu kalomni yanada tiniqlashtiradi, aqlni peshlaydi. Musiqa (maqom)ning barkamoligigi botiniy-ilohiy takomillashganligidadir. Fikr va so‘z etuklikka erishgach, ular musiqiy qiyofada chinakam uyg‘unlik hosil qiladi, chunki, musiqa(maqom) uyg‘unlik ifodasidir.
Olamning uyg‘unligi mo‘‘jizadir degan g‘oyani ilgari surgan, Umar Xayyom: «Yaxlit tartib muvozanat bilan shartlanur, u tufayli muvozanat yashnar» deb ta’kidlaydi. Uningcha, islom estetikasida olamning uyg‘unligi Alloh zeb bergan go‘zalliklar negizidir.
Movarounnahr mutafakkirlarining estetik qarashlari (IX-XIV asrlar). IX-XIV asrlarda Movarounnahrda madaniyat, ilm-fan, san’at va adabiyot islom madaniyati yo‘nalishida rivojlandi va taraqqiy etdi. Bu davrda dunyoviy ilm-fan ilohiyot bilan bog‘liq holda o‘qitilib, tavhid-Allohni bilish, uning sifatlarini anglash, ya’ni: «Alloh go‘zal, u yaratgan narsalar ham go‘zal, u go‘zallikni yoqtiradi, shu bois komil insonning hatti-harakatlari ham go‘zal bo‘lishi, inson go‘zallik bilan javob berishi kerak» degan aqida asos qilib olingan edi.

Download 80.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling