8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1
Download 80.28 Kb.
|
8-mavzu
Ibn Sino, musiqa bilimiga oid to‘plam «Ash-shifo», «An-najot», «Donishnoma», «Musiqa san’atiga kirish», «qo‘shimchalar kitobi» kabi asarlarida estetika haqidagi fikrini bayon etadi.. estetika bilan axloq muammolarini bir-biriga bog‘laydi, Musiqaning estetik xususiyatlarini bayon qiladi, san’at turlarining axloqiy tarbiyadagi ahamiyati, she’riyatning kishilarga go‘zal fazilatlar singdirish imkoniyati to‘g‘risida yozadi.
Uningcha, «She’riyat tasavvurga ta’sir ko‘rsatuvchi nuqtdir», «Barcha bilimlarga ega narsalar mukammallikka moyildir». «Mukammallik» – insonning ichki go‘zalligi va ezgulikka intilishidir. Donishnoma asarlarida – tovushlar, uning baland-pastligi, nag‘malarning bir-biriga bog‘liqligi, ritmlar, kuy holati, Musiqa asbobi, barbod tanbur, shohrud, nay kabi Musiqa asboblari haqida yozadi. «Qo‘shimchalar»da tovushning sezgi organlariga ta’siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo bo‘lishi, musiqaning kishi hayotiga qanchalik zarurati va uning paydo bo‘lishi sabablari haqida yozadi. Uningcha, inson yoqimli narsalar orqali engil tortadi, orom oladi, aksi bo‘lsa og‘ir tortadi, oromi yo‘qoladi, nafrat qo‘zg‘aladi. Ibn Sino yoqimli va yoqimsiz ovozlarning hayot uchun qanchalik zarurligi haqida ko‘p fikr yuritadi. Uningcha, hayvonlar o‘zlariga tanish bo‘lgan ovoz bilan bir-biridan, ya’ni sheriklaridan xabardor bo‘ladilar. Shu ovoz bilan ular bir-birini topadilar, natijada xavf-xatar tug‘iladi, shu holatda ovoz chiqaradilar buni eshitganlar darhol o‘sha ovoz chiqqan joyga yig‘ilishga va dushmanga umumiy hamla qilishga shaylanadi. Bu holni parrandalar, it va boshqa hayvonlar hayotida ham ko‘rish mumkin. Tovush inson va hayvonlar hayotida eng zarur narsalardan biridir. Bordi-yu, tovush ma’lum bir ohangda berilgan bo‘lsa, kishi ruhiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Insonlar qulog‘i ko‘proq nutqlardagi tovushlarni eshitishga moslashgandir, deydi muallif. Ibn Sino ta’kidlashicha, «Alloh insonlarga in’om etgan baxtlardan biri inson nutqidir. Inson o‘zining ana shu nutqidagi tovush ohanglari orqali o‘z hissiyotlarini izhor etadi». «Kishilar yalinganda boshqacha ovoz chiqarib gapiradilar, do‘q-po‘pisa qilganda boshqacha, shoshib gapirganda nutq boshqacha ohangda bo‘ladi». «Inson qalbi har bir yangi va ko‘ngildagidek nag‘madan orom oladi. qanchalik shu yoqimli nag‘ma g‘oyib bo‘lsa, qalb hayajonga tushadi. Xuddi shu oldingi nag‘maga o‘xshash ikkinchi nag‘maning paydo bo‘lishi bilan qalbdagi hayajon yo‘qola boshlaydi», «Insonlarning ovozlari ham biror ma’noni ifodalab, kishi ruhiga ta’sir etishi mumkin, shundan rang-barang fe’l – atvorlar sodir bo‘ladi». «Mana shunda ovozning baland-pastligi, ayniqsa, musiqiy ovozning darajasi qanday bo‘lishligi kishi ruhiga ta’sir etishda ahamiyat kasb etadi. Musiqa fani tovushlarning bir-biriga muvofiq va nomuvofiq joylashgani haqida bahs yuritishi mumkin». Kaykovus «Qobusnoma» asarida, estetikaning muhim tushunchasi-go‘zallik va uning so‘zdagi ifodasi, ma’naviy merosia o‘z munosabatini bildiradi. «Bilgilki, xalqning rasmi, odati shunday: yugurib-elib, qidirib–axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladi va bu topgan narsasini o‘zining eng yaxshi ko‘rgan kishisiga qoldirib ketadi. Men dunyoda mana shu so‘zlarni hosil qildim, sen esa men uchun eng qimmatbaholigimsan». Qobusnomada estetik qadriyatlar axloqiy qadriyatlarga o‘rab bayon qilingan. 44-bobda insonning go‘zal fazilatlari haqida so‘z boradi. Dono pand-nasihatlar mazmuni go‘zal xulqli komil insonga qaratilgan bo‘lib, ilohiy va dunyoviy go‘zalliklarni qadrlashga da’vatlar bilan nurlantirilgan. Ahmad yugnakiy – «Hibbatul haqoyiq», Firdavsiy «Shohnoma» asarlarida estetik fikrlarni bayon etgan. Alisher Navoiy falsafiy, adabiy – estetik qarashlari mehvarida komil inson tarbiyasi uning go‘zalliklar ko‘rilovidagi hayot tarzi qanday bo‘lishi kerak, degan masala turadi. «Nafis san’at inson ma’naviy olami, kamoli uchun kalit», «bizga yana bir shifo dorisi berilgan bo‘lib, u san’atdir. Go‘zallik yaratuvchi san’atkorlar chizgan rasmlar mo‘‘jizakor bo‘lib, ular inson ruhiga mayin ta’sir qilish qudratiga ega» deb ta’kidlaydi u. Shuningdek, Alisher Navoiy «Majolis-un nafois», «Mezon- ul- avzon», «Mufradot» asarlarida ham nafosat ilmi to‘g‘risida fikr yuritadi. U «Qori navo» kuyining bastakori. Iste’dodli musiqiy talabalarning ustozi. Navoiy adabiy-estetik qarashlarida so‘z san’ati va estetik tafakkur taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Unda badiiy adabiyot ma’naviy hayotning muhim bir sohasi bo‘lib, san’atkor inson ma’naviy ehtiyojiga, insof va adolatning barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi, eng yaxshi insoniy xislat va fazilatlarni targ‘ib etishi, kitobxon ongi, hissi va didiga ta’sir ko‘rsatishi muqarrardir, degan g‘oya ustuvordir. Download 80.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling