8-mavzu. Etika reja
Axloq, oila va nikoh haqida sitatalar
Download 479.59 Kb. Pdf ko'rish
|
8-маьруза матни (1)
Axloq, oila va nikoh haqida sitatalar:.
*** Hukmdorlarni o‘zlarida yo‘q fazilatlar bilan maqtash ularni xaqoratlash bilan tengdir. Odatda bunday xaqorat jazosiz qoladi. 17 Fransua de Laroshfuko *** Etika-e’tiqod falsafasi. ImmanuilKant *** YAxshilikni yo‘qotish-kam yo‘qotish, nomusni yo‘qotish ko‘p yo‘qotish, mardlikni yo‘qotish xamma narsani boy berish demakdir. Yoxann Volfgang Gyote *** Axloqiylik majburiyatni keltirib chiqaradi. Keyinchalik u odatga aylanadi, undan so‘ngroq esa u ixtiyoriy itoatkorlikka va nixoyat, tabiiy maylga aylanadi. Fridrix Vilgelm Nitsshe *** Kerak bo‘lsa obro‘ olamda, YAxshi axloq bo‘lsin odamda. Farididdin Attor *** YAxshi xulq eng yaxshi narsa dunyoda, Xalq sevar barchadan shuni ziyoda. Farididdin Attor *** Odobsiz yuz kishi bilan xam yolg‘iz. SHoxid Balxiy *** Insonparvar kishining yurish-turushidan ko‘rinib turuvchi axloqiy odobi mavjudki, bunday odob tajang odamda bo‘lmaydi. Deni Didro *** 18 Payg‘ambarimizdan oldin birov salom berishga ulgurmagan. CHunki, u xokisor bo‘lgani sababli xar safar uzi boshlab salom berardi. Jaloliddin Rumiy Go‘zallik – baxt haqidagi bir vada xolos. Stendal *** Uylanish huquqlarning yarmini kamaytirish, majburiyatini esa ikki barobar oshirish demakdir. Artur SHopengauer *** Husn sevgining paydo bo‘lishiga peshlavha kabi zarurdir. Stendal *** Umri davomida faqat bir marta sevganlarni engil-elpi odamlar deb hisoblayman. Ularning sadoqati, doimiyligi – shunchaki odat yoki tassavurning yo‘qligi belgisi, xolos. Stendal *** “Hoy yigitlar jamoasi! Sizlardan kim oila harajatlariga qodir bo‘lsa uylansin. CHunki oila ko‘zni tiyuvchi, farjni (zinodan) saqlovchi (omil)dir. Kim qodir bo‘lmasa, unga ro‘za tutish lozimdir. CHunki ro‘za shahvatni sindiruvchidir”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar. *** “Sizlardan kimki biror ayolga sovchi qo‘ysa, nikohni amalga oshishiga undovchi biror narsa(a’zosi)ni ko‘rib olishga qodir bo‘lsa, ko‘rib olsin”. Abu Dovud rivoyat qilgan. *** 19 “Bu nikohni (oshkora) e’lon qilinglar va (e’loni komil bo‘lishi uchun) masjidlarda amalga oshiringlar, nikohda do‘mbira chalinglar”. Termiziy rivoyat qilgan. *** “To‘rt (xislat) payg‘ambarlarning sunnatlaridandir: hayo; atir sepish; misvak ishlatish; nikoh”. Oila quringlar, taloq qilmanglar. CHunki taloq tufayli Arsh larzaga keladi Ibn Adiy rivoyat qilgan. *** To‘rt narsa borki, ular kimga berilgan bo‘lsa, bas, unga dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi: shukr qiluvchi qalb; zikr qiluvchi til; baloga sabr qiluvchi badan; erining joni va molida (xiyonat bilan) nojo‘ya ish qilishni istamaydiganxotin. Tobaroniy rivoyat qilgan. *** Kimki biror ayolga uning azizligi, obro‘ va sharafi uchun uylansa, Alloh unga xorlikni ko‘paytirib qo‘yadi. Kimki ayolning mol-dunyosi uchun uylansa, Alloh unga qashshoqlikni ko‘paytirib qo‘yadi. Kimki ayolning ota-bobolaridagi shon-sharaf tufayli uylansa, Alloh unga pastkashlikni ko‘paytirib beradi. Kimki ko‘zini haromdan tiyish uchun, zinodan saqlanish uchun, qarindosh-urug‘likni tiklash uchun uylansa, Alloh ayolni eriga, erni ayoliga barakali qilib qo‘yadi. Tobaroniy rivoyat qilgan 20 Download 479.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling