8-mavzu. Etika reja


Download 479.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana18.02.2023
Hajmi479.59 Kb.
#1211585
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-маьруза матни (1)




8-MAVZU. ETIKA 
 
Reja: 
1.Etika fanining predmeti,mohiyati va tuzilmasi. 
2.Ahloqning paydo bo‘lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi. 
3.Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlari. 
4. Nikoh eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy 
asoslari. 
5. Muomala madaniyati – axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi. 
6. Etikaning zamonaviy muammolariga diniy va ilmiy yondashuvlar. 
1.Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo`lgan qadimiy fan. U bizda “Ilmi 
ravish”, “Ilmi axloq”, “Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. G`arbda 
esa “Axloqshunoslik” “Etika” nomi bilan mashhur. Biz ham yaqin-yaqingacha ushbu atamadan 
foydalanib kelar edik. “Etika” atamasi yunoncha “ethos” so`zidan olingan bo`lib “odat”, “fe`l”, 
“fikrlash tarzi” singari ma`nolarni anglatadi.
Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni 
tasniflar ekan ularni uch guruhga bo`ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, 
matematika va fizikani, ikkinchi guruhga etika va siyosatni, uchinchi guruhga esa san`at, 
hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi 
ta`limotni fan darajasiga ko`targanlar va “Etika” deb ataganlar. 
Axloqshunoslik - bu axloq nazariyasi bo’lib, kishilarning axloqiy hayotini o’rganadigan, 
axloqiy hodisalarning o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradigan eng 
qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir. U o’z predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan
chambarchas aloqadorlikda tadqiq etar ekan, faqat axloqning paydo bo’lishi va tarixiy taraqqiyot
qonuniyatlarini, funksiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning 

Download 479.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling