8-mavzu. Etika reja


 Nikoh –eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy asoslari


Download 479.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana18.02.2023
Hajmi479.59 Kb.
#1211585
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8-маьруза матни (1)

4. Nikoh –eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy asoslari
Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. Chunki har bir 
jamiyat a’zosining, bo’lajak fuqaroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: o’zining 
bevosita ko’rinishi bo’lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi 
g`amxo’rlikni; bolalar tarbiyasini o’z ichiga oladi:
Avvalo nikoh haqida to’xtalib o’taylik. qonunga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng 
muhimlari – nikohga kiruvchilarning o’zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari. 
Bizda yigitlar-18, qizlar-17-nikoh yoshlari qilib belgilangan. Nikoh tuzishdan oldin ikki yosh 
orasida goh ochiq sevgi-muntazam uchrashuvlar, ahdu-paymonlar va orqa varotdan bir-birini 
yoqtirish bo’lishi mumkin. Har ikkala ahvolda ham rozilik o’zgarmas shart hisoblanadi. 
Nikoh o’z mohiyatiga ko’ra ahloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo’ysundiriladi. 
Oddiy birga yashashda esa tabiiy extiyojni qondirish birinchi o’rinda turadi. Nikohda u ikkinchi 
darajali mavqe’ni egallaydi. Oilaning yana bir jihati uning o’z mulkiga egaligi. Agar nikoh 
oilaning botiniy ko’rinishi bo’lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko’rinishi deyish mumkin. 
Oilaning mavjud bo’lishi uchun ishlab topiladigan mablag` ham zarur. Oila uchun topiladigan 
ana shu mablag` shubhasiz axloqiy tabiatga ega: Oila boshlig`i oila a’zolarini halol edirib 
ichirishi, kiydirishi lozim. 
Oila buzilishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri-oilani axloqiy nuqtai nazardan 
buzilishi. Bunda bolalar balog`atga etgach, erkin shaxs sifatida yangi oila qurishga asos 
bo’lishlari-o’g`il bolalarning o’ylantirilishi, qizlarning turmushga chiqarilishi nazarda tutiladi.
Shuningdek oilaning tabiiy buzilishi ham mavjud. Unda ota-onaning vafoti tufayli oila 
mulkining meros bo’lib bir yoki bir necha farzandga o’tishi munosabati bilan oila buzilishi 
mumkin.
Bundan tashqari nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila buziladi. Aslida nikoh ham 
diniy, ham dunyoviy nuqtai nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o’rtada xiyonat sodir bo’lishi 
yoki yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obro’ga ega, qonun bilan tan 
olingan idoralar, masalan sud va vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, 
axloqiy xodisa. Har bir jamiyat mana shu so’nggi turdagi oila buzilishiga qarshi kurashadi. 
Bunday oila buzilishi qancha kamaysa, u o’sha jamiyat axloqiy takomillashib borayotganligini 
anglatadi. “Muxtasar qilib aytganda, hammamizga ayon bo`lishi tabiiyki, oila sog`lom ekan – 

Download 479.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling