8-mavzu. Etika reja


Etika fanining asosiy kategoriyalari


Download 479.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana18.02.2023
Hajmi479.59 Kb.
#1211585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-маьруза матни (1)

3.1 Etika fanining asosiy kategoriyalari 
Axloqshunoslikda inson xatti-harakatining ikki qutbi – axloqiylik bilan axloqsizlik 
holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik – fazilatlarda, axloqsizlik esa – illatlarda namoyon 
bo`ladi. Bu ikki qutb – tushuncha kun-tun, oq-qora singari bir-birini inkor va ayni paytda, taqozo 
etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib Ibn Sinogacha bo`lgan qadimgi 
faylasuflar ta`kidlaganlaridek, ikki illat oralig`ida ro`y beradi. Chunonchi, adolat – zulm bilan 
mazlumlikning, saxiylik – isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat – qizg`anchilik bilan rujuning 
o`rtalig`i sifatida voqe bo`ladi. 
Fazilat va illatlar esa o`z navbatida axloqiy tushunchalarda namoyon bo`ladi. 
Axloqshunoslik fanida barcha tushunchalarni uch guruhga bo`lib o`rganishni maqsadga muvofiq 
deb hisoblaymiz.
Axloqiy bilish bilan real hayot o`rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in`ikos 
ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning 
mezoniy tushunchalari yoki kategoriyalari sifatida tushunamiz. 
- Axloqiy tamoyillar 
- Axloqiy me`yorlar 
Shu o`rinda “tushuncha” atamasining mohiyatiga nazar tashlashni joiz deb o`ylaymiz va 
axloqiy hissiyotlarning axloqiy anglash uchun ma`lum ma`noda material ekanligi to`g`risida 
birrov to`xtalib o`tmoqchimiz. Jumladan buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada 
nimaiki bor ekan, u bundan oldin hissiyotda mavjud bo`lgan deb ta`kidlaydi. “Tabiat qonuni 
borasidagi tajribalar” asarida u shunday deb yozadi: “Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi 
yetkazib berilmasa, u holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo`ladi va aql 



bilishni taraqqiy ettirishi borasida me`mor bino qurishda tosh, yog`ich, qum va hokazo qurilish 
materiallarisiz qanchalik ish qila olsa, xuddi shuncha ish bajara oladi”.
2
Shunday qilib zamonaviy axloqshunoslik axloqiy kategoriyalarni, tamoyillarni va 
me`yorlarni g`oyada muhim ekanligi ta`kidlagan holda axloqiy kategoriyalarni quyidagicha 
tasniflaydi. 

Download 479.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling