8-mavzu. Etika reja
jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir
Download 479.59 Kb. Pdf ko'rish
|
8-маьруза матни (1)
jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir”
Dastlabki axloq maskani bo’lmish oilalar yig`indisi fuqarolik jamiyatini, millatni tashkil qiladi. Fuqarolik jamiyati mohiyatan oila bilan davlat o’rtasidagi daraja. Fuqarolik jamiyati zamonaviy dunyomizda vujudga keladi. Zero, hozirgi paytdagina fuqarolar huquqi haqiqatdan ham inobatga olinadi. Fuqarolik jamiyati turli tabaqalardan tashkil topadi. Ular orasida tabaqaviy yoki sinfiy ziddiyat ro’y berishi mumkin emas. Chunki bunda shaxs-davlat fuqarosi manfaatlari birinchi o’rinda turadi va bu manfaatlar ham ahloqiy, ham qonuniy jihatdan himoya qilinadi. Fuqarolik jamiyati, shunday qilib, bir kishining ehtiyojini uning mehnati vositasida qondirishi barobarida, shu mehnat vositasida barcha qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi. U o`z a`zolarining shaxsiy erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi, odil sud vositasida ular mulkiga daxl qilinishiga yo`l qo`ymaydi. Fuqarolik jamiyati turli tabaqalardan tashkil topadi. Ular orasida tabaqaviy yoki sinfiy ziddiyat singari hodisalar ro`y berishi mumkin emas. Chunki, bunda shaxs – davlat fuqarosi, muayyan inson manfaatlari birinchi o`rinda turadi va bu manfaatlar, aytganimizdek, ham axloqiy, ham qonuniy jihatdan himoya qilinadi. Zotan, “Biz 8 uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo`lib, u insonning o`z- o`zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to`la darajada ro`yobga chiqishiga ko`maklashadi”. 5,Muomala madaniyati –axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi. Madaniyatning turlari ichida, xususan ma`naviy madaniyat doirasida axloqiy madaniyat o`zining nihoyatda keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Uning shaxs hayotida voqe bo`lishi xilma-xil omillar vositasida ro`y beradi. Chunonchi, hayotiy tajriba tarbiya, axloqiy ta`lim, san`at ana kshunday vositalardan hisoblanadi. Axloqiy madaniyat shaxsga o`zgalar bilan munosabatda an`anaviy axloqiy qonun-qoidalardan ijobiy foydalanishni, ularga zamonaviylik nuqtayi- nazaridan yondashishni, ezgulik bilan yovuzlikning farqiga borishni va egallagan axloqiy bilimlarni samarali tadbiq etishga o`rgatadi. Qisqasi u shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallash va ulardan o`z tajribalarida foydalanishi, o`z-o`zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni qamrab oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani yuksaltirishga xizmat qiladi. Axloqiy madaniyat doimo zamonaviydir. Ya`ni, u muayyan zamon erishgan axloqiy yutuqlar yoxud darajaning shaxs axloqiy hayotidagi ko`rinishidir. Masalan, mulozamat, takalluf va murojaat odobini olaylik. Bu axloqiy qadriyatlar qadimdan mavjud. Lekin ularning bugungi kundagi shakllari, deylik, Navoiy davridagidan farq qiladi. Garchand, u davrdagi mulozamat, takalluf va murojaat odobi o`z mohiyatini saqlab qolgan bo`lsa-da, bugun ulardan o`sha shakllarda foydalanish erish tuyuladi, hazilomuz-kulgili ko`rinadi, hatto istehzoli-kinoyaviy urg`u kasb etadi. Axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o`z ichiga oladi. Ana shunday eng muhim unsurlardan biri – muomala odobi. Download 479.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling