8-mavzu. Etika reja


Download 479.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana18.02.2023
Hajmi479.59 Kb.
#1211585
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8-маьруза матни (1)

Muomala odobi, mohiyatan, o`zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri 
bilan hamkorlik qilmasdan, o`zaro tajriba almashmasdan, bir-biriga ta`sir ko`rsatmasdan 
rosmana yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog`lom kishi usiz 
ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. 
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo`yishni, an`anaviy 
axloqiy-me`yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi 
jihatlarni namoyon etishi, ko`zga ko`rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng 
sermazmun va eng ifodali namoyon bo`lishi so`z, nutq vositasida ro`y beradi. So`zlash va tinglay 
bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala 
odobi o`zini, eng avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe`llik singari axloqiy 
me`yrolarda namoyon qiladi. 
Axloqiy madaniyat yaqqol ko`zga tashlanadigan munosabatlar ko`rinishidan biri, bu – 
etiket. U ko`proq insonning tashqi madaniyatini, o`zaro munosabatlardagi o`zini tutish 
qonuniqoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o`z munosabatlariga 
ijodiy yondashsa, ya`ni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo`lsa, etiket 
muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo`yilgan xatti-harakatni taqozo etadi. 
Etiketning qamrovi keng, u, ma`lum ma`noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala 
qonun-qoidalarini o`z ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va 
h.k. Masalan, dasturxonda tanovul payti, pichoqni o`ng qo`lda sanchiqni chap qo`lda ushlash 
zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat`iy qoidalaridan biri sanaladi – uni buzish 
atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg`otadi. Shu boiss etiketni odat tusiga aylantirilgan, 
qat`iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin. 
Etiketning bunday zamonaviy ko`rinishlari bilan birga, shunday milliy-an`anaviy shakllari 
ham borki, ularsiz millat madaniy hayotini tasavvur qilish qiyin. Masalan, salomlashish odobini 
olib ko`raylik. Etiketning bu turiga ko`ra, ko`chdan o`tib ketayotgan odam, ko`cha bo`yida 
o`tirganlar turganlarga salom berishi kerak, salom berganda o`ng qo`l chap ko`krakda, yurakning 
ustida turishi, bosh esa yengil ta`zimga egilishi lozim. 



Etiketning yana bir alohida jihati bor: unda odob bilan go`zallikning uyg`unligini 
ko`rishimiz mumkin, qat`iy qat`iy odob qonun-qoidalari chiroyli xatti-harakatlar vositasida 
amalga oshiriladi. Demak, etiket estetika bilan ham bog`liq, aniqrog`i, o`zni tutish estetikasi 
talablariga javob beradi.

Download 479.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling