8-mavzu. Etika reja


jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir


Download 479.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana18.02.2023
Hajmi479.59 Kb.
#1211585
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8-маьруза матни (1)

jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir” 
Dastlabki axloq maskani bo’lmish oilalar yig`indisi fuqarolik jamiyatini, millatni tashkil 
qiladi. Fuqarolik jamiyati mohiyatan oila bilan davlat o’rtasidagi daraja. Fuqarolik jamiyati 
zamonaviy dunyomizda vujudga keladi. Zero, hozirgi paytdagina fuqarolar huquqi haqiqatdan 
ham inobatga olinadi. Fuqarolik jamiyati turli tabaqalardan tashkil topadi. Ular orasida tabaqaviy 
yoki sinfiy ziddiyat ro’y berishi mumkin emas. Chunki bunda shaxs-davlat fuqarosi manfaatlari 
birinchi o’rinda turadi va bu manfaatlar ham ahloqiy, ham qonuniy jihatdan himoya qilinadi.  
Fuqarolik jamiyati, shunday qilib, bir kishining ehtiyojini uning mehnati vositasida 
qondirishi barobarida, shu mehnat vositasida barcha qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi. U 
o`z a`zolarining shaxsiy erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi, odil sud vositasida ular 
mulkiga daxl qilinishiga yo`l qo`ymaydi. Fuqarolik jamiyati turli tabaqalardan tashkil topadi. 
Ular orasida tabaqaviy yoki sinfiy ziddiyat singari hodisalar ro`y berishi mumkin emas. Chunki, 
bunda shaxs – davlat fuqarosi, muayyan inson manfaatlari birinchi o`rinda turadi va bu 
manfaatlar, aytganimizdek, ham axloqiy, ham qonuniy jihatdan himoya qilinadi. Zotan, “Biz 



uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo`lib, u insonning o`z-
o`zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning 
huquq va erkinliklari to`la darajada ro`yobga chiqishiga ko`maklashadi”. 
5,Muomala madaniyati –axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi. 
Madaniyatning turlari ichida, xususan ma`naviy madaniyat doirasida axloqiy madaniyat 
o`zining nihoyatda keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Uning shaxs hayotida voqe bo`lishi 
xilma-xil omillar vositasida ro`y beradi. Chunonchi, hayotiy tajriba tarbiya, axloqiy ta`lim, san`at 
ana kshunday vositalardan hisoblanadi. Axloqiy madaniyat shaxsga o`zgalar bilan munosabatda 
an`anaviy axloqiy qonun-qoidalardan ijobiy foydalanishni, ularga zamonaviylik nuqtayi-
nazaridan yondashishni, ezgulik bilan yovuzlikning farqiga borishni va egallagan axloqiy 
bilimlarni samarali tadbiq etishga o`rgatadi. Qisqasi u shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini 
egallash va ulardan o`z tajribalarida foydalanishi, o`z-o`zini muntazam takomillashtirib borishi 
singari jihatlarni qamrab oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi 
hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Axloqiy madaniyat doimo zamonaviydir. Ya`ni, u muayyan zamon erishgan axloqiy 
yutuqlar yoxud darajaning shaxs axloqiy hayotidagi ko`rinishidir.
Masalan, mulozamat, takalluf va murojaat odobini olaylik. Bu axloqiy qadriyatlar 
qadimdan mavjud. Lekin ularning bugungi kundagi shakllari, deylik, Navoiy davridagidan farq 
qiladi. Garchand, u davrdagi mulozamat, takalluf va murojaat odobi o`z mohiyatini saqlab 
qolgan bo`lsa-da, bugun ulardan o`sha shakllarda foydalanish erish tuyuladi, hazilomuz-kulgili 
ko`rinadi, hatto istehzoli-kinoyaviy urg`u kasb etadi. 
Axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o`z ichiga oladi. Ana 
shunday eng muhim unsurlardan biri – muomala odobi. 

Download 479.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling