8-mavzu. Etika reja


Download 479.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana18.02.2023
Hajmi479.59 Kb.
#1211585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-маьруза матни (1)

Muhabbat va nafrat. Muhabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy 
tushunchalarda va tamoyillarda o`z “hissa”siga ega. Shu jihatdan atoqli tasavvufshunos 
Najmiddin Komilov: “Juda ko`p irfoniy tushunchalarning sharhi muhabbatga borib taqaladi”, - 
deydi.
3
Na ezgulikni, na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib 
bo`lmaydi. Muhabbat – insoniy mohiyatning erkin tarzda namoyon bo`lishidir, u zo`ravonlik 
yoki zo`rma-zo`rakilik bilan chiqisha olmaydigan hodisadir. U me`yorlar, an`analar, qonunlarga 
bo`ysunmaydi, lekin, yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan mas`uliyat yuklaydi, uni 
jasoratga chorlaydi. Jadidchilik harakatining mashhur namoyondalaridan biri A.Avloniy 
“Muhabbat” tushunchasini quyidagicha a`riflaydi: “Muhabbat deb bir narsani suymakni aytilur. 
Dunyodagi insonlar mehr va muhabbat soyasida yasharlar. Muhabbatsiz kishi ishni ishlamakka 
g`ayrat va jasorat qilolmas”.
4
Muhabbatlik bahorning kuz husuli hech oz o`lmas, 
Muhabbatsiz kishining ko`ngli qishdur asli yoz o`lmas. 
 
Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, adolat.Asosiy tushunchalar orasidagi yana 
bir juftlik – ezgulik va yovuzlik; ezgulik axloqshunoslikdagi eng muhim kategoriyalardan. U 
inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi.
Ezgulik – insonga eng kuchli ma`naviy lazzat bag`ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga 
aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi ,fazilat, shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak 
taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyat. 
Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan o`lchanmaydi, ular 
ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy ideal bilan 
bog`liqligi shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik
jasurlik singari tamoyillarni o`z ichiga oladi. 
Axloqshunoslikning yana bir qamrovli mezoniy tushunchasi adolatdir. Adolat bu 
tenglikning haqqoniy va taqdirlashning zaruriy o’lchovidir. Suqrot ta’biri bilan aytganda «adolat 
– qonunga muvofiq xulqdir». Adolat muayyan axloqiy sistemada qabul qilingan, kishilarning 
axloqiy burch va majburiyatlari tushunchasiga mos keladigan hatti-harakatlardir. Uning ezgulik
va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o’zi biror bir 
qadriyatni anglamaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga 
ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor, unda ham axloqiy, ham huquqiy 
talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda miqdor o’lchovi ham deyish mumkin: u talab 
bilan taqdirlashni o’lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo’l 
yo’q.
Axloqshunoslikning nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan biri vijdondir. Vijdon 
tushunchasini birinchi bo’lib Stoiklar maktabi vakillari kiritganlar. Ularning fikricha, vijdon 
insonning o’z xulqini muayyan axloq normalari nuqtai nazaridan turib axloqiy baholashi va 
nazorat qilishi, o’z hatti-harakatlarini va bu hatti-harakatlarga bog`liq bo’lgan his-tuyg`ularni, 
kechinmalarni o’zida tahlil qilishidir. Vijdon lozimiy narsa oldidagi mas’uliyat hissidir. Vijdon – 
Zigmund Freyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o’rnatib, uni boshqarib 
turuvchi ikkinchi yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga 
bog`liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki, o’z-o’ziga bog`liqligini namoyon etadi. Bu ichki 
22
AbdullaSherAxloqshunoslik. T.: “O`zbekiston faylasuflar milliy jamiyati”. 2010. 244-b. 
3
N.Komilov Tasavvuf. I kitob T., “Yozuvchi”, 1996. 48-b. 
4
A.Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq.T., “O`qituvchi”, 1992, 39-b.



bog`liqlik tashqi bog`liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida 
odamning o’z nojo’ya harakati tufayli yuzaga kelgan o’ng`aysizligi bo’lsa, vijdon azobi, bu 
oddiy o’ng`aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning talabi. U 
qondirilmas ekan, hech qachon azob to’xtamaydi. 

Download 479.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling