8-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: majlis bayoni, dalolatnoma, shartnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Reja


Download 33.27 Kb.
bet1/10
Sana13.10.2023
Hajmi33.27 Kb.
#1701308
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

8-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: majlis bayoni, dalolatnoma, shartnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja:

  1. Hujjat turlari va xususiyatlari.

  2. Bayonnomaning yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.

  3. Dalolatnomaning yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.

  4. Shartnomaning yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.

Tayanch so`z va iboralar: hujjatshunoslik, shaxsiy va xizmat hujjatlari, ish yuritish, til, nutq uslublari, soda va murakkab hujjatlar, hujjatlarning o`ziga xos xususiyatlari, bayonnoma, dalolatnoma, shartnoma, tilning lug`at tarkibi.

Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Tasnifnomada mutlaqo bir xil guruhlantirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlantirish mumkin. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar quyidagicha tasniflanadi:


2. Mazmuniga ko‘ra sodda va murakkab hujjatlar farqlanadi:
Sodda hujjat – bir masalani o‘z ichiga oladigan hujjatdir. Bularga ariza, e’lon, tilxat, kafolatxativa boshqalar kiradi.
Murakkab hujjat – bir necha masalani o‘z ichiga olgan hujjatdir. Bularga shartnomalar ma’lumotnoma, rejalashtirilgan hisobot hujjatlari va boshqalar kiradi.
3. Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy, qolipli hujjatlar farqlanadi.
Xususiy hujjatlar – tashkilotlarda matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, mazmun bayoni erkin bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga xizmat, so‘rov, iltimos, javob, kafolat, axborot xatlari va boshqalar kiradi.
Qolipli hujjatlar – odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladigan hujjatlardir. Butur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Bularga ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ayrim dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari va boshqalar kiradi.

Download 33.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling