8. Mavzu: Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari
Download 25.22 Kb.
|
8- мавзу.тех. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intuitiv fikrlash
- Patent tadqiqotlari
- Kashfiyotning ishonchliligi
8.Mavzu:Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari. Ijod, ijodiyot va ijodkorlik tushunchalari Ijodkorlik – yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyat turi. Intellekt – shaxs aqliy qobiliyatlarining nisbatan turg‘un tuzilmasi. Ijodiy topshiriq – ob’ekt o‘lchamlarini orttirish yoki kamaytirish, buyumning detallari, uzeli yoki tarkibiy qismini puxtarog‘i bilan almashtirish orqali buyumni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Intuitsiya – bu sub’ekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida topiladi. Intuitiv fikrlash jarayonlari amalga oshuvining tezligi, bos- qichlarning aniq farqlanmasligi, minimal darajadagi anglanganlik bilan tavsiflanadi. Ijodiy fikrlash yangi buyumlar yaratilishi bilan xarakterlanib, uni hosil qilish uchun bilish faoliyatining o‘zida yangi motivatsiya va maqsadlarni yuzaga keltiradi. Patent tadqiqotlari texnika ob’ektlarining rivojlanishi, texnik darajasi va taraqqiyot istiqbollarini aniqlash maqsadida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar bo‘lib, bunda ularning patent sofligi belgilanadi. Patent izlanishlari turli davlatlarning Ixtirolar xalqaro tasnifi bo‘yicha tasniflangan himoya hujjatlarini izlash va tahlil qilish. Bilimlar banki kompyuterlarda saqlanuvchi axborotlar jamlamasi bo‘lib, unda axborotlarning konsetpual birligini hosil qiluvchi ma’lumotlar belgilangan tartibda jamlab boriladi. Ijod sifat jihatidan yangi va beqiyos, originalligi va ijtimoiy-tarixiy jihatdan nodirligi bilan o‘zgacha narsa yaratish faoliyati. Kashfiyot – moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan ob’ektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi. Kashfiyotning ishonchliligi - ob’ektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat yoki hodisaning kashfiyot sifatida tan olinishi uchun u nazariy yoki tajriba-sinov ishlari vositasida isbotlab berilmog‘i lozim. Download 25.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling