8. Mavzu: Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari
Kashfiyot uchun arizaning tarkibi -
Download 25.22 Kb.
|
8- мавзу.тех. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtiro
- Patent hujjatlari
- Ijodkorlik
- Loyiha
Kashfiyot uchun arizaning tarkibi - kashfiyot uchun tuziladigan ariza quyidagi hujjatlardan iborat bo‘lishi lozim: kashfiyot uchun diplom berilishini so‘rab yozilgan ariza, taxmin qilinayotgan kashfiyot tavsiloti, kashfiyot ustivorligini tasdiqlovchi hujjatlar, kashfiyot ishonchliligini va ahamiyati to‘g‘risidagi xulosa hamda yordamchi materiallar.
Ixtiro - xalq xo‘jaligi, ijtimoiy-madaniy qurilish yoki mudofaa sohasida masalani ijobiy samara beradigan qilib, yangichasiga va o‘ziga xos texnik hal etish. Ixtirochilik huquqi - kashfiyotlar bilan, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflar qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar majmui. Patent hujjatlari - bu shunday hujjatlar yig‘indisi bo‘lib, unda: ilmiy-texnik tajribalar va loyiha konstruktorlik ishlanmalarning mazmuni kashf qilinganligi, foydali modeli hamda kashfiyotchining huquqini himoya qiluvchi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Metod - muayyan maqsadga erishish, konkret vazifani bajarish usuli, borliqni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish (bilish) usullari yoki jarayonlar majmui. SHaxs xususiyatlari - turli xil sharoitlarda takrorlanuvchi, ma’lum darajadagi turg‘unlikka ega bo‘lgan individ faoliyatining ko‘rinishi. Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi. Ish o‘rni - ustaxona maydonining o‘quv ishlab chiqarish va konstruktorlik-texnologik ishlarni bajarishi uchun zarur uskunalar (verstak, stanok), asboblari va moslamalar maqsadga eng muvofiq holda joylashtirishgan qismi tushuniladi. Loyiha - ko‘zda tutilgan ob’ektni yaratish uchun bajariladigan hisob-kitoblar va grafik ishlarni qamrab oluvchi vazifalar majmui. Loyihalash - ko‘zda tutilgan yoki mavjudligi mumkin bo‘lgan ob’ekt, holatning timsoli - loyihasini yaratish jarayoni. Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi. Download 25.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling