8. Mavzu: Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari
Download 25.22 Kb.
|
8- мавзу.тех. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Evristik metod
- Dizayn
- Bilim
Modellashtirish - muayyan hodisa, jarayon yoki ob’ektlar sistemasini ularning modellarini yasab o‘rganish yo‘li bilan tekshirish; yangi yaratilayotgan ob’ektlar xarakteristikalarini aniqlash va ularni qurish.
Loyihalashning samarali metodlari - buyumlarni konstruksiyalash, manipulyativ konstruksiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy eksperiment. Evristik metod - bu yangi texnik echimni yaratish maqsadida prototipni qanday qilib o‘zgartirishga oid yo‘riqlarning qisqacha tavsifi. Model – haqiqatdan ob’ektning shartli aks ettirilishi. Maket– ob’ektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmli tasviridir. O‘zaro o‘xshashlik – ikki predmet yoki hodisaning barcha mos joylaridagi nuqtalari bir xil o‘lchov birligida bir xil masshtabda bo‘lishi bilan belgilanadi. Dizayn - narsalar muhitining estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyatining turlarini qamrab oladi. Grafika - tasviriy san’at turi; rasm san’atiga asoslangan, lekin o‘z tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlariga ega bo‘lgan bosma badiiy tasvirlar (gravyura, litografiya, monotipiya va b.) ni o‘z ichiga oladi. Bilim - voqelikni bilish natijasi; u amalda sinalgan bo‘lib, voqelikning inson taffakkuridagi to‘g‘ri in’ikosidir. Ko‘nikma - biror maqsad yo‘lida harakat bajarish qobiliyati; ishlab chiqarish yoki o‘quv faoliyatida bir xil harakat yoki bir tipdagi masalalarni echishning ongli ravishda ko‘p marta qaytarilishi natijasida avtomatizm holiga keladi. Malaka - takrorlash yo‘li bilan shakllantiriladigan, yuqori o‘zlashtirilish darajasi hamda anglangan nazoratsiz amalga oshirilishi bilan tavsiflanuvchi harakatlar hisoblanib, perseptiv, intellektual va harakat malakalari farqlanadi. Download 25.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling