8. Mavzu: Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari


YAngi axborot texnologiyalari


Download 25.22 Kb.
bet4/4
Sana19.01.2023
Hajmi25.22 Kb.
#1102055
1   2   3   4
Bog'liq
8- мавзу.тех. (1)

YAngi axborot texnologiyalari - axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug‘ullanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, ya’ni belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish majmuasi.
To‘garaklar tiplari: tayyorlov texnik to‘garagi; fan (ilmiy-texnik) to‘garagi; sport-texnik to‘garagi; ishlab-chiqarish texnik to‘garagi; badiiy-amaliy to‘garaklar.
Ixtirochilik - ilmiy g‘oyalarining texnik echimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik darajasini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Ixtirochilik bilimlari - yangi texnik echim ishlab chiqish uchun talab etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi tizimlangan in’ikosi.
Ixtirochilik ko‘nikmalari - insonning maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyatini anglangan nazoratni susaytirgan holda aqliy jarayon bosqichlarini tez va to‘laqonli amalga oshirish darajasini ifodalaydi. 
Ixtirochilik malakalari - insonning mos ravishdagi ijodiy faoliyatini qisman avtomatlashgan tarzda, amalga oshiriladigan aqliy jarayon bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasi.
Masala - bu ko‘zlangan natijaga erishish yoki berilgan harakatni bajarish yo‘llari to‘g‘risidagi bilim va vositalarning etarli darajada shakllantirilgan ifodasidir .
Muammo - hal qilinishi talab etiladigan vazifa bo‘lib, uni amalga oshirish uchun zarur echim yoki muqobil echimlarni topishning imkoni bo‘lmaydi, yoki ikkala sabab birga keladi.
Maqsad - faoliyatning avvaldan fikran o‘ylangan natijasi. Bevosita motiv sifatida maqsad inson faoliyatini muayyan yo‘lga boshlaydi va uni boshqaradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollari

  1. Ijodkorlik faoliyatiga oid keltirilgan tushunchalarni soddadan murakkabga tomon o‘sib boruvchi ketma-ketlikda joylashtirib chiqing.

  2. O‘zingiz tanlagan istagan 3 ta tushunchaga yordamchi adabiyotlardan foydalanib muqobil ta’riflarni toping.

  3. Ta’riflarni tanqidiy tahlil qilgan holda ularning takomillashgan variantini taklif qiling.

Download 25.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling