8-mavzu: iqtisodiy ‘sish. Reja: 18 Iqtisodiy o‘sish mohiyati va mazmuni. 182. Iqtisodiy o‘sishning dastlabki shartlari


Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyot tarkibidagi o‘zgarishlar


Download 63.13 Kb.
bet4/6
Sana03.02.2023
Hajmi63.13 Kb.
#1148378
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
18 mavzu

18.3. Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyot tarkibidagi o‘zgarishlar
Iqtisodiy o‘sish jarayoni jamiyatdagi bir qator miqdoriy va sifat jihatdagi o‘zgarishlar bilan kuzatiladi. Sulardan birinchi navbatda iqtisodiyotning tarkibiy transformatsiyasini alohida ko‘rsatish kerak. Iqtisodiy o‘sishni ko‘zlagan mamlakatlarda birinchi navbatda qishloq xo‘jaligining milliy mahsulot va bandlikdagi ulushini kamayishi bilan tavsiflanadi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 1920-yilda ishchi kuchining 70 %i qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan, bu ulush 1941-yilga kelib 20 %dan kamni va 1987-yilga kelib atigi 3 %ni tashkil qilgan. Yaponiyada qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ishchi kuchining ulushi 1879-yildagi 72%dan, 1930-yillarga kelib 30 %gachani, 1980-yillaming oxirlarida 8 %ni tashkil qilgan. Belgiyada 1846-yilda qishloq xo‘jaligida ishchi kuchining 51 % ishtirok etgan bo‘lsa, 1947-yilda 12,5 %, 1970-yilda 7 %ni tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar iqtisodiy o‘sish nafaqat qishloq xo‘jaligining umumiy milliy ishlab chiqarishdagi ulushi qisqarishi bilan, balki ushbu jarayonning tezlashuvi bilan ham kuzatiladi. Agar, qishloqdagi band bo‘lganlaming ulushini 50 %gacha kamaytirish uchun bir necha yuz yilliklar talab qilinsa, ko‘pgana rivojlangan mamlakatlarda so‘nggi 100 yil ichida 40-50 %ga qisqarishi tarkibiy transformatsiyaning yuqori tezligiga guvohlik beradi. Bunday holatning asosiy sababi, avvalambor, iqtisodiyotning agrar sohasidagi mehnat samarasi o‘sishi uchun ko‘p miqdorda zaxiralaming jamlanganligi, ya’ni bir xil sharoitda ma’lum bir turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kam ishchi kuchi sarflagan holda ishlab chiqarish imkonini beradi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tovarlarini iste’mol qilinishi chegaralangan bo‘lib, bu aholi jon boshiga daromadlaming o'sishi bilan iste’mol talabi tarkibidagi oziq-ovqatga qilinadigan xarajatlar ulushi kamayishini anglatadi. Bunday xulosa o‘tgan asrda nemis statitistigj Engel tomonidan berilgan va Engel birinchi qonuni nomini olgan.(Engelning ikkinchi qonuni sanoat iste’mol tovarlari va qimmatbaho buyum)larga taalluqli bo‘lib, aholining jon boshiga bo‘lgan daromadi ko‘paygan sari, uy xo‘jaliklarining ushbu tovar guruhiga xarajatlarining ulushi ham ortadi). Keyinchalik ingliz iqtisodchisi K.Klark yangi empirik ma’lumotlar asosida Engel xulosalarini tasdiqladi va agrar sohasi ulushining kamayishi boshida sanoat ulushining ko‘payishi hisoblanib, keyin esa xizmat ko‘rsatish sohasining o‘sishi hisoblanadi. Ushbu sohalardagi, avvalambor xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishlab chiqarishni rivojlantirish xarajatlarining elastik o‘sish koeffitsiyenti yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga bog‘liq holda 1 dan yuqori bo‘ladi. Bu YaIM o‘sishiga bog‘liq holda xizmat ko‘rsatish sohasidagi xarajatlar iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi xarajatlarga nisbatan tez sur’atlar bilan o‘sadi. Misol uchun, AQSHda YAIMda ulaming ulushi 1929- yilda (j°riy narxlarda) 34,7%, 1960- yilda 38,1%, 1976-yilda 45,6%ni tashkil qilgan. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatishning ulushi shaxsiy iste’mol xarajatlarida ham ko‘payadi: AQSHda 1950-yilda 51,5%, 1960-yilda 50,4%, 1975-yilda 60,2%dan iborat bo‘Igan. 1990-yillarda rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sohasining YAIMdagi ulushi 55%gacha va shaxsiy iste’mol xarajatlaridagi ulushi 70%gacha ko‘paydi. Jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan xizmatlar turli kategoriyalarga bo‘linadi:
- maxsus bilimlami talab qiluvchi intellektual xizmatlar (ta’lim berish, vositachilik, reklama faoliyat turlari);
- sog‘liqni saqlash, ta’lim bilan bog‘liq xizmatlar;
- mehmonxona va restoranlar faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar;
- aloqa vositalari (transport, pochta, telekommunikatsiya);
- moliyaviy xizmatlar (banklar tomonidan taqdim qilinadigan
-kredit va boshqa xizmatlar, sug‘urtalash);
- jamiyat himoyasini ta’minlovchi va uning a’zolari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solib turuvchi umumiy xizmatlar (mamIakat mudofaasi, jamoat tartibini saqlash, adliya, milliy va mahalliy darajadagi umumiy boshqaruv). Iqtisodiyot jabhalaridagi o‘zgarishlar ijtimoiy institutlar, insonlar xatti- harakatlari va mafkuralarida sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi. Mazkur o‘zgarishlar modernizatsiya deb yuritiladi. Shved iqtisodchisi G. Myurtal «uchinchi dunyo» mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotiga bag‘ishlangan «Osiyo dramasi» nomli kitobida modernizatsiyaning quyidagi tamoyillarini ko‘rsatib o‘tgan:
1. Ratsionalizm. An’anaviy fikrlash tarzi va ishlab chiqarish shaklini o‘zgartirish, jamoatchilik va inson faoliyatining barcha sohalarida yangi metod va modellami qo‘llash.
2. Iqtisodiy rejalashtirish. Xo‘jaliklar taraqqiyotini oshirish maqsadida qoilaniladigan iqtisodiy siyosat.
3.Tenglik. Barcha uchun yanada teng ijtimoiy va huquqiy mavqeyi, daromadlar va hayot tarzining yaratilishini ta’minlash. Ijtimoiy institutlar va aql-idrokdagi o‘zgarishlar. Bu yerda mehnat unumdorligini oshiradigan, raqobatni rivojlantirib tadbirkorlikka yo‘l ochadigan, ma’lum ma’noda insonlar xohish va imkoniyatlaridan foydalanishga zamin yaratadigan o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Institutsional o‘zgarishlar yer islohotlari, monopoliyaga qarshi kurash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish va davlat boshqaruvining o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Xulosa qilib aytganda, jamoa mafkurasini modemizatsiyalash mehnatsevarlik, samaradorlik, haqiqatparvarlik, oqillik va o‘z kuchiga tayanish, o‘zgarishlarga tayyorlik va shu kabi xislatlami kuchaytirish demakdir.
1.4. Iqtisodiy o‘sish va rivojlanish. Iqtisodiy adabiyotda “Iqtisodiy o‘sish” va “Iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari mavjud. Turli iqtisodiy maktab va yo‘nalishlaming vakillari bir necha bor o‘sish va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi muammolariga murojaat qilishgan. Mazkur tushunchalar ba’zan birbiriga tenglashtirilgan bo‘lsa-da, ammo ko‘pchilik hollarda ular birbiriga mos mazmun mohiyatni bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish iqtisodiy o‘sishning jabhalaridan biri hisoblanadimi, yoxud aynan “rivojlanish”, “o‘sish”ni o‘z ichiga oluvchi keng tushuncha sifatida qabul qilish lozimmi? Bugungi kunda mazkur savolga berilayotgan javoblar ichida umumqabul qilingan, yakdil fikrlar mavjud emas. Yozef Shumpeter iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi tafovutlami ko‘rsatib beradi. Buning ifodasi sifatida u o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” asarida pochta karetalari va temir yo’lardan foydalanishni taqqoslagan holda, misol keltiradi.
3. Y. Shumpeter iqtisodiy o‘sishni miqdoriy o‘zgarishlar - bir vaqtning o‘zida ayni bir xil tovar va xizmatlami ishlab chiqarish va iste’mol qilishning o‘sishi, iqtisodiy rivojlanishni esa, ishlab chiqarish, mahsulot va xizmatlar, boshqaruv, iqtisodiy faoliyat turlari va hayot faoliyatining boshqa sohalaridagi yangiliklar va ijobiy sifat o‘zgarishlari sifatida izohlaydi. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiy o‘sish borasidagi tadqiqotlarda “iqtisodiy o‘sish” va “iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari o‘xshash qarashlar ham, keng tarqalganligini inobatga olish zarur. Masalan, professor K.X, Oppenlender o‘z fikrini quyidagicha shaklda ifoda etadi: “Biz o‘sish va rivojlanishni sinonimlar sifatida tushunamiz. 0 ‘sish va rivojlanish o‘rtasidagi farqlanishlar sun’iydir”.
4. Iqtisodiy o‘sish muammolarini tadqiq qilayotgan tadqiqotchiolim uchun iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanishning o‘zaro nisbati kabi jihatlami chetlab o‘tish ancha mushkuldir. Ushbu tushunchalar aynan bir xil emas, ulaming mazmun-mohiyati turlicha deb, hisoblovchilar fikriga qo‘shilamiz. Iqtisodiy o‘sish haqida gapirar ekanmiz, hatto intuitiv tarzda ham iqtisodiy o‘sish salbiy boiishini, iqtisodiy rivojlanish uchun esa qandaydir bir ijobiy holat, oldinga qarab qandaydir harakatlanish xosligini tasaw ur etishimiz mumkin. Biroq buning o‘zi yetarli emas, iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanishni tushunish borasidagi chalkashlikni yo‘qotish uchun bir muncha aniq mezonlar zarur. Iqtisodiy o‘sish odatda biror bir aniq son bilan ifodalanuvchi aniq bir qiymatga masalan, yalpi ichki mahsulot (yalpi qo‘shilgan qiymat)ga “bog‘lab” qo‘yilgan boMadi. Iqtisodiy rivojlanish esa, ushbu yo‘sinda jamiyat farovonligi (uning biror bir jihati yoki barcha moddiy, ma’naviy -axloqiy kabi jihatlarining umumiyligi) ko‘rinishida aks etadi. Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish - keng qamrovli kategoriyalardir, ammo tadqiqot maqsadidan kelib chiqib ularing asosiy jihatlarini ajratib olish biz uchun muhim hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni talqin etishda iqtisodiy jihat, iqtisodiy rivojlanishni tushunishda esa ijtimoiy jihat ustuvorlik qiladi, deb hisoblaymiz. Shuning uchun “Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi”-deydi.
5. F.Egamberdiyev. Shu asnoda shartli tarzda yalpi ichki mahsulot dinamikasini iqtisodiy o'sish, jamiyat farovonligi dinamikasini esa iqtisodiy rivojlanish deb hisoblashimiz mumkin. Mazkur talqin yetarlicha sodda bo‘lib ko‘rinsada, umuman olganda bu talqin fanda allaqachon o‘z tasdig‘ini topib ulgurgan.
6.Har qanday ishlab chiqarishning pirovard maqsadi - bu jamiyat ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir, deb ta’kidlash albatta adolatdan bo‘lar edi. Ammo bu o‘rinda ehtiyojlami yuqori darajada qondirish, bu farovonlikning asosiy maqsad va vazifasi ekanligini unutishimiz mumkin emas. Shunday qilib, iqtisodiy farovonlik-iqtisodiyot va takror ishlab chiqarishning pirovard maqsadi boisa, iqtisodiy o‘sish esa- oraliq maqsad, ya’ni yalpi ichki mahsulot yaratish zaruriyatidir. Mahsulot yaratish -bu sof ishlab chiqarishga xos masaladir, ammo takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini hisobga olgan holda farovonlikning o‘sishini ta’minlash- bu pirovard maqsad hisoblanadi va shu yo‘sinda biz iqtisodiy rivojlanishni talqin etishimiz mumkin. Shu tariqa, biz iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini talqin etish borasida tez-tez uchrab turadigan ko‘pgina chalkashliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. Buning uchun iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini farqlashning quyidagi me’zonlarini taklif etamiz:
• Iqtisodiy o‘sish ko'proq yalpi ichki mahsulotning o‘sishi bilan, iqtisodiy rivojlanish esa - farovonlikning o‘sishi bilan uyg‘unlashadi;
• Iqtisodiy o‘sishga iqtisodiy jihat (oraliq tavsifga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish) xos bo‘lgani holda, iqtisodiy rivojlanishga ijtimoiy jihat xosdir, bunda jamiyat farovonligining o‘sishi pirovard maqsad sifatida namoyon bo‘ladi. Yalpi ichki mahsulot jamiyat farovonligini shakllantirishda qanchalik ishtirok etishiga qarab iqtisodiy o‘sishning sifati namoyon bo‘ladi deb, aytishimiz mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish sifatida yo‘qotilishlar imkon qadar kam bo'lishi lozim Bu yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga transformatsiya jarayonini yuqori darajada bo‘lishiga bog‘liqdir, zero ijobiy tavsifga ega bo‘lgan turli jarayonlar bilan birgalikda salbiy tavsifga ega bo‘lgan jarayonlar ham yuz berishi tabiiydir. Bunday jarayonlarga insonlar sog‘lig‘ining yomonlashuvi, atrof-muhitning ifloslanishi, aholining turli - xil tabaqalanishlar (daromadlar, savodxonlik darajasi, hududlar va shu kabilar bo'yicba) iqtisodiy o‘sish sifati bilan doimo birga kechadigan jarayonlami ta’kidlab o‘tish mumkin.

Bu turdagi salbiy jarayonlar pirovardida yalpi ichki mahsulotning to‘lig‘icha jamiyat farovonligiga transformatsiya jarayonini samaradorligini pasaytirib yuboradi va unda yo‘qotishlami ko‘payishiga olib keladi. Ya’ni iqtisodiy o‘sishning sifati farovonlikning o‘sib borishi bilan birgalikda kechadigan destruktiv jarayonlami minimallashtirishda ham namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish sifati deyilganda, keng ma’noda salbiy jarayonlami minimallashtirishga erishilgan holda, yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga to‘liq tarzda transformatsiyalanishini eng yuqori darajada ta’min etilishiga yo‘naltirilgan pirovard maqsad sifatida farovonlikka yo‘naltirilgan rivojlanishni tushunamiz. Iqtisodiy o‘sishning sifati -bu ijobiy jarayonlaming ta’sir doirasini kengaytirish salbiy jarayonlar ta’sirini kamaytirish asnosida yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga transformatsiyalanishi jarayonlarining amalga oshish tavsifidir. Sifat me’zonlari - bu yalpi ichki mahsulotning farovonlik ehtiyojlariga toMaligicha aylanish darajasidir. Shuni ta’kidlash muhimki, asosiy narxlarda yalpi ishlab chiqarish tushunchasiga tayangan holda biz umumiy holatda yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga transformatsiyalanishining quyidagi uchlamchi maqsadlarini shakllantirishimiz mumkin bo‘ladi: sarflangan mehnat predmetlari va eskirgan ishlab chiqarish vositalari o‘mini qoplash, turmush darajasi va sifatini oshirish, davlat boshqaruvi idoralarining me’yorida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.


Download 63.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling