8-mavzu: iqtisodiy ‘sish. Reja: 18 Iqtisodiy o‘sish mohiyati va mazmuni. 182. Iqtisodiy o‘sishning dastlabki shartlari


Yalpi ichki mahsulot iqtisodiy o‘sish ko‘Iami va o’chamlarini tahlil etish vositasi sifatida


Download 63.13 Kb.
bet5/6
Sana03.02.2023
Hajmi63.13 Kb.
#1148378
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
18 mavzu

5. Yalpi ichki mahsulot iqtisodiy o‘sish ko‘Iami va o’chamlarini tahlil etish vositasi sifatida.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor munosabatlarini shakllantirish bosqichida ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida ro‘y berayotgan o‘zgarishlami, iqtisodiy jarayonlami o‘rganish va tahlil etishda YAIMning makroiqtisodiy ko‘rsatkich sifatidagi roli va ahamiyati ortib bormoqda. YaIM mamlakat milliy iqtisodiyotining faoliyati natijasini pirovard, umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi bo‘lib, u iqtisodiyotning holati, ishlab chiqarishning hajmi, uning tarkibi, rivojlanish yo‘nalishlari, ko‘lami va darajasini tavsiflanadi. Undan resurslaming doiraviy aylanishini barcha bosqichlarini tahlil qilishda foydalanish mumkin. Ishlab chiqarish bosqichida uning miqdori, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning miqyosini, bozoming hajmini ifoda etadi. Pirovard ishlatilishi bosqichida uning yalpi investitsiyaga va iste’molga bo‘linishi, ulaming mutanosibligi aks etadi. YaIMda import va eksport o‘rtasidagi nisbat iqtisodiyotning ochiqligi darajasi, u yoki bu mamlakatning jahon hamjamiyati bilan o‘zaro aloqasini tavsiflaydi. YaIMni aholi jon boshiga ishlab chiqarishning hajmi iqtisodiy rivojlanish darajasini, aholi jon boshiga iste’mol qilish esa moddiy farovonlik darajasini ifodalaydi. YaIMning o‘sish sur’atlari, u yoki bu iqtisodiy tizimning ilg'orligi va alohida davlatlar rivojlanishining xususiyatlarini aks ettiradi. YaIMning o‘sish sur’atlari, jamiyat ehtiyojlari asosida uning tarmoq tuzilishi o'zgarishi u yoki bu davlatlar rivojlanishi xususiyatlarini aks ettiradi. Alohida mamlakatlar yoki ularning guruhlarining iqtisodiy rivojlanish miqyoslari va darajalari nisbatini tahlil qilishda YaIM muhim o‘rin egallaydi. Buning uchun ikki yoki bir necha mamlakatlar YaIMni bir valutada, bir xil xarid qilish pariteti (XQP)da aks ettirish talab qilinadi. Fan va amaliyotda bunday taqqoslashning bir qancha uslublari ma’lum. Bular quyidagilar:
1.Ma’lum turkumlardagi tovarlar va xizmatlarni bah'olash milliy valutalarda, bu bir valutani boshqa valutaga almashish koeffitsiyentini topish orqali aniqlanadi. Bunday fikmi o‘z davrida akademik S.Strumilin bildirgan edi.
2.Milliy valutalarning valuta kurslari nisbatlari bo‘yicha turli mamlakatlaming YaIMlarini qayta qiyosiy baholash.
3.BMT va Xalqaro Valuta Fondi (XVF) tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro taqqoslashlar uslubi. Buning asosida o‘z ichiga turli guruhlardagi iste’mol tovarlari, xizmatlar va investitsion tovarlami oluvchi “iste’mol savatini” baholash yotadi. Bunda milliy valutalarning XQP aniqlanadi. Keltirilgan uch uslubdan eng ishonchlisi va qulayi uchinchi usul bo‘lib, unda valutalarning XQP usulidan foydalaniladi. Bunda xalqaro taqqoslashlami tashkil qilish uchun barcha mamlakatlar uchun bir xil “iste’mol savati” tuziladi. Unga iste’mol tovarlari va xizmatlar, investitsion tovarlar va qurilish ishlari kiritiladi. Har bir tovarlar, xizmatlar va qurilish ishlari har bir mamlakat YaIMda o‘z salmog‘iga egadir. Masalan 1994-yildagi HQPni hisoblash “iste’mol savati”ga 412 ta iste’mol tovarlari va xizmatlari, 136 ta investitsion tovarlari va 7 ta qurilish ishlari kiritilgan. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tovar, xizmat va ish birliklarining narxlari dastavval har bir mamlakatda o‘z milliy valutasida qayd qilinadi. Mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar va bajariladigan qurilish ishlari turli sifatlarga ega bo‘lgani uchun, barcha mamlakatlar 3 ta guruhga ajratilgan. 1-guruh rivojlangan mamlakatlar, 2-guruh o'rtacha rivojlangan mamlakatlar, 3-guruh rivojlanayotgan mamlakatlar. Masalan, 0 ‘zbekiston 3-guruhga kiritilgan. Taqqoslash ishlarini tashkil qilish maqsadida ba’zi o‘xshash mamlakatlar bir vaqtning o‘zida har 2 ta guruhda qatnashadi. Masalan, Turkiya 2 va 3 guruhda, Avstriya esa 1 va 2 guruhlarda qatnashadi. Dastavval 0 ‘zbekistondagi narxlar Turkiyadagi narxlar bilan taqqoslanadi va har bir tovarlar, xizmatlar va qurilish ishlarining YAIMda tutgan o‘niga qarab, avval 0‘zbekiston ko‘rsatkichlarida, so‘ngra Turkiya ko‘rsatkichlarida taqqoslanadi va ulani umumlashtirish uchun o‘rtacha geometrik miqdori topiladi. Turkiya o‘z navbatida Avstriya bilan yuqorida qayd qilingan usulda taqqoslanadi. Avstriya o‘z navbatida 1-guruhdagi AQSH bilan taqqoslanadi. Natijada, mahsulot, xizmat va qurilish ishlarining sifatlariga tuzatishlar kiritilgan holda, 0 ‘zbekiston ko‘rsatkichlarini AQSH ko‘rsatkichlarida, ya’ni AQSH dollarida hisoblash imkoniyati tug‘iladi. Bunday usulda mamlakatlaming YaIMlarini AQSH dollarida hisoblash ko‘p vaqt, mehnat va mablag‘ni talab qiladi.

Download 63.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling