8-mavzu: iqtisodiy ‘sish. Reja: 18 Iqtisodiy o‘sish mohiyati va mazmuni. 182. Iqtisodiy o‘sishning dastlabki shartlari


Download 63.13 Kb.
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi63.13 Kb.
#1148378
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
18 mavzu


18-MAVZU: IQTISODIY 0 ‘SISH.
Reja:
18.1 .Iqtisodiy o‘sish mohiyati va mazmuni.
182.Iqtisodiy o‘sishning dastlabki shartlari.
18.33.Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyot tarkibidagi o‘zgarishlar.
18.4.Iqtisodiy o‘sish va rivojlanish.
18.5.Yalpi ichki mahsulot iqtisodiy o‘sish koMami va o’chamlarini
tahlil etish vositasi sifatida.

Tayanch iboralar: iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy rivojlanish, makroiqtisodiy o‘sish, mikroiqtisodiy o‘sish, YaIM, aholi jon boshiga YaIM, o‘sish suratlari, o‘sish sifati, turmush farovonligi, barqaror iqtisodiy o‘sish,makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qo‘shimcha o‘sish sur’ati, iqtisodiy o‘sishda ekologik omil, buyumlashgan va qiymat ifodasidagi ko‘rsatkichlar, miqdoriy ko‘rsatkichlar, taqsimlash omillari, taklif omillari, ekstensiv va intensiv omillar.

18.1. Iqtisodiy o‘sish mohiyati va mazmuni.
Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarishni takomillashtirish, iqtisodiyotda progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir. U taraqqiyotning ajralmas qismi, ijtimoiy rivojlanishning asosini tashkil qiladi. Iqtisodiy o‘sish - aholining moddiy faravonligini oshirish vositasi hisoblanadi. Shu sababli u davlat iqtisodiy siyosatining negizi bo‘lib qoladi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat ishlab chiqarish, balki taqsimot munosabatlarini takomillashtirish, mehnat resurslarining bandligini ta’minlash, investitsion faollikni oshirish va pirovard natijada davlat budjeti daromadlarining ko‘payib borishini ta’minlash manbai hisoblanadi. U ko‘pgina ichki va xalqaro darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolami muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Iqtisodiy o‘sish mamlakat aholisining turmush darajasini oshirishga, ekologiya, mudofaa muammolarini hal etishga imkoniyat tug‘diradi. “Global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolami manzilli hal etish ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo‘llab-quwatlash, yoshlarimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish Prezidentdan boshlab barcha darajadagi rahbarlaming bosh vazifasi bo‘lmog‘idarkor”.

Download 63.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling